Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


Yuzalar to„liq shikastlanishi tavsiflari


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

Yuzalar to„liq shikastlanishi tavsiflari 
To‗liq shikastlanish butun yuzani yoki uning bir uchastkasiga tegishli 
bo‗ladi. Lekin umumiy holda sabablar xilma-xilligi tufayli u yuzani chuqurligi 
bo‗yicha notekis zararlantiradi (2.19-rasm). Bu yuza yeyilishi bo‗lsa, turli 
uchastkalardan materialning turlicha miqdori olib tashlanadi, yalpi korroziyada 
ham asosiy material parchalanishi chuqurligi bo‗yicha turlicha bo‗lishi mumkin, 
qo‗shilmalarda esa boshlang‗ich yuza bo‗ylab materialning notekis yopishib 
qolishi xos. 
2.19-rasm. Yuzaning to„liq shikastlanish sxemasi 
 
Shu sababli yuza shikastlanish darajasini baholash ikki metodlar guruhi 
orqali amalga oshirilishi mumkin – ko‗rsatkich shikastlanishning ta‘sir yig‗indisini 
baholovchi integral va ushbu yuzaning har bir nuqtasi yoki sohasidagi 
shikastlanish darajasini baholovchi differensial. 
Shikastlanish darajasini U baholash uchun geometrik, vazn va fizikaviy 
ko‗rsatkichlardan foydalaniladi.
Shikastlanish natijasida yuza massasi yoki hajmining yo‗qotilishini 
baholovchi ko‗rsatkichlar integral metodlarga kiritilishi mumkin, masalan: 
detalning massa bo‗yicha yeyilishi 
ä
U
(mg) – yeyilish oqibatida butun yuzadan 
massa yo‗qotilishi, korroziyaning hajm ko‗rsatkichi 

U
(mm
3
) – zararlangan yoki 
olib tashlangan material hajmi va hokazo. 
Ko‗rsatkichlarning bu guruhiga yuzaning chiziqli yeyilishining o‗rtacha 
qiymatlari 
¢ðò
U
yoki korroziyaning o‗rtacha chuqurlik ko‗rsatkichini ham kiritish 
kerak. Xuddi Shunday ko‗rsatkichlar qo‗shilish hodisasida ham qo‗llanishi 


163 
mumkin bo‗lib, bunda ular olib tashlangan emas, qo‗shilgan material miqdorini 
baholaydi.
Biroq detal yuzasi zararlanganlik kattaligini baholashning integral metodlari 
mahsulotning ishlash qobiliyatini yo‗qotilishi bo‗yicha fikr yuritish uchun 
ko‗pincha etarli emas, chunki odatda zararlanganlik notekisligi darajasi asosiy rol 
o‗ynaydi. Masalan, ushbu rezervuarning oqib chiqishga bermaslik qobiliyatini 
baholash uchun korroziyaning o‗rtacha kattaligi emas, yuzaning har qaysi 
nuqtasidagi uning maksimal chuqurligi muhimdir. Metal kesish stanogi 
aniqligining yo‗qotilishini baholash uchun uning yo‗naltiruvchilarining o‗rtacha 
yeyilishini emas, ularning yeyilgan yuza shaklini bilish muhim va hokazo. 
Shu sababli yuza zararlanganligi darajasini baholashning differensial 
metodlari sermahsulroqdir. Ularga ishqalanish yuzasiga perpedikulyar yo‗nalishda 
detalning yeyilishida uning o‗lchami o‗zgarishi – chiziqli yeyilish U (mkm) kiradi. 
Xuddi shu tarzda yuza har bir nuqtasida metal qalinligining kamayishini 
baholovchi korroziyaning chuqurlik ko‗rsatkichi qo‗llanadi. Bu ko‗rsatkichlar 
yuzaning ushbu nuqta koordinatasi funksiyasidir (
l
x

- uzunlikning, 
a
y


kenglikning) ya‘ni 


l
a
f
U
,

(2.19-rasm). Bu bog‗lanishning tahlili shikastlanish 
darajasining ushbu shartlar uchun zarur miqdoriy ko‗rsatkichlarini aniqlashga 
imkon beradi. Masalan, maksimal yeyilish, yeyilish notekisligi va boshqalar.
Yuza zararlanganligi ahamiyatsiz darajada bo‗lsa, zararlanganlik kattaligi 
to‗g‗risida yuza mikrogeometriyasining o‗zgarishi bo‗yicha fikr yuritish mumkin. 
Qator hollarda yuza zararlanganligi nafaqat uning geometriyasi, balki 
fizikaviy xususiyatlari – qattiqligi, ichki kuchlanishlar, tuzilish o‗zgarishlari va 
boshqa o‗zgarishi bilan bog‗liq. Yuza qatlamning muvofiq fizikaviy-kimyoviy 
ko‗rsatkichlari o‗zgarishi ham uning zararlanganlik darajasining ko‗rsatkichi bo‗lib 
xizmat qilishi mumkin. 
Bu ko‗rsatkichlar mahsulot chiqish ko‗rsatkichlari bilan bevosita bog‗liq 
bo‗lsa yanada natijador bo‗ladi. 


164 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling