Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


-rasm. Yuzaning mikrorelefi


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

2.10-rasm. Yuzaning mikrorelefi 
a – yuza topografiyasi; b – yuza qatlami ko‘rsatkichlari; v – tayanch yuza egrisi; 1 – 
bo‘ylama notekislik; 2 – ko‘ndalang notekislik; 3 – yoriq; 4 – yorib tushish; x-x – erkin kesilish
Yuza qatlamining taranglik holati 
Yuza qatlamning taranglik holati o‗ziga xos xususiyat kasb etadi.
Birinchidan, yuzalar kontaktida chiziq bo‗ylab yoki nuqtada boshlang‗ich 
tegilishda Gerts formulalari bilan aniqlanuvchi mahalliy kuchlanishlar paydo 
bo‗ladi, yuza bo‗ylab tegilishda esa bunday hodisalar mikronotekisliklar 
kontaktida paydo bo‗ladi. Ikki notekis yuzalar kontaktini modellashtirishda 
ko‗pincha ular kuchlanishlar va deformatsiyalarni hisoblash uchun Gerts-
Belyaevning muvofiq bog‗liqliklaridan tarang o‗zaro ta‘sirda foydalanish yoki 
plastik deformatsiyani ham hisobga olish uchun yarimsferalar, konuslar yoki 
silindrik yuzalar to‗plami tarzida beriladi. 
Ikkinchidan, detal yuzasi yonida yuza shaklining keskin o‗zgarishlari bilan 
bog‗liq 
kuchlanishlarning 
mahalliy 
kontsentratsiyalari 
paydo 
bo‗ladi. 
Kuchlanishlar konsentratlari nafaqat konstruktiv detallar (gantellar, teshiklar
chuqurchalar), balki mikronotekisliklarlarning botiqlari, yoriqlar ham bo‗lishi 
mumkin. Kuchlanishlarning konsentratsiyasi ko‗pincha eskirib parchalanish 
jarayonlari boshlanishiga sabab bo‗ladi. 


135 
Nihoyat, yuza qatlamning o‗ziga xos xususiyati ichki qoldiq 
kuchlanishlarning paydo bo‗lishidir.
Ma‘lumki, detalning qizishi va sovishi jarayonida paydo bo‗luvchi ichki 
kuchlanishlar teng vaznli tizim hosil qiladi va detalning yirik hajmlarini qamrab 
oluvchi mikrokuchlanishlar (I turdagi kuchlanishlar), bir yoki bir necha kristall 
zarralar doirasidagi mikrokuchlanishlar (II turdagi kuchlanishlar) va kristall 
panjara elementlari o‗rtasida ta‘sir etuvchi submikroskopik kuchlanishlar (III 
turdagi kuchlanishlar) tarzida namoyon bo‗lishi mumkin.
Ichki kuchlanishlar, odatda, muayyan texnologik jarayon natijasi bo‗lib, 
quyish, payvandlash, qadash, silliqlash va boshqa qoldiq kuchlanishlar farqlanadi.
Detalda ancha vaqt saqlanib qoluvchi qoldiq kuchlanishlar tashqi 
kuchlanishlar bilan algebraik qo‗shilib ularni kuchaytirishi yoki susaytirishi 
mumkin. 
Cho‗zuvchi 
kuchlanishlar ayniqsa xavfli bo‗lib, ular eskirishga 
chidamlikning pasayishiga olib keladi.
Mexanik ishlov berishda yuza qatlamlarida paydo bo‗luvchi qoldiq 
kuchlanishlar I turdagi hamda II turdagi kuchlanishlarga ham tegishli bo‗lishi 
mumkin. 
2.11-rasmda I turdagi qoldiq kuchlanishlarning tipik epyuralari keltirilgan. 
Yuza yonidagi eng katta kuchlanishlar ham siquvchi (chap ustun), ham cho‗zuvchi 
bo‗lishi mumkin bo‗lib, bu odatda, eng noqulay.
Qoldiq kuchlanishlar epyurasi xarakteri shunday bo‗lishi mumkinki, 
maksimal kuchlanishlar ma‘lum chuqurlikda bevosita yuza qatlam yonida paydo 
bo‗ladi (2.11, a-rasm), bunda ular yuza oldida nolga teng (2.11, b-rasm) yoki 2.11, 
в-rasmda ko‗rsatilgan ko‗rinishga ega.


136 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling