Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
Mashinalarning jami yeyilishi
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
Mashinalarning jami yeyilishi. Foydalanish mobaynida har qanday
mashinaning jismonan yeyilishi uzluksiz kechadigan obyektiv jarayon bo‗lib, barcha konstruktiv va nokonstruktiv elementlarning jismonan yeyilishi uning tshkil etuvchilaridir. Bularga mashinalarga texnik xizmat ko‗rsatish va ta‘mirlashda ba‘zi tashqi omillarning ta‘sir ko‗rsatishi natijalari ham qo‗shiladi, chunki bu omillar qator hollarda tegishli kostruktiv va nokonstruktiv elementlarning yeyilishiga ma‘lum darajada ta‘sir qiladi. Barcha yuklanishlar va omillarning ta‘siri mashina eskirgani sari kamaymasdan, balki qo‗shilib boradi. Mashinaning jami yeyilishini quyidagi uchta tashkil etuvchi bilan berish mumkin: 1.Ishlayotganda tushadigan yuklanishlar tufayli mashinaning yeyilishi R m1 ; 2.Tashish vaqtida tushadigan yuklanishlar tufayli mashinaning yeyilishi R m2 ; 3.Saqlash, texnik xizmat ko‗rsatish hamda ta‘mirlash paytida tushadigan yuklanishlar tufayli mashinaning yeyilishi R m3 , ya‘ni; Mashinaning jami yeyilishi U m.j butun xizmat muddati mobaynida mashinadan foydalanishning uzluksiz vaqt funksiyasi (t) ga tengdir, ya‘ni U m.j F(t) dir deb ta‘kidlash mumkin. Moy, bo‗yoq va boshqa nokonstruktiv elementlarning xizmat xossalarini yo‗qotishi kabi mashinadagi har qanday detalning yeyilishi, hatto ayrim namunaning boshlang‗ich tavsiflari turlicha bo‗lganda uzluksiz vaqt funksiyasidir. 156 Xizmat muddati mobaynida mashinadagi barcha konstruktiv va nokonstruktiv elementlarning yeyilishini qo‗shib butun mashinaning yeyilganlik darajasini klltirib chiqaramiz: ∑ ∑ ∑ Ayrim elementlarning xususiy yeyilish tavsiflaridan kelib chiqib, foydalanishning istalgan davrida butun mashinaning yeyilish darajasini aniqlash imkonini beruvchi ana shu funksiyalar orasidagi bog‗liqlikni tez va oson topish uchun har bir alohida olingan element chiziqli bog‗liqlik bo‗yicha yeyilishi mumkin deb qabul qilinadi. Mashina yoki undagi elementlarning oxirgi holati deb shunday holatiga aytiladiki, bunda xavfsizlikning bartaraf etib bo‗lmaydigan darajada buzilishi yoki berilgan parametrlarning bartaraf etib bo‗lmaydigan darajada o‗zgarishi, yohud ish samadadorligi ruxsat etilganidan ham kamayib ketishi tufayli mashina yoki detaldan bundan keyin foydalanish to‗xtatiladi. Yengil sanoat mashinasining detallarini o‗zining xarakteriga ishi ko‗ra ikki mustaqil guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga o‗zining yaroqsizga chiqarish belgisiga, ya‘ni chekli yeyilish qiymatiga ega bo‗lgan detallar kiritiladi. Detallar bu qiymatdan ortiq yeyilganda ular sinishi natijasida falokat yuz berishi mumkin. Ikkinchi guruhga oxirgi holati tirqishning chekli kattaligi bilan belgilanuvchi tutashmalarni hosil qiladigan detallar kiritiladi. Tirqishning chekli qiymati kattalashganda biror texnik yoki iqtisodiy tavsifi buzilishi oqibatida butun mashinaning yoki uning ayrim mexanizmining ishlash qobiliyati yo‗qoladi. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling