Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


-rasm. Yuza qatlam tuzilishi


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

2.12-rasm. Yuza qatlam tuzilishi 
a – qatlam chuqurligi bo‘yicha H qattiqlikning o‘zgarishi; b – yuza qatlam tuzilishi; v – 
chuqurlik bo‘yicha kesish va ishqalanishda harorat o‘zgarishi 
Yuza qatlam tuzilishiga ta‘sir etuvchi muhim omil ishlov jarayonida paydo 
bo‗lgan yangi yuzalarda tez rivojlanuvchi oksidlash jarayonlaridir. Ko‗pchilik 
metallarning yuzasidan yupqa oksidli plenka hosil bo‗ladi. Plenka taranglashgan 
holda bo‗lgani uchun uning o‗sishida plyonka yorilishi mumkin va u g‗ovak 
tuzilish oladi. Mashina detallari yuzasi ishqalanishida yupqa qatlamlar kontakt 
zonasida ko‗p martalik normal va tangensial kuchlanishlar ta‘siriga uchraydi, 


140 
harorat va muhit ta‘sirida ushbu ekspluatatsiya shartlariga xos relefga ega bo‗ladi. 
Shuning uchun yuza relefining umuman har xil texnologik va ekspluatatsion 
turlarini farqlash kerak. 
Umumiy ko‗rinishda aralashma yuza qatlamining tuzilishi quyidagi 
xarakterli uchastkalardan iborat (2.12, b-rasm). 
Oksid plenkalaridan iborat yuqori qattiqlikdagi 1-qatlamga nam, gazlar va 
ifloslanishlardan amorf adsorblangan qatlam qo‗shiladi. 
Qattiq deformatsiyalangan kristall panjarali 2-mustahkamlangan qatlam 
kesish yoki ishqalanishning tangensial qatlami ta‘siri ostida paydo bo‗lgan 
zarralarning ma‘lum yo‗nalganligi (teksturasi) bilan farqlanadi. 
Buzilgan kristall panjarali 3-mustahkamlangan qatlam dislokatsiyalar va 
vakansiyalarning kattalashgan soniga ega. 
4-qatlam – boshlang‗ich tuzilishli metal. 
Eng yaxshi ekspluatatsion tavsifga ega yuza qatlam olishga intilish 
silliqlash, superfinish, polirovkalash, abraziv etkazilish va boshqalar kabi finish 
ishlovning turli texnologik jarayonlarining qo‗llanishiga olib keldi. Bunda yuza 
qatlam tuzilishi hamda uning geometrik va fizikaviy ko‗rsatkichlariga yakuniy 
ishlov berish texnologik jarayon turigina emas, balki ushbu relef shakllanishining 
murakkab jarayonlarini shartlovchi ishlov berish tartiblari ham ta‘sir ko‗rsatadi.
2.13-rasmda etkazilish optimal tartibini tanlash hisobiga abraziv yuza relef 
bo‗yicha ham, mikroyoriqlar mavjudligi va taranglashgan holat bo‗yicha ham 
Yuqori ekspluatatsion tavsiflar ta‘minlanishi ko‗rsatilgan. Har qanday holda yuza 
qatlam mikroyoriqlarsiz deformatsiyalangan kristall panjarali zonaga o‗tuvchi 
nuqsonlar va mikroyoriqlarning yuqori miqdori bo‗lgan zonaga ega. 


141 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling