Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
Detal materiali shikastlanishi jarayonlari (hajmli hodisalar)
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
Detal materiali shikastlanishi jarayonlari (hajmli hodisalar)
Detal materialining parchalanishi odatda shikastlanishning yo‗l qo‗yilmaydigan turlariga kiradi. Bu parchalanish natijasida detal buzilishi katta tezlik bilan yechishi bilan bog‗liq. Detal materiali parchalanishi yo‗l qo‗yilmaydigan statik yoki dinamik yuklamalar hamda uzoq vaqt o‗zgaruvchan yuklamalar ta‘sirida yuz berishi mumkin. Birinchi holda to‗satdan ishlamay qolish o‗ringa ega, chunki tashqi yuklamalarning yo‗l qo‗yiluvchi qiymatlardan oshishi mahsulotning oldingi ekspluatatsiyasi davomiyligi bilan bog‗liq emas. Eskirib buzilishlar asta-sekin ishlamay qolishlarga kiradi, chunki detal ishlashida material xususiyatlari o‗zgaradi va ekspluatatsiya vaqti ishlamay qolish ehtimoliga ta‘sir ko‗rsatadi. V.S. Ivanova tomonidan eskirishning umumlashtirilgan diagrammasi taklif etilgan. Bu jarayon uch ketma-ket bosqich kabi qaraladi. 145 1. Siklik kuchlanishlar ta‘sirining boshlang‗ich bosqichi – metalda kristall panjara taranglashgan buzilishlar to‗planishi ro‗y beradi. 2. Yuklamalar sikllarining ma‘lum miqdoridan keyin kristall panjara taranglashgan kuchlanishlari chegara kattaligiga erishadi va submikroskopik yoriqlar paydo bo‗ladi. 3. Keyin submikroskopik yoriqlar mikroyoriqlargacha rivojlanib tajriba namunasining yakuniy parchalanishi ro‗y beradi. Eskirishning umumlashtirilgan diagrammasi 2.15-rasmda keltirilgan, unda ABC – chidamlilik egrisi (Veler egrisi). Chidamlilik davomiylik chegarasidan past kuchlanishlarda W mikroyoriqlar rivojlanmaydi. C B A - submikroskopik yoriqlar paydo bo‗la boshlash chizig‗i va C A - mikroyoriqlar paydo bo‗la boshlash chizig‗i (French chizig‗i). Eskirishning katta kuchlanishida W k parchalanish k N sikldagi keyin ro‗y beradi. 2.16-rasmda mashina detallari buzilishining tipik misollari keltirilgan. Prokat stani vallarining nozik parchalanishi (2.16, a-rasm) yo‗l qo‗yilmaydigan yuklamalar paydo bo‗lishi natijasida ro‗y bergan, u o‗z navbatida tayanchlarning juda eskirishi tufayli paydo bo‗lgan. Val (2.16, b-rasm) va shesternya tishining (2.16, v-rasm) buzilishi konstruksiyalash va tayyorlashdagi xatoliklar bilan bog‗liq kuchlanishlarning Yuqori konsentratsiyasi yoki mahsulot ekspluatatsiyasida tsiklik dinamik yuklamalar paydo bo‗lishi natijasida ro‗y bergan. Tishlar sinishi xarakteriga yuklamaning bo‗ylama taqsimlanishi, ilashish turi, kuchlanishlar konsentratsiyasi manbai va boshqa omillar ta‘sir etadi. Metalning charchashdan parchalanishi detal buzilishiga olib kelishi shart emas. Yoriqlar paydo bo‗lishi mumkin bo‗lib, ular ma‘lum o‗lchamlargacha mahsulot ishlash qobiliyatini pasaytiradi, ularning tez o‗sish imkoniyati xavf tug‗diradi. Fyuzelaj va samolyot qanotlarining obshivkasi kabi mas‘uliyatli konstruksiyalarda ham (2.16, g-rasm) yoriqlar paydo bo‗lib, ularning tarqalishi 146 reglament ishlarida lokallashtiriladi yoki yangisi bilan almashtirish orqali shikastlangan joy bartaraf etiladi. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling