Qachon yer uchastkasiga bo‘lgan huquq vujudga keladi? Savol


Download 30.5 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi30.5 Kb.
#1188321
Bog'liq
ВЕБ САЙТда ёритиш учун савол жавоблар


Qachon yer uchastkasiga bo‘lgan huquq vujudga keladi?

Savol:
- Men *** tuman (shahar) hokimining 2014 yildagi yer uchastkasi ajratish haqidagi qaroriga asosan shaxsiy mablag‘laim hisobiga turar joy qurib, shu yerda oila-aʼzolarim bilan birga yashab kelmoqdaman. Tuman (shahar) hokimining qarori ushbu turar joy qurilgan yer uchastkasiga huquqini vujudga keltiradimi?
Sherzod Abdullayev
(Xorazm viloyatidan)
Javobni Xorazm viloyat maʼmuriy sudi sudyasi Timur Ibragimov beradi:
- Yo‘q, faqat tuman hokimining yer uchastkasini ajratish to‘g‘risidagi qarori ushbu turar joy qurilgan yer uchastkasiga huquq bermaydi. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 31-moddasiga asosan yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi joyning o‘zida chegaralar belgilanganidan, yer uchastkalarining planlari (chizmalari) va tavsiflari tuzilib, yer uchastkalariga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatiga olinganidan keyin vujudga keladi.
Yaʼni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2018 yil 29 dekabrdagi 1060-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer
tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin vujudga keladi.
Download 30.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling