Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

Holat qonunlari. Fizikaviy qonunlar kabi ular asosida olingan material 
xususiyatlari va holatining o‗zgarishini ta‘riflovchi alohida bog‗liqliklarni ikki 
asosiy guruhga ajratish mumkin (2.8-rasm).


121 
2.8-rasm. Materiallar xususiyatlari va holatlarini baholovchi qonuniyatlartasnifi 
Birinchidan, bu material tashqi omillar ta‘siri to‗xtatilganidan keyin 
boshlang‗ich holatga qaytishida ortga qaytuvchi jarayonlar o‗zaro bog‗liqligi 
ta‘riflovchi qonuniyatlar. Bu bog‗liqliklarni holat qonunlari deb ataymiz.
Ikkinchidan, ortga qaytarib bo‗lmaydigan jarayonlarni ta‘riflovchi 
qonuniyatlar mavjud bo‗lib, ular mahsulot ekspluatatsiyasi jarayonida ro‗y 
beradigan materialning boshlang‗ich xususiyatlari o‗zgarishini baholashga imkon 
beradi. Bu bog‗liqliklarni eskirish qonunlari deb ataymiz. 
Mahsulot ishlash qobiliyatini yo‗qotishini baholash uchun turli 
qonuniyatlardan foydalanishni ko‗rib chiqamiz.
Holat qonunlarini kirish va chiqish ko‗rsatkichlari o‗rtasidagi aloqani 
ta‘riflovchi funksional bog‗lanishga vaqt omili kirmaydigan statik va chiqish 
ko‗rsatkichlarining vaqtda o‗zgarishi hisobga olinuvchi o‘tish jarayonlariga 
ajratish mumkin.
Holat statik qonunlarini Guk qonuni, qattiq jismlarning issiqlikda kengayishi 
qonuni va boshqalar misol bo‗la oladi. Bu qonunlar asosida turli muhandislik 
masalalarini hal etish uchun hisob bog‗liqlari olingan. Masalan, 

ortiqcha 
haroratga qizitilgan
l
uzunlikda 
l

bir turdagi sterjen 
P
kuch bilan cho‗zishda 
deformatsiyasini aniqlash uchun yuqoridagi qonunlar asosida hosil qilamiz: 


122 

l
EF
Pl
l



Bu yerda: 
E
– taranglik moduli; 

– materialning chiziqli kengayishi
koeffitsienti va 
F
– sterjenning ko‗ndalang kesimi yuzasi.
Tashqi ta‘sirlarning olinishida (harorat, yuklama) sterjen boshlang‗ich 
holatga qaytadi (
0


l
). Sterjen konstruktsiya elementi bo‗lsa, uning 
deformatsiyasi yo‗l qo‗yiluvchi qiymatdan oshmasligi kerak: 
 
max
l
l




Mahsulot holatining o‗zgarishini ta‘riflovchi statik qonunlar vaqt omilini o‗z 
ichiga olmasa ham, ekspluatatsiya jarayonida mahsulot tavsiflari o‗zgarishi 
ma‘lum bo‗lsa, puxtalikni hisoblashda foydalanilishi mumkin.
Masalan, mashinaning alohida qismlari yeyilishi tufayli unda vaqt o‗tishi 
bilan issiqlik ajratilishi oshadi va alohida bo‗g‗inlarda yuklamalar o‗sadi, ya‘ni 
 
t



va 
 
t
P
P

, unda formula bo‗yicha hisoblanishi mumkin bo‗lgan 
 
t
l

deformatsiya ham o‗zgaradi. 
Ushbu holda bu formula vaqtdan 
P
va 

bog‗liqliklar yashiringan 
mahsulotning ishlash qobiliyati o‗zgarishi sabablarini aniqlamaydi. Shu sababli bu 
va bunga o‗xshash formulalarning puxtalikni hisoblash uchun foydalanilishi odatda 
yordamchi xarakterga ega bo‗ladi. 
O‗tish jarayonlarini ta‘riflovchi holat qonunlari ham vaqt omilini o‗z ichiga 
olsa ham, mahsulot ekspluatatsiyasida ro‗y beruvchi o‗zgarishlarni hisobga 
olmaydi. Odatda ular tez kechuvchi jarayonlar yoki o‗rtacha tezlikdagi jarayonlar 
toifasiga kiradi. Tashqi ta‘sirlar darajasining ma‘lum o‗zgarishidagina ulardan 
puxtalik masalalarini hal etishda foydalanish mumkin.

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling