Z. A. Utemuratova
|
Toshkent arxitektura – qurilish instituti rus tili o‘qituvchisi
|
O‘quv dasturiga qo‘yiladigan talablar
Dastur nomi:
|
“Kаsbiy fаoliyatdа rus tili”
|
Ajratilgan soat:
|
100
|
Mavzular soni:
|
40
|
Dasturning maqsadi:
|
Lingvistik bilimlarni o‘zlashtirish, o‘quvchilar uchun tegishli sohalarda nutq ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish va takomillashtirish: ta’lim va ilmiy, kasbiy, ijtimoiy-madaniy, mutaxassislikning o‘ziga xos hususiyatlarini hisobga olgan holda va kommunikativ kompetentsiyaning madaniy tarkibiy qismini shakllantirish
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari:
|
O‘rta maxsus professional ta’lim negizidaolingan bilimlarni rivojlantirish va qo‘shimcha qilish.
Rus(o‘zbek) tili kommunikativ kompetensiya – o`rganilayotgan rus(o‘zbek) tili bo`yicha egallagan bilim, ko`nikma va malakalarni muloqot jarayonida qo`llash qobiliyatini rivojlantirish.
O`quvchilarning kundalik, ilmiy va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun rus(o‘zbek) tilida komunikativ kompetensiyani shakllantirish.
Rus (o‘zbek) tili orqali milliy istiqlol va demokratiya, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ilmiy-gumanitar dunyoqarash, yuksak ma’naviyat va demokratik madaniyat, ijodiy tafakkur, e’tiqod va ijtimoiy-siyosiy faoliyatni shakllantirish.
Mutaxassislik bo`yicha rus(o‘zbek) tilida
muloqot qila olish qobiliyatini shakllantirish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |