Qurilish Ekologiyasi


Suvning ifloslanishi va uni ifloslovchi manbalar


Download 1.26 Mb.
bet2/5
Sana08.05.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1444025
1   2   3   4   5
Bog'liq
Презентация1

2.Suvning ifloslanishi va uni ifloslovchi manbalar.

  • 2.Suvning ifloslanishi va uni ifloslovchi manbalar.
  • Chuchuk suv tanqisligining asosiy sababi qishloq xo`jaligida, sanoat va turmushda suv sarfining o`sib borayotganligidagina emas, balkim shu bilan bir vaqtda ochiq suv havzalariga tashlanayotgan sanoat va turmush oqava suvlari miqdorining tobora ko`payib borayotganligidadir, ya'ni suvlarning tobora ko`p ifloslanayotganligidadir.
  • Suvning ifloslanish darajasi ayniqsa rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda yuqori bo`lib, ba'zi joylarda suvlarni tozalash masalasi chinakam «milliy masala»ga aylanib bormoqda. Germaniyada oqava suvlarning yarmidan ko`pi, AQSH da esa uchdan bir qismi to`liq tozalanmay daryo va ko`llarga quyiladi. Yaponiya, Angliya, Gollandiya, Belgiya va Frantsiyaning ko`pgina rayonlarida, shuningdek Skandinaviya mamlakatlarida ham daryo va ko`llar suvi yuqori darajada ifloslangan. 

Okeanlar suvining ayniqsa radioaktiv moddalar bilan ifloslanish yomon oqibatlarga olib keladi. 1954 yilda AQSH tomonidan Tinch okeanida sinab ko`rilgan vodorod bombasining portlatilishi 25,6 ming kmG`kv maydondagi suvni va undagi barcha tirik organizmlarni nurlantirdi. Eng yomoni nurlangan baliqlarning uzoq rayonlarga suzib ketishi va ovqatlanish zanjiri orqali bu kasallikning boshqa hayvonlar va inson organizmiga o`tishidir.

Ichki suv havzalarining ifloslanishiga, asosan, sanoatdan va aholining maishiy turmushidan chiqayotgan oqava suvlarning yetarlicha tozalanmasdan daryo va ko`llarga tashlanishi sabab bo`lmoqda. Keyingi 30 yil mobaynida kishilar tabiatdan insoniyat tarixi davomida olganidan ko`ra uch baravar ko`p boyliklarni olib o`zlashtirdi va shunga muvofiq chiqindilar miqdori ham keskin ko`payib ketdi. Dunyo miqyosida yiliga aholi jon boshiga 1 tonnadan ko`proq chiqindi to`g`ri keladi va bu chiqindining bir qismi suvga tushadi. Dunyo aholisining uchdan ikki qismi daryo va ko`llar yaqinida, qolgani esa dengizlar yaqinida yashamoqda. Tabiiy-ki, ular o`z turmushidan chiqqan oqava suvlarni qisman tozalab, yaqin masofadagi tabiiy suvlarga tashlaydilar.

  • Ichki suv havzalarining ifloslanishiga, asosan, sanoatdan va aholining maishiy turmushidan chiqayotgan oqava suvlarning yetarlicha tozalanmasdan daryo va ko`llarga tashlanishi sabab bo`lmoqda. Keyingi 30 yil mobaynida kishilar tabiatdan insoniyat tarixi davomida olganidan ko`ra uch baravar ko`p boyliklarni olib o`zlashtirdi va shunga muvofiq chiqindilar miqdori ham keskin ko`payib ketdi. Dunyo miqyosida yiliga aholi jon boshiga 1 tonnadan ko`proq chiqindi to`g`ri keladi va bu chiqindining bir qismi suvga tushadi. Dunyo aholisining uchdan ikki qismi daryo va ko`llar yaqinida, qolgani esa dengizlar yaqinida yashamoqda. Tabiiy-ki, ular o`z turmushidan chiqqan oqava suvlarni qisman tozalab, yaqin masofadagi tabiiy suvlarga tashlaydilar.
  • Hozirgi kunda kishilar 8-9 mln. turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni o`zlashtirganlar. Bular orasida tabiatda uzoq vaqt parchalanmaydigan kimyoviy zaharlar, radioaktiv moddalar va plastmassa mahsulotlari bor-ki, ular butun biosferani va shu jumladan gidrosferani ifloslovchi jiddiy manbalardan bo`lib qolmoqdalar. Kundalik turmushdan chiqadigan oqava suvlardagi chiqindilar tarkibi bir-biriga o`xshash bo`ladi va ularni tozalash birmuncha oson.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling