Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

Yuza qatlam tuzilishi. Yuza qatlam tuzilishini ko‗rib chiqishda u asosiy 
metaldan keskin farqlanishini ko‗zda tutish kerak, chunki ishlov berish texnologik 
jarayoni natijasida tuzilishi buzilgan nuqsonli qatlam hosil bo‗ladi. Bundan 
tashqari, mahsulot ekspluatatsiyasida kuch, harorat, oksidlash va boshqa ta‘sirlar 
tufayli xususiyatlar o‗zgarishi jarayoni boradi. 
Masalan, metallarni kesish orqali ishlov berishda yuza qatlamda yangi 
hosilalarning paydo bo‗lishi ikki qarama-qarshi jarayon – yuzaga kesish harakatlari 
ta‘siri natijasida mustahkamlash va kesish harorati ta‘siri natijasida 
mustahkamligining olinishi ro‗y beradi. Turli sharoitlarda biri yoki ikkinchisining 
ta‘sri ustivor bo‗ladi. 
Plastik deformatsiyada metalning yuza qatlamida metal zarralarida siljish
kristall panjara buzilishi, zarralar shakli va o‗lchamlarining o‗zgarishi, tekstura 
hosil bo‗lishi ro‗y beradi. Plastik deformatsiyada tekstura hosil bo‗lishi va siljishlar 
metal mustahkamligi va qattiqligini oshiradi. Plastik deformatsiya ta‘siri ostida 
metalning mustahkamlanishi dislokatsiyalar nazariyasiga ko‗ra dislokatsiyalarning 
siljishlar chizig‗i oldida to‗planishidan iborat, dislokatsiyalar boshqa tarang 
kuchlanishlar tekisligi bilan o‗ralgani uchun keyingi plastik deformatsiyalar uchun 
mustahkamlanmagan metaldagidan ko‗ra ancha ko‗proq kuchlanish zarur. 
Mustahkamlash metal zichligining plastik deformatsiya darajasiga 
proportsional kamayishiga olib keladi. Mustahkamlashda metal xususiyatlari 
o‗zgarishi ham ro‗y beradi: deformatsiyaga qarshilik va qattiqlik oshadi, plastiklik 
pasayadi. 


139 
Mustahkamlanish qatlami chuqurligini l yuza qatlamlarda doimo yuqoriroq 
bo‗lgan mikroqattiqlik o‗zgarishiga qarab aniqlash mumkin. Mustahkamlanish 
darajasi to‗g‗risida yuza qatlamlar qattiqligi va boshlang‗ich metal nisbati 
0
max
H
H
(2.12-rasm) bo‗yicha fikr yuritish mumkin. Yuqori mustahkamlikdagi metallarni 
ishlov berishda kesishning katta harorati mustahkamlikni kamaytiruvchi omil 
sifatida ta‘sir ko‗rsatadi. Mustahkamlangan qatlam qalinligining o‗rtacha 
qiymatlari tezlashda 0,2 dan 20 mkm gacha bo‗ladi. 
Yuza 
qatlamdagi 
o‗zgarishlar 
nafaqat 
mustahkamlanish 
hamda 
mustahkamlanish kamayishi tufayli, balki tuzilish o‗zgarishlari hamda oksidlash 
jarayonlari natijasida ham ro‗y berishi mumkin (2.12, v-rasm). Masalan, uglerodli 
po‗latni silliqlashda yuza qatlamda yuqori haroratlar ta‘siri ostida uglerodsizlangan 
joylar paydo bo‗lishi, oksidlar va nitridlar singdirilgan qatlamlar va tuzilishi erkin 
sementit hosil bo‗lishi ro‗y berishi mumkin. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling