Qurbonov Fazliddin Qulmamatovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


Download 20.46 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi20.46 Kb.
#1553399
Bog'liq
Эълон матни Қурбонов Ф.-5


Qurbonov Fazliddin Qulmamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Baliqlar uchun ozuqa tarqatadigan qurilmani ishlab chiqish va parametrlarini asoslash”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3351
Ilmiy rahbar: Astanaqulov Komil Dulliyevich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02.
Rasmiy opponentlar: Musurmonov Azzam Turdiyevich texnika fanlari doktori, dotsent; Karshiyev Faxriddin Umarovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarni sertifikatlash va sinash markazi”.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Kichik suv havzalarida parvarishlanayotgan baliqlarga granulalangan ozuqalarni tarqatadigan qurilma diskining parametrlarini asoslash orqali ozuqalarni tekis taqsimlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik havzalarda parvarishlanayotgan baliqlarga ozuqalarni bir tekis taqsimlab sepadigan parabolik shaklli kurakchalarga ega disk bilan jihozlangan qurilmaning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
kurakchalarni qurilma diski ustiga joylashtirish shakli granulalangan ozuqaning disk ustidagi trayektoriyasini hisobga olgan holda asoslangan;
granulalarning parabolik shaklli kurakchalar ta’sirida disk sirtida harakati va uloqtirilish masofasi ularning nisbiy va absolyut tezliklarini hisobga olgan holda Runge-Kutta-Filberg usuli bilan aniqlangan;
ozuqa tarqatish diskining aylanishlar soni granulalarning kam shikastlanishini ta’minlash shartidan, qurilma ozuqa tarqatish diskining yelkasi uzunligi esa ozuqalarning havza chetiga sepilib, nobud bo‘lishining oldini olishni, hisobga olgan holda asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Baliqlar uchun ozuqa tarqatadigan qurilmani ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:kichik havzalarda parvarishlanayotgan baliqlarga ozuqalarni tarqatadigan parabolik shaklli kurakchalarga ega disk bilan jihozlangan qurilma konstruksiyasiga Intellektual mulk agentligining foydali modeliga patenti olingan («Baliq yemi tarqatuvchi» №FAP 02210-2022 y.). Natijada granulalangan ozuqalarni baliqlarga kam shikastlab, bir tekis taqsimlab tarqatadigan qurilmaning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;baliqlarga ozuqa tarqatish qurilmasi Surxondaryo viloyati Termiz tumani hamda Toshkent viloyati Qibray tumanidagi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 19 avgust 07/24-04/5778-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik baliqchilik xo‘jaliklarida ozuqa tarqatish jarayonini mexanizatsiyalash hamda mehnat sarfi va xarajatlarni sezilarli kamayishiga erishilgan;baliqlarga ozuqa tarqatish qurilmasini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari «BMKB-Agromash» AJda ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 19 avgust 07/24-04/5778-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik baliqchilik xo‘jaliklarida ozuqa tarqatishda qo‘llaniladigan yuqori samarali qurilmalarni ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.



Ilmiy kengash raisi




F.M.Mamatov










Ilmiy Kengash
ilmiy kotibi






D.Sh.Chuyanov










Ilmiy rahbar




K.D.Astanaqulov










Talabgor




F.Q.Qurbonov







Download 20.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling