Qurilish Ekologiyasi
Download 1.26 Mb.
|
Презентация1
Suvlarning termal ifloslanishi ham uni yaroqsiz holga keltiradi. Termal ifloslanishni elektr stantsiyalarida agregatlarni sovutishga ishlatilgan suvlar keltirib chiqaradi. Bunday suvlarda harorat sovutish uchun olingan suvnikidan 8-120 yuqori bo`ladi. Iliq suvlarining oqmas havzaga tashlanishi evtrofikatsiya jarayonini odatdagidan ko`ra tezlashtiradi. Shunga ko`ra suvlarning termal ifloslanishi ayniqsa energetika sohasi rivojlangan mamlakatlarda ko`proq uchraydi. Kuzatuv natijalariga ko`ra suvlarning ifloslanishi oqibatida aholi o`rtasida kelib chiqayotgan yuqumli kasalliklar miqdor va sifat jihatidan tobora ko`payib bormoqda. Tibbiy statistika tasdiqlashicha odamlarda sodir bo`layotgan jami kasalliklarning 30% ichimlik suvining sifati yomonligidan kelib chikmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarda bu ko`rsatkich 80% gachani tashkil qiladi. BMT va Jahon banki bergan ma'lumotlarga ko`ra sifatsiz suvni iste'mol qilish oqibatida Sayyoramizda yilida 50 mln. kishi suv iflosligidan kasallanadi va uning beshdan bir qismi hayotdan ko`z yumadi. Bunday noxush jarayonning oldini olish, uning rivojlanishga yo`l bermaslik maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2003 yilni jahonda «Chuchuk suv yili» deb e'lon qildi.
Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling