Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
-rasm. Eskirishning umumlashtirilgan diagrammasi
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
2.15-rasm. Eskirishning umumlashtirilgan diagrammasi (V.S. Ivanova bo„yicha) 2.16-rasm. Mashina detallarining buzilish misollari Zamonaviy hisoblash metodlari qator hollarda yoriqlar rivojlanishi tezligini baholashga imkon berib, qaysi vaqt davri ichida ular yo‗l qo‗yiluvchi chegaralarda qolishini ko‗rsatishi mumkinligini qayd etish kerak. Mahalliy parchalanishlar gidrotizim quvurlari kabi detallarda (2.16, d-rasm) namoyon bo‗lishi mumkin, ular bosimning yo‗l qo‗yiluvchi qiymatlaridan oshib ketishi yoki detal materiali mustahkamligining pasayishi tufayli, masalan yuqori 147 haroratlar ta‘siri ostida mahalliy shishish, keyin esa ushbu uchastkaning parchalanishi yuz beradi. Qator zamonaviy mashinalarda detallarning parchalanishi ular ishlaydigan yuqori harorat va kuchlanishlar tufayli ro‗y berishi mumkin. Material eskirish jarayonining xarakterli namoyon bo‗lishi detalning deformatsiyalanishidir. Vaqtda deformatsiyaning o‗sishi mahsulotning boshlang‗ich ko‗rsatkichlarining asta-sekin o‗zgarishiga olib keladi. Detalning vaqtda deformatsiyasining o‗zgarishi alohida uchastkalarda plastik deformatsiyalar paydo bo‗lishi bilan bog‗liq bo‗ladi. Tashqi kuchlanishlari olinganda taranglik deformatsiyalari yo‗qoladi, plastik deformatsiyalanishga uchragan sohalar bo‗lsa, ichki kuchlarning qayta guruhlanish jarayoni murakkabroq kechadi, buning natijasida qoldiq deformatsiyalar paydo bo‗ladi. Masalan, valning uzoq vaqt qisqa muddatli yuklamalar bilan ishlashida val asta-sekin deformatsiyalanadi, buraladi, o‗qi esa to‗g‗ri chiziqligini yo‗qotadi. Ishlash qobiliyatini tiklash uchun rixtovkadan foydalaniladi, bu mahsulotni qizitish bilan borishi mumkin. Mahsulot deformatsiyasi yo‗l qo‗yiluvchi daraja chegarasi vazifasiga bog‗liq. Vaqtda o‗zgaruvchi detallarning plastik deformatsiyalanishi sudralish deb ataladi. Sudralish mahsulot to‗g‗ri ishlashining buzilishiga olib kelishi mumkin. Detallarning deformatsiyalanishi ichki kuchlanishlarning qayta taqsimlanishi hisobiga taranglik doirasidagi kuchlanishlarda ham ro‗y berishi mumkin. Bu kuchlanishlar detal quyish jarayoni yoki tuzilma o‗zgarishlarida paydo bo‗lishi mumkin. Materiallarda ularning tayyorlanishidan keyin ro‗y beruvchi hamda ular tuzilishi yoki fazalar tarkibini o‗zgartiruvchi ichki jarayonlar nafaqat mahsulotlar deformatsiyasiga ta‘sir etadi, balki mexanik, magnit va boshqa xususiyatlarning o‗zgarishiga ham olib kelishi mumkin. Masalan, gaz o‗tkazuvchanlikning paydo bo‗lishi yoki suyuqlikning rezervuar devoridan sizib o‗tishi materialning tuzilish o‗zgarishlari bilan bog‗liq bo‗lib, odatda mahsulotning yo‗l qo‗yilmas shikastlanishlariga olib keladi. 148 Suyuqliklar va gazlarning tiqilib qolishi yoki xususiyatlarining o‗zgarishi jarayonlari ham, ular mashinaning ishchi elementlari bo‗lsa, shu toifaga tegishli. Masalan, gidrotizimlar moyi yoki dvigatellar yoqilg‗isining tiqilib qolishi, amortizatorlar gazi xususiyatlarining o‗zgarishi va hokazo. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling