Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
Iqtisodiy usul. Mashina ishining iqtisodiy ko‗rsatkichlari chekli yeyilishga
asos qilib olingan. Sifatni belgilangan chegarada saqlab qolgan holda mahsulot birligini ishlab chiqarishga eng kam harajat qilish mashinaning ish organi yoki uzeli eng maqbul xizmat muddatining, ta‘mirlashlararo davrining iqtisodiy mezoni bo‗lib hisoblanadi. Ish sifatini belgilangan chegaralarda saqlab qolgan holda mashinaning eng yuqori unum bilan ishlashi mezonning ikkinchi ta‘rifidir. Yengil sanoat mashinalari detallarining xizmat muddatini aniqlash uchun mashinaning tashqi ish sharoiti barqaror bo‗lganda detal va tutashmaning yeyilishi vaqt bo‗yicha qanday o‗zgarishini bilish lozim. Detallarning chekli yeyilganini aniqlashning bir nechta usullari bor. Ulardan eng ko‗p tarqalgani yeyilishning klassik egri chizig‗ini tahlil qilishga asoslangan usuldir. Bu usul siyqalanish davri o‗tganidan so‗ng detallar ma‘lum vaqtgacha bir tekis yeyilishiga va grafikdagi egri chiziq tarmog‗i qandaydir o‗zgarmas ko‗tarilish burchagiga va bo‗lishiga asoslanilgan. Detallar ma‘lum muddat ishlaganidan so‗ng ularning yeyilish tezligi jadallashadi va yeyilishning egri chizig‗i tepaga qarab keskin buriladi. Yeyilish bilan vaqt orasidagi barqarorlashgan bog‗liqlik buziladi, detallar ishlayotganida esa bunday bo‗lishi mumkin emas. Shu sababli egri chiziqning bukilish vaqti detallarning xizmat muddati sifati deb qabul qilinadi. Ammo hamma detallar uchun ham bu usuldan foydalanish to‗g‗ri emas, chunki yeyilishning egri chizig‗i barcha detallar uchun ham o‗zgarmas ko‗rinishga ega emas. Bundan tashqari, mazkur usulda ishning sifati e‘tiborga olinmaydi. Masalan, lemexning eni bo‗yicha yeyilishga doir egri chiziq ishning me‘yoridagi davrida birmuncha ko‗tariladi, keyin esa uning tarmog‗i ancha qiyalashib, boshqa 160 ko‗rsatkichlar bo‗yicha aniqlangan lemexning chekli yeyilish chegarasidan chiqib ketadi. Detallarning xizmat muddatini aniqlashning ikkinchi usuli quyidagi qonunga asoslangan: agar detal xizmat davrida to‗liq ishlay olmasa, yeyilish grafigidan qat‘iy nazar detal almashtiriladi. Bu usulni bitta detal butun mexanizmning uzoq vaqt bekor turib qolishiga olib keladigan hollar uchungina tavsiya etish mumkin. Yengil sanoat mashinalari detallarining xizmat muddatini aniqlashning uchinchi usuli yeyilganda ularning ishlash qobiliyati o‗zgarishiga asoslangan, ya‘ni agar mashina detali ish jarayonida zarur texnik talablarni bajarmay qo‗ysa, u almashtiriladi. Bu ko‗p holarda eng to‗g‗ri yo‗l bo‗lib, chunki u zarur miqdordagi ishning bajarilishini ta‘minlaydi. Yengil sanoat mashinalarining detallari chekli yeyilganini aniqlashning to‗rtinchi usuli shunga asoslanganki, detallarni barvaqt almashtirish ham, kech almashtirish ham qilinadigan sarf harajatlarni oshiradi. Birinchi holda ortiqcha harajat detallarning narxi hisobiga, ikkinchi holda esa yeyilgan, yomon ishlayotgan detallardan foydalanishga mablag‗ sarflash hisobiga bo‗ladi. Mazkur usul foydalanishning tejamkorligini hisobga oladi va detal narxi bilan foydalanish harajatlari narxining mosligi asosida hal etadi. Bu usulda bajariladigan asosiy ishning sifati mutlaqo e‘tiborga olinmaydi, bu esa uning kamchiligidir. Ishqalanuvchi uzellarning tuzilishi ishqalanuvchi detallarning zich berkilishini ta‘minlashi va ularni abraziv zarralar tushishidan saqlashi kerak. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling