Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
2.4- rasm
Oksidlash - po‗lat detallarga tarkibida oksidlovchi moddalar bo‗lgan qaynoq ishqorli eritmalarda ishlov berishdan iborat. Oksidlashda detallarning sirtida qalinligi 0,6–1,5 mkm li oksid parda hosil bo‗ladi. Oksid parda juda mustahkam bo‗lib, metalni zanglashdan puxta muhofazalaydi. Normallar (bolt, gayka va boshqalar) hamda kuzov armaturasining ba‘zi bir detallari oksidlanadi. Oksidlash uchun o‘yuvchi natriy (konsentratsiyasi 700–800 g/l) eritmasidan foydalaniladi. Bu eritmaga oksidlovchi moddalar sifatida azot oksidli natriy (200– 250 g/l) va azotli natriy oksidi (50-70 g/l) qo‗shiladi. Oksidlash jarayoni eritma harorati 140–145ºC bo‗lganda 40–50 daqiqa davom etadi. Bunday ishlov berilgan detallar suvda yuviladi. Qoplamadagi g‗ovaklarni berkitish uchun detal (110– 115ºC haroratda) mashina moyida qaynatiladi. Fosfatlash – po‗lat detallar sirtida himoya pardalar hosil qiluvchi kimyoviy jarayondan iborat. Himoya parda fosfor, marganets va temir tuzlaridan iborat bo‗ladi. Parda qalinligi 8–40 mkm bo‗lib, g‗ovak biroz qattiq va yaxshi moslanuvchan bo‗ladi. Fosfatlash «Majef» dorisining suvdagi 30–35 foizli eritmasida 95–98ºC haroratda 50–60 daqiqa davomida amalga oshiriladi. Kuzov 105 detallarini bo‗yashga tayyorlashda grunt berish va detallarning ishlab moslanuvchanligini yaxshilashda bunday ishlov berish usuli qo‗llaniladi. Po‗latlash – detallarning yeyilgan sirtiga qalinligi 3 mm gacha bo‗lgan po‗lat qatlamini elektrolitik usulda yetkizishdan iborat. Bu usul ancha tejamli va unumli bo‗lganligi sababli keyingi yillarda po‗lat va cho‗yan detallarni tiklashda keng ko‗lamda qo‗llanilmoqda. Po‗latlashdagi ish unumi metalning tez o‗tirishi hisobiga 0,5 mm soatni tashkil etadi, bu esa xromlashdagidan 15–20 xissa ortiq. Po‗latlash (temirlash) usulida transmissiyalarning vallari, shkivlar, cho‗yan vtulkalar va boshqa 3 mm gacha yeyilgan detallar tiklanadi. Po‗latlashning afzalligi shundaki, bu usul bilan detal sirtiga o‗tirgan qatlamni sementlash, toblash va bo‗shatish mumkin. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling