Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


O„sish hosil bo„lish jarayonlari


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

O„sish hosil bo„lish jarayonlari. Atrof-muhit bilan o‗zaro ta‘sirga kiritib 
mashinalar detallarining ko‗pchilik yuzalari shunday o‗zgarishlarga uchraydiki, 
buning natijasida material qo‗shmasi ro‗y beradi va yuz o‗z shakli hamda 
xususiyatlarini o‗zgartiradi. 
Yuzaga begona zarralarning yopishishi adgeziya, kogeziya, adsorbsiya, 
diffuziya jarayonlari natijasida, molekulyar o‗zaro ta‘sirlar, turli kimyoviy aloqalar 
namoyon bo‗lishi, elektr kuchlar ta‘siri natijasida ro‗y beradi. Metallarni ishlov 


151 
berish jarayonda asboblarning kesuvchi yuzalarida qo‗shma hosil bo‗lishi intensiv 
adgeziya jarayonining yaqqol misolidir. Kesish zonasidagi yuqori haroratlar va 
bosimlar ta‘siri natijasida asbob va palaxta materiallari o‗rtasidagi molekulyar 
o‗zaro ta‘sir yengillashadi va asbob Yuzasida o‗ziga xos qo‗shilma hosil bo‗ladi, u 
asbobning kesish xususiyatini o‗zgartiradi va uning chidamliligiga hal etuvchi 
ta‘sir ko‗rsatadi. Qo‗shilma ko‗p hollarda filtrlar (2.18, a-rasm), reduktorlar 
korpusi ichki devorlari, ochiq yuzalarning ifloslanishi ko‗rinishida namoyon 
bo‗ladi (2.18, b-rasm).
a – filtrlar – toza va ifloslangan; b – fara yuzasining ifloslanishi;
v – avtomobil svechasida qurum
 
2.18-rasm. Detal yuzasiga begona material qo„shilishi misollari: 
Detal yuzasining atrof-muhit bilan o‗zaro ta‘sirida shunday jarayonlar ro‗y 
beradiki, ular na yopishib qolish, na materialning yo‗qotilishini chaqiradi, faqat 
yuzaning geometrik va fizikaviy xususiyatlarini – uning qattiqligi, aks 
ettiruvchanligi, taranglik xususiyatlari va hokazolar o‗zgartiradi xolos. 
Yuzalar kontaktida kechuvchi eskirish jarayonlari 
Mashinalar uchun eskirish jarayonlarining ikki yuza kontaktida, kechishi 
xarakterli. Bu holda, odatda, yuzalar yeyilishi ro‗y beradi. 
Yo‗naltiruvchi elementlar (podshipniklar hamda sirpanish va tebranish 
yo‗naltiruvchilari), friksion muftalar va tormozlar ishqalanish yuzalari, vintli, 
chuvalchangsimon va boshqa uzatishlar, silindrlar va porshen halqalari, kulachok 


152 
va kulis mexanizmlari, sharnirlar, o‗qlar va mashinalarning boshqa detallari 
yeyiladi.
Yeyilish – detalning ishqalanishda uning yuza bo‗ylab o‗lchamlarining asta-
sekin o‗zgarish jarayoni natijasidir. Yuzaning parchalanish jarayoni to‗g‗risida fikr 
yuritilganda ―yeyilish‖ atamasi qo‗llanadi.
Yeyilish mexanizmi va fizikaviy mohiyatini ochib berishga ko‗p ishlar 
bag‗ishlangan.
Yeyilishning asosiy turlari yuzalar kontaktining xarakteri va ularning nisbiy 
harakatiga bog‗liq. 4-jadvalda ikki yuzaning o‗zaro ta‘siri natijasida paydo 
bo‗luvchi shikastlanishlarning xarakterli turlari keltirilgan.
4-jadval 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling