Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


Yuza qatlamining geometrik ko„rsatkichlari


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

Yuza qatlamining geometrik ko„rsatkichlari 
Geometrik nuqtai nazardan yuza qatlami ancha murakkab formatsiyani tashkil 
etadi. 
Ma‘lumki, har qanday real yuza chizmada berilgan nominal (ideal) yuza 
shaklidan og‗ishlarga ega. 
Yuza makrogeometriyasi, ya‘ni uning shakli tavsifi – ovallik, silindrik 
yuzalar uchun konuslik, yuzaning bo‗rtiqligi yoki botiqligi va hokazo – detallar 
ishlashiga ta‘sir etuvchi muhim omildir. Turli yuzalar uchun shakldan yo‗l 
qo‗yiluvchi og‗ishlar muvofiq standartlarda ko‗rsatilgan.
Yuza qatlam xususiyatlarini baholashda ahamiyatli bo‗lgan mikrogeometriya 
notekislik (notekisliklar balandligi 
z
R
yoki 
a
R
o‗rtacha chiziqdan profilning 
o‗rtacha arifmetik og‗ishi hamda DavST2789-73 bo‗yicha boshqa qator 
ko‗rsatkichlar) va to‗lqinliklar (notekisliklar ko‗rsatkichlarini aniqlash uchun qabul 
qilingan standart asosiy uzunligidan ortiq qadamli bo‗rtishlar va botiqliklarning 
takrorlanish yig‗indisi) bilan tavsiflanadi.
Yuza mikrorelefi ishlov berish yo‗nalishida va unga yo‗nalgan 
perpendikulyar turli notekisliklardan iboratligini qayd etish lozim.


133 
Yuza 
mikrotopografiyasi 
botiqlik 
va 
bo‗rtishlarning 
murakkab 
navbatlaShuvini ko‗rsatadi, Shu sababli profilogramma tasodifiy kesilish bo‗lib, 
yuza relefini ma‘lum darajada yaqinlashtirish bilan tavsiflaydi.
Mahsulot ishlashiga nafaqat to‗lqinlashishining (to‗lqin balandligi H va 
uning qadami L) hamda notekislikning asosiy tavsiflari (
z
R

a
R
, o‗rtacha qadam S 
va notekisliklarning maksimal balandligi 
max
R
), balki mikronotekisliklarning shakli, 
ularning yo‗nalishi, to‗lqinlanish shakli va mikrorelefning boshqa ko‗rsatkichlari 
ham ta‘sir ko‗rsatadi.
Notekislikni tavsiflash uchun ko‗pincha integral tavsif – tayanch yuza egrisi 
va mikrorelef shaklini baholovchi alohida ko‗rsatkichlar qo‗llanadi (2.10, v-rasm). 
Mikronotekisliklar qadami, botiqlik va bo‗rtishlarning o‗rtacha radiusi, tayanch 
yuza egrisi ko‗rsatkichlari va boshqalar Shunday aniqlanadi. Yuza notekisligini 
to‗liqroq tavsiflash uchun garmonik tahlil apparatidan foydalanish va yuza 
profilogrammasini garmoniklarning yakuniy yig‗indisi tarzida ko‗rsatish mumkin. 
Yuza qatlamning notekisligi va to‗lqinliligi texnologik jarayon turi va ishlov 
berish tartiblari – uzatish kattaligi, kesish tezligi, moylash – sovitish suyuqligining 
qo‗llanishi, kesish asbobi geometriyasi, DMAD tizimi qattiqligi va 
vibrochidamliligi (dastgoh – moslama – asbob – detal) ga bog‗liq.
Geometrik ko‗rsatkichlar bilan yuzaning alohida nuqsonlarini (yoriqlar, 
xastalanishlar, yoriq parchalari tushishi (2.10, b-rasm) va belgilangan relefdan 
boshqa lokal og‗ishlarni ham tavsiflash mumkinligini qayd etish lozim. 
Yuza makro va mikrorelefi geometrik tavsiflari keng ishlab chiqilgan va 
ularga ko‗p adabiyotlar bag‗ishlangan. 


134 
 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling