Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
Yuzalar mahalliy shikastlanish turlari
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
Yuzalar mahalliy shikastlanish turlari
Yuzaning faqat alohida joylarini qamrab oluvchi mahalliy shikastlanish larni miqdoriy baholash qiyinroq. 2.20-rasmda yuzalarning mahalliy shikastlanish ining keng tarqalgan jarayonlar – eskirish, yeyilish, o‗yilish va qo‗shilish uchun tasnif va yuzalarning mahalliy shikastlanish ining misollari berilgan. Ular uch toifaga ajratilgan – ekspluatatsiyaning normal sharoitlari uchun xarakterli shikastlanishlar, og‗ir sharoitlar va tartiblarda ekspluatatsiya qilinish yoki mahsulotning ma‘lum vaqt ishlaganidan keyin paydo bo‗luvchi intensiv shikastlanishlar va, nihoyat, yuzaning cheklangan qismiga zarar etkazuvchi va ko‗pincha to‗satdan ishlamay qolishlarda yuzaga keluvchi yakka shikastlanishlar. Tishsimon uzatish tishlar ish yuzasining kontakt eskirishida Gerts nazariyasiga ko‗ra maksimal kuchlanishlar zonasi kontakt yuzasidan past bo‗lishiga qaramay tegishli kuchlanishlari ta‘siri ostida yoriqlar yuzadan rivojlana boshlaydi. Ish yuzasining bo‗yalishi (pitting) mayda ospinkalar paydo bo‗luvchi qutb chizig‗i oldida tish oyoqchasida boshlanadi (2.20, a-rasm). Yuza parchalanishi mustahkamlangan yuza qatlam ostida yoriqlar paydo bo‗lishi natijasida ro‗y bersa, ko‗pincha qatlam ajralish deb ataluvchi intensiv bo‗yalish yoriqlari paydo bo‗ladi (2.20, b-rasm). Tish yuzasining alohida joylarida yuklamalar konsentratsiyasida yuzaning kontakt parchalanishi alohida zonalari bo‗lishi mumkin (2.20, v-rasm). Yuzalarning turli o‗yilish jarayonlarida ham ko‗pincha mahalliy shikastlanish lar paydo bo‗ladi. Masalan, korroziyada (2.20, g-rasm) uning korrozion yorilib ketish, kristallitaro, yoriqli, kontakt va pitting korroziyalar kuzatiladi. Eroziyadan yuzaning intensiv lokal parchalanishi misoli 2.19, d-rasmda ko‗rsatilgan bo‗lib, unda gazning yorib o‗tishlari va intensiv mahalliy isitilish tufayli cho‗yan porshen zanjirda materialning alohida zarralari yumshab, gaz oqimi bilan olib ketilgan. 165 Nasoslar va gidrotizimning boshqa elementlaridagi kavitatsiya hodisalari kaveriallar hosil bo‗lishiga olib keladi (2.20, e-rasm). Yuzalarning yeyilishida yeyilishning butun ishqalanish yuzasiga yeyilishi bilan bir qatorda uning lokal turlari kuzatilib, ular odatda yo‗l qo‗yilmaydigan shikastlanish turlariga kiradi. Masalan, tormoz barabanlarida (2.20, j-rasm) ishqalanish yuzasini ifloslanishdan etarlicha himoya qilmaslik natijasi sifatida riskalar kuzatiladi. Gidrotizimlar zolotnikli va plunjerli juftliklarida qotish natijasida o‗zarota‘sir molekulyar kuchlar paydo bo‗ladi, yuzalarning lokal parchalanishi tarzida zadirlar paydo bo‗ladi (2.20, a-rasm). Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling