Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
Shikastlanish darajasi miqdorini baholash zarurati to„g„risida
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
Shikastlanish darajasi miqdorini baholash zarurati to„g„risida Yuqorida ko‗rsatilganidek, eskirish biron-bir jarayonining tashqi namoyon bo‗lishi butun detalning yoki uning yuzasining shikastlanishidir. Detal puxtalik zahirasini baholash uchun uning shikastlanish darajasini miqdoran aniqlash zarur. U yoki bu shikastlanish borligini aniqlash ushbu eskirish jarayoni borishini kuzatish va ishlamay qolish vaqti to‗g‗risida bashorat qilishga imkon bermaydi. 161 Mahsulot chiqish ko‗rsatkichining o‗zgarishi ushbu eskirish jarayoni olib kelgan mahsulot materiali shikastlanish darajasiga bog‗liqligini eslatib o‗tamiz. Detal materiali shikastlanish kattaligini miqdoran baholash ancha murakkab misolidir: - shikastlanishning katta xilma-xilligi kuzatiladi; - shikastlanish material hajmi yoki uning yuza qatlamlariga tegishli bo‗lishi mumkin; - shikastlanish materialning butun hajmi yoki detalning butun yuzasiga yeyilishi, Shuningdek lokal xarakterda bo‗lishi mumkin; - shikastlanish darajasini baholovchi kattalik mahsulot chiqish ko‗rsatkichlarining o‗zgarishi bilan bog‗liq bo‗lishi kerak. Shikastlanish darajasini baholashning ikkita asosiy metodi mavjud. Birinchi metodda mahsulot shikastlanish kattaligini bevosita o‗lchash uchun miqdoriy mezonlar tanlanadi, masalan, detal deformatsiyasi kattaligi, uning chiziqli yoki vazniy yeyilishi va hokazo. Biroq ko‗p hollarda shikastlanish darajasini bevosita baholash qiyin bo‗ladi. Bu holda ikkinchi metod qo‗llanib, unda shikastlanish to‗g‗risida chiqish ko‗rsatkichining o‗zgarishi bo‗yicha fikr yuritiladi. Bunday baholash metodi keng qo‗llansa ham umumiy holda istakka muvofiq emas, chunki shikastlanish darajasi va mahsulotning ushbu chiqish ko‗rsatkichi o‗rtasida eskirish jarayoni borishi to‗g‗risida ma‘lumotni o‗zgartiruvchi o‗zining funksional yoki statik bog‗liqlik mavjud. Bundan tashqari shikastlanish vaqtda turlicha o‗zgaruvchi qator chiqish ko‗rsatkichlarga ta‘sir ko‗rsatishi va, aksincha, ushbu ko‗rsatkich mahsulot elementlarining turli shikastlanishlari tufayli o‗zgarishi mumkin. Shikastlanish kattaligini bevosita miqdoran baholash va keyin uni chiqish ko‗rsatkichlari bilan bog‗lash istakka muvofiqroq. Detal shikastlanish darajasi U baholangan bo‗lsa, eskirishda materialda ro‗y beruvchi o‗zgarishlar shikastlanish jarayoni tezligini belgilaydi: dt dU . 162 Eng katta qiyinchiliklar odatda Yuzalar shikastlanish darajasini baholashda paydo bo‗ladi. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling