Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
Materiallar harakatini o„rganishning uch darajasi
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
Materiallar harakatini o„rganishning uch darajasi. Puxtalikning
muhandislik masalalarini hal etish uchun mashina va uning elementlari chiqish ko‗rsatkichlarining vaqtda o‗zgarishi qonuniyatlarini bilish zarur. Masalan, detallar deformatsiyasi, ular yuzasining yeyilishi, kuchlanishlar relaksatsiyasi yoki eskirish jarayonlari tufayli ishlash qobiliyatining o‗zgarishi, korroziya tufayli yuzaning shikastlanishi va hokazo baholash, ya‘ni mashina ekspluatatsiyasi davomida ro‗y beruvchi hodisalar makrokartinasini ko‗rib chiqish lozim. Lekin ro‗y beruvchi hodisalar fizikaviy mohiyatini tushuntirish va obyektiv borliqni umumiyroq shaklda aks ettiruvchi qonuniyatlarga ega bo‗lish uchun hodisalar mikrodunyosini tushunib olish va bog‗liqliklarning asosiy sabablarini ham tushuntirish zarur. Shu sababli zamonaviy fan materiallar xususiyatlari va holatlarining o‗zgarishini quyidagi darajalarda o‗rganadi. Submikroskopik daraja – bunda atomlar va molekulalar tuzilishi va ulardan qattiq jismlar kristall panjaralari va boshqa tuzilmalar hosil bo‗lishini o‗rganish asosida turli sharoitlarda materiallar xususiyatlari va harakatini tushuntirish asosi bo‗lib xizmat qiluvchi qonuniyatlar aniqlanadi. Bu qonuniyatlar, odatda, alohida bog‗liqliklarni keyingi o‗rganilishi va ishlab chiqilishiga asos bo‗ladi. Masalan, qattiq jism fizikasi, atom fizikasiga shu jumladan kvant mexanikasiga tayanib, atomlar o‗rtasidagi bog‗lanishlar va kristall panjaralar hosil bo‗lishini ko‗rib chiqadi, panjarada atomlarning beqaror holatlarini o‗rganadi, qattiq jismlar elektron holatlarini ta‘riflab beradi. Materiallar xususiyatlarini mikroskopiy ko‘rib chiqish darajasi kichik sohada ro‗y beruvchi jarayonlarni tahlil qilishdan kelib chiqadi. Bunda olinuvchi qonuniyatlar keyinchalik jismning butun hajmiga yeyiladi. Bu jihatdan ideal bir turdagi jismda kuchlanishlar va deformatsiyalar nazariyasi yaqqol misol bo‗lib, bunda parallelepiped ko‗rinishidagi cheksiz element jism nuqtasida ajratilib olinib uning kuchlanish holati ko‗rib chiqiladi. 119 Deformatsiyalar va kuchlanishlar o‗rtasidagi aloqani Guk qonuni ta‘riflaydi. Plastik deformatsiyalar paydo bo‗lishini hisobga olgan holda bu yondoshuvni rivojlantirish taranglik chegarasidan tashqarida ham kuchlanishlar va deformatsiyalar o‗rtasidagi bog‗liqliklarni topishga imkon beradi. Materiallar tuzilishining real xususiyatlarini hisobga olish zarurati metallar va eritmalarning tarkibi, tuzilishi va xususiyatlari o‗rtasidagi aloqani o‗rganuvchi metalshunoslik kabi fanning yaratilishiga olib keldi. Materialshunoslik uchun butun materialning asosiy belgilariga ega bo‗lgan ushbu uchastka doirasida ro‗y beradigan hodisalarni o‗rganish xosdir. Zarralar chegaralari bo‗ylab ro‗y beruvchi hodisalarning shakllanishi hamda eritmalar mikrotuzilmalarini, termik o‗zgarishlar va boshqa jarayonlarni o‗rganish birinchi navbatda hodisalar mikrokartinkasini ta‘riflovchi darajada o‗tkaziladi. Ekspluatatsiya jarayonida qattiq jismlar harakatiga kuch va fizikaviy- kimyoviy omillarning birgalikdagi ta‘sirini o‗rganish yangi yo‗nalish – materiallar fizikaviy-kimyoviy mexanikasi paydo bo‘lishiga olib keldi. Bu yerda yuklamalar, haroratlar, korroziya agressiyasi muhiti va yadro nurlanishlar birga ta‘sir etishi sharoitlarida ishlaydigan qattiq jismlar deformatsiyasi va parchalanishini o‗rganish uchun qattiq jism fizikasi, fizikaviy kimyo qattiq holatlar kimyosi va beqaror termodinamikani jalb etishga harakat qilinadi. Ikki ishqalanuvchi yuzalarning geometrik va fizikaviy xususiyatlarni hamda moy va yuza faol moddalar mavjudligini hisobga olgan holda o‗zaro ta‘sirini o‗rganish ham yuzaning elementar uchastkalari o‗zaro ta‘sirini tahlil qilish va tipik friksion aloqalarni aniqlashdan boshlanadi. Hodisalar mikrokartinasi darajasida qonuniyatlarni o‗rganish – qattiq jismning butun hajmi, ya‘ni butun detal yoki uning yuzasiga olingan bog‗lanishlarni keyingi yoyilishi uchun zarur bosqichdir. Makroskopik daraja butun jism (detal) materialining boshlang‗ich xususiyatlari yoki holatining o‗zgarishini o‗rganadi. Masalan, Guk qonuni asosida taranglik nazariyasi tortilish, buralish, bukilish va boshqa deformatsiya turlarida ishlaydigan turli konfiguratsiyali detallar va tizimlardagi deformatsiyalar va 120 kuchlanishlarni o‗rganadi. Elementar hajm (nuqta) ga tegishli boshlang‗ich qonuniyatlarni butun detalga o‗tkazish maxsus muhandislik hisoblarni ishlab chiqilishini talab etdi. Shuningdek, materiallar eskirishining boshlang‗ich qonuniyatlari asosida mashina detallari yuzasining yeyilishini hisoblash uchun detallarning kontakti va konstruktiv xususiyatlarining turli shartlarini hisobga oluvchi metodlar ishlab chiqildi. Mashina detallarining mustahkamlik va deformatsiya, eskirish, sudralishini hisoblash muhandislik metodlarining tipik tuzilishi deb hajm mikrouchastkasida jarayon fizikaviy kartinasi asosida butun detalning o‗lchamlari, konfiguratsiyasi va ishlash sharoitlarini hisobga olgan holda jarayonlar ko‗rib chiqilishini hisoblash kerak. Mashinalarni konstruksiyalash va ishlab chiqishda qo‗llanadigan turli qonuniyatlar va hisoblash metodlari, olingan umumiy fizikaviy qonunlar va alohida bog‗lanishlar puxtalik masalalarini hal etishda ham qo‗llanishi mumkin. Bunda, asosiy masala vaqt funksiyasida material xususiyatlari va holatining o‗zgarishini baholashdan iborat bo‗lgani uchun mahsulot ishlash qobiliyatini baholashda qaysi fizikaviy qonuniyatlardan foydalanish mumkinligi va vaqt omili qanday namoyon bo‗lishini aniqlash zarur. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling