Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


Haqiqiy va potensial ishlamay qolishlar


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

Haqiqiy va potensial ishlamay qolishlar 
Istalgan mahsulotni ekspluatatsiya qilishda uning birinchi, so‗ngra 
navbatdagi ishlamay qolishlari boshlanishi mumkin. Agar ta‘mirlar va rostlashlarni 
amalga oshirib bu ishlamay qolishlar oldindan bartaraf etilsa, unda ishlamay 
qolishning yaqinlashish mezoni bo‗lib mahsulotning shikastlanish darajasi 
hisoblanadi, ishlamay qolish esa potensial mumkin bo‗lgan voqea sifatida qabul 
qilinadi. Bunday ishlamay qolishlar potensial deb yuritiladi.
Turli xil mashinalarni ishlatishda ularning puxtaligi to‗g‗risidagi axborotni 
yig‗ish va qayta ishlash bo‗yicha yo‗riqnomalarda, odatda, texnik xizmat 
ko‗rsatish va ta‘mirlash qoidalari bilan mos ravishda bajariladigan alohida detallar, 
birikmalar va uzellarning ish qobiliyatini tiklash ishlamay qolish bo‗lib 
hisoblanmasligi ko‗rsatiladi. Faqat mahsulotning ish qobiliyatini yo‗qotishida 
navbatdan tashqari ta‘mirlash xizmati aralashsagina bu ishlamay qolish sifatida 
qabul qilinadi. 
Bunday yondashuv mashina puxtaligi to‗g‗risida noto‗g‗ri fikrlashga olib 
keladi, chunki potensial ishlamay qolishlar hisobga olinmaydi. 
Tayyorlovchilar va ekspluatatsiya qiluvchilar uchun mashinaning ishlashida 
ishlamay qolishiga yo‗l qo‗ymaslikka doimiy intilish xarakterlidir. Bunga texnik 
xizmat ko‗rsatish va ta‘mirlash tizimini to‗g‗ri tashkil qilish, mahsulotni ishlab 
chiqarishda sifat va puxtalikni boshqarishning asoslangan tizimini qo‗llash, 
ishlatish va ta‘mirlash qoidalarini qat‘iy bajarish bilan erishiladi. Natijada 
mahsulotni ekspluatatsiya qilishda umuman ishlamay qolishlar sodir bo‗lmasligi 
mumkin.
Shuning uchun, mahsulotning ishlamay qolishi haqida so‗z borganda nafaqat 
haqiqiy ishlamay qolishlar, balki asosan potensial mumkin bo‗lgan ishlamay 
qolishlar nazarda tutiladi. 


113 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling