Qurilish fakulteti 9-20mkq guruh talabasi Mirxoshimov Xurshidbekning Taqdimot loyihasi


Download 1.7 Mb.
Sana28.12.2022
Hajmi1.7 Mb.
#1011383
Bog'liq
mirxoshimov iss.ish.ch

Qurilish fakulteti 9-20MKQ guruh talabasi Mirxoshimov Xurshidbekning Taqdimot loyihasi

Mavzu: IES va ularning ishlash prinsplari

Reja:

  • 1. IES haqida umumiy ma’lumot
  • 2. IESning ishlash prinsplari

IES haqida umumiy ma’lumot

  • Issiqlik elektr stansiyasi 19-asr 80-yillarida kurila boshlagan. Ilk issiqlik elektr stansiyasi 1882-yilda New Yorkda qurilgan. Rossiyada dastlabki issiqlik elektr stansiyasini muhandis M. K. Polivanov 1906-yilda Moskvada qurgan. O’zbekistonda dastlabki issiqlik stansiyasi 20-asr boshlarida qurilgan. Respublikadagi eng yirik issiqlik elektr stansiyasi — Sirdaryoda. Navoiyda, Toshkentda, Angrenda ham mavjud.

Sirdaryo IES

Issiqlik elektr stansiyasi avtomatlashtirilgan korxona. Qozon agregatlarida yoqilgʻi yonish jarayonlari, qozonni suv bilan taʼminlash, tok kuchlanishi va chastotasini rostlash toʻla avtomatlashtirilgan. Issiqlik elektr stansiyasi agregatlari markaziy boshqarish pultidan boshqariladi. Atom elektr stansiyasi, geotermik elektr stansiyalar, gelioenergetika elektr stansiyalari ham issiqlik elektr stansiyasi hisoblanadi

Navoiy IES

Issiqlil Elektr Stansiyalari qattiq, suyuq va gaz holatdagi organik yoqilgʻilarning issiklik energiyasini elektr energiya-siga aylantiradigan qurilmalar majmui. Asosiy energetik agregatlar qatoriga suv yuradigan quvurlar batareyasidan iborat qozon tizimi, bugʻ turbina bugʻ dvigatel lari va turbogeneratorlar kiradi.

Toshkent IES

IES ishlash prinsplari Issiqlik kondensatsion elektr stansiyalar organk yoqilg’I energiyasini avval mexanik so’ngra elektr energiyasiga aylantirib beradi

  • Qozon tizimiga yuborilgan suv yuqori bosimli bugʻga aylantirilib turbina parraklariga beriladi. Natijada turbina bilan mexanik bogʻlangan generator tegishli tezlikda aylantirilib, mexanik energiya elektromagnit induksiya qonuniga binoan generatorda elektr energiyasiga aylanadi. IES da ishla-tiladigan yoqilgʻi issiklik energiya-sining faqat 30% gina foydali elektr energiyasiga aylantiriladi, yaʼni IES ning foydali ish koeffitsiyenti 30% ga teng

Sirdaryodagi IESning ichki ko’rinishi

  • F. i. k. qiymatini oshirish maqsadida qozondagi bugʻ bosimi iloji boricha yuqori qilinadi va turbina parraklaridan oʻtib, ish bajarib boʻlgan bugʻning hammasi sovitkichlar vositasida sovitilib, qayta suvga aylantiriladi (kondensatlanadi) va qozon tizimiga yuboriladi. Bunday IES ni kondensatsiyey elektr stansiyalari (KES) deyiladi va ularda f. i. k. qiymati 30—35% gacha koʻtariladi hamda suv berk tizimda aylanishi sababli kuvurlar batareyalaridan iborat qozonni taʼmirlash ishlari keskin qisqaradi

  • IES lar, odatda, qattiq, suyuq yoki gaz holatdagi arzon yoqilgʻi koni yaqinida quriladi. Stansiya generatorlaridan olingan elektr energiyasining asosiy qismi bir necha yuz km masofadagi isteʼmolchilarga kuchaytiruvchi transformator va yuqori voltli elektr uzatish liniyalari vositasida yetkaziladi, qolgan qismi esa stansiyaning oʻz generator kuchlanishida yoki pasaytiruvchi transformator orqali beriladi

Foydalanilgan adabiyotlar

Issiqlik texnikasi asoslari (J.Nurmatov, N.Xalilov va b.) 189-bet

Wikipedia.org

Qomus.info

Arxiv.uz

E’tiboringiz

uchun raxmat


Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling