Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
Eskirish jarayoni sohasi. Har qanday eskirish jarayoni faqat ma‘lum tashqi
sharoitlarda, paydo bo‗ladi va rivojlanadi. Mashina detallari materiallarining 127 shikastlanishi mumkin bo‗lgan turlarini baholash uchun eskirish jarayoni mavjud bo‗lish sohasini va birinchi navbatda uning paydo bo‗lish shartlarini aniqlash zarur. Jarayon paydo bo‗lishi uchun odatda uning yechishini belgilovchi yuklamalar, tezliklar, haroratlar va boshqa ko‗rsatkichlarning ma‘lum darajasi oshib ketishi kerak. Jarayon paydo bo‗lishidan keyin uning jadal rivojlanishi boradigan tez kechuvchi eskirish jarayonlari uchun sezuvchanlikning bu boshlang‗ich darajasini bilish juda muhim. Ko‗pincha sezuvchanlik boshini ushbu jarayon boshlanishini belgilaydigan ma‘lum bir energetik daraja bilan bog‗lashadi. Masalan, yuqorida eslatib o‗tilgan aktivatsiya energiyasi a E material xususiyatlari o‗zgarishi jrayoni borishi boshlanishi mumkin bo‗lgan energetik darajani belgilaydi. Jarayon boshlanishi mumkin bo‗lgan energetik to‗siq mavjudligining tipik misoli metallarning qotishi va nozik parchalanishda yoriqlar paydo bo‗lishidir. Ikkita kontaktlanuvchi yuzalarning qotishida metal bog‗lanishlar va kristall panjaralar materiallarning birgalikdagi plastik deformatsiyalanishi natijasi sifatida hosil bo‗lishi ro‗y beradi. Mashina detallarining ishqalanishida bu jarayon deyarli darhol ishqalanish shartlarining keskin o‗zgarishiga olib kelib, ushbu juftlikning ishlamay qolishiga olib kelishi mumkin. A.P. Semenovning izlanishlari ko‗rsatishicha, qotish paydo bo‗lishi uchun ma‘lum bir energetik chegaradan o‗tish zarur. Chunki turlicha yo‗naltirilgan kristall panjaralar o‗rtasida metal bog‗lanishlar hosil bo‗lishi uchun ularning o‗zaro ta‘siri yuzaga keluvchi deformatsiya uchun energiyaning muayyan miqdori sarflanishi va panjaralarning yo‗naltirilishi zarur bo‗ladi. Birikishning dastlabki aktlarida bo‗shaladigan yuza energiyasi kristall panjaraning isishi va qo‗shimcha buzilishlari ko‗rinishida birikish zonalariga bevosita yondoshuvchi metal hajmlari tomonidan qabul qilinadi. Hosil bo‗lgan birikish uchastkalarini to‗liq birikishning ikki o‗lchamli boshlanishi kabi qarash mumkin. Kristall panjara tomonidan to‗plangan ajralib chiqqan energiya yig‗indisi metal bog‗lanishlari hosil bo‗lishi uchun etarli bo‗lsa, birikish maydonining kattalashuvi jarayoni boshlanadi. 128 Oquvchanlik chegarasidan pastda qoluvchi o‗rtacha kuchlanishlarda metal konstruksiyalarda yoriqlar paydo bo‗lishi nazariyasi asosida ham energetik konsepsiya yotadi. Bu nazariya Griffit shartiga asoslanib, tarang deformatsiyaning energiya ajralishi tezligi yoriq yuza energiyasi o‗sishidan oshsa mavjud yoriq lavinasimon tarqala boshlaydi, deb ta‘kidlaydi. Yassi plastina deformatsiyasida yoriqlar o‗sishi sharti quyidagi tenglama bilan ifodalanishi mumkin: ï í W W l E l 4 2 2 , bu yerda: – plastinadagi kuchlanish; Å – taranglik moduli; l 2 – kuchlanish tomon to‗g‗ri burchak ostida boruvchi yoriq uzunligi; í W – yoriq yuza kuchlanishi energiyasi; ï W – plastik deformatsiya ishi (Griffitda hisobga olinmagan). Ushbu tenglamaning chap tomoni yakka qalinlikdagi plastinada tarang energiyaning l 2 uzunlikdagi yoriqning to‗satdan paydo bo‗lishi tufayli kamayishini ko‗rsatadi. O‗ng tomoni í W yuza tortilishiga ega yangi yuzaning yaratilishi natijasida plastinka energisini oshishini aks ettiradi. Zamonaviy qarashlarga ko‗ra energetik balansga asosiy ta‘sirni yoriqning tarqalishida plastik deformatsiyaga boruvchi ï W ish ko‗rsatadi. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling