«qurilish» fakulteti «muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi» kafedrasi


Download 0.61 Mb.
bet7/7
Sana04.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1324918
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Muxtorov B tashqi suv

250

180

1,26

0,00898

29,300427

9,393009495

2,245

13-14

200

200

1,197

0,0072

34,936232

5,635805697

1,44

14-15

200

250

0,88

0,003177

39,945837

5,009605064

0,6354

15-16

250

250

1,015

0,00409

45,581643

5,635805697

1,0225

16-17

500

250

1,218

0,00565

54,974653

9,393009495

2,825

17-18

250

250

1,443

0,00765

64,367662

9,393009495

1,9125

18-1

350

315

1,007

0,00304

71,88207

7,514407596

1,064

1-KQ

50

315

1,206

0,00418

85,032283

13,15021329

0,209


3150






15,8169

9-21

350

90

1,043

0,015

6,15

-

5,25

21-20

350

125

1,263

0,014121

14,916809

8,77

4,94235

20-19

350

180

0,999

0,00595

23,683618

8,77

2,0825

19-1

350

180

1,39

0,0106

32,450427

8,77

3,71

Jami

1400





184,1027728

15,98485


Tarmoq tugunlaridagi erkin bosimni aniqlash.
Tarmoqdagi erkin bosim tarmoqni hamma qismida iste’molchilarni suv olishi uchun yetarlibo‘lishi kerak. Shuning tarmoqni hamma tugunlaridagi erkin bosim yetarli ekanligi tekshirilib ko‘riladi. QMQ bo‘yicha erkin bosim bir qavatli binolar oldida 10m olinadi, undan yuqori binolar uchun har qavatiga 4m dan olinadi. misol uchun 4 qavatli binolar uchun erkin bosim 22 m. 5 qavtli binoda 26m va 6 qavatli binoda 30m bo‘lishi kerak.
Yong‘inni o‘chirish uchun erkin bosim binolarni qavatidan qat’iy nazar 10m olinadi. Yong‘in vaqtida kerakli katta bosim yong‘inni o‘chiruvchi avtomashinalarda o‘rnatilgan nasoslar orqali ta’minlanadi.
Suv ta’minoti tarmoqlarida ishlatiladigan quvurlar.
suv ta’minotida tarmoqlarida ishlatiladigan quvurlar QMQ tavsiyasiga binoan metall bo‘lmagan ashyolardan tayyorlangan quvurlar ishlatilishi kerak. Bu quvurlarga asbestosement, temirbeton, plastmassa va shisha quvurlar kiradi. Lekin bu quvurlar u yoki bu ko‘rsatgichlari to‘g‘ri kelmasa metaldan yasalgan po‘lat va cho‘yan quvurlar ishlatiladi.
Hozirgi vaqtda shahar suv ta’minotida asbestosement, cho‘yan va po‘lat, plastmassa quvurlar ishlatilmoqda.
Asbestosement quvurlar. GOST 539-80 bo‘yicha diametri 50-400 mm li uzunligi 2.95m va 3.95m li bo‘lib, 3.6.9 va 12 atm bosimga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bu quvurlar zanglamaydi, ichki devori yuzi silliq bo‘lgani uchun kam bosim yo‘qoladi, elektr toki o‘tkazmaydi. Issiq-sovuqqa chidamli. Kamchiligi esa uning mo‘rtligi va urilganda sinib ketishligidir.
Asbestosement quvurlarni uchlari ingichkalashgan bo‘lib, bir-birga mufta orqali ulanadi.
Cho‘yan quvurlar. Ichki diametri 50-1200mm li, uzunligi 2-7m qilib ishlab chiqariladi. Quvurlarni ichki devori zavod sharoitida bitum yoki polimerlangan bo‘ladi. Bu quvurlarni tez zanglashini oldini oladi. Bu quvurlar uzoq yillar ishlaydi. Cho‘yan quvurlarni ulash uchun ularni bir uchi og‘zi kengaytirilgan bo‘lib yasaladi. Ikkinchi quvurni silliq uchi shu kengaytirilgan qismga kirgaziladi, va atrofi smola shimdirilgan arqon bilan to‘ldiriladi va yana ustidan asbestosement bilan mustahkamlanadi.
Po‘lat quvurlar. Bu quvurlar asosan katta bosimli suv elituvchilarda, ko‘priklarni, temir va magistral avtomobil yo‘llarini kesib o‘tishda ishlatiladi. Lekin cho‘yan va asbestosement quvurlar bo‘lmaganda bu quvurlarni ishlatish mumkin. Po‘lat quvurlarni suvgaz quvuri, payvandlangan quvur va choksiz quvur degan turlari bo‘lib, tashqi suv ta’minoti tarmoqlarida asosan payvandlangan quvurlar ishlatiladi.
Po‘lat quvurlar o‘ta mustahkam quvurlardir lekin tez zanglaydi, katta shahar sharoitida yer osti elektr tokini o‘tkazib yuboradi, bu esa quvurni zanglashini va teshilishini tezlashtiradi.
Suv ta’minoti tarmoqlarida qo‘llaniladigan jihozlar.
Suv ta’minoti tarmoqlarida asosan zadvijkalar, yong‘in gidrantlari va vantuslar ko‘p ishlatiladi.
Zulfin. Aniq bosimlarga mo‘ljallab yasalgan bo‘ladi. Ularni qo‘l bilan ochib yopiladigan, elektr toki bilan ochib yopiladigan va gidravlik usul bilan ochib yopiladigan turlari bor va ishlatiladi.
Qo‘l bilan ochib yopiladigan zadvijkalar ikki xil-o‘qi qo‘zg‘aladigan va qo‘zg‘almaydigan turlari bor. Suvni berkitishiga qarab parallel va qoziqsimon zadvijkalar bo‘ladi.
Ko‘pincha diametri 50-400 mm gacha bo‘lgan zadvijkalar qo‘lda ochib yopiladigan, parallel. O‘qi qo‘zg‘aladigan cho‘yandan yasalgan turlari ishlatiladi.
Diametri 500-1200mm li zadvijkalarni o‘qi qo‘zg‘almaydigan parellel, qo‘lda va elektr toki yordamida ochib yopiladigan turlari ko‘p ishlatiladi.
Yong‘in gidrantlari. Birinchi navbatda ko‘chalar kesishgan joylarga o‘rnatiladi va tarmoqni har 150m oralig‘ida o‘rnatiladi. Yong‘in gidrant tepasi quduq qopqog‘idan 20-30 sm chuqurlikda joylashgan bo‘ladi.
Vantuzlar. Tarmoqni yuqori nuqtalarida tarmoqga havoni olish va tarmoqdan havoni chiqarib yuborish uchun ishlatiladi. Vantuzni 50 va 75 mm li diametrlilari ishlatiladi. ularni tagiga esa zadvijka yoki ventil o‘rnatiladi.
Yong‘inni o‘chirish uchun suv sarfi me’yorlari.
Yong‘inga qarshi quriladigan suv ta’minoti tarmoqlari ko‘pincha shahar ichimlik-ho‘jalik suv ta’minoti tarmoqlari bilan yoki ishlab-chiqarish uchun mo‘ljallangan suv ta’minoti tarmoqlari bilan birlashtirilgan bo‘ladi. Aholi maskanlarida tashqi yong‘inni o‘chirish uchun hisobga olinadigan suv sarfiga va quriladigan binolarni qavatlariga qarab olinadi.
Shuningdek shaharda bir vaqtning o‘zida yong‘in chiqish sonini hisob ishlari orqali topilgan aholi soniga bog‘liq holda QMQ 02.04.08.2019 ko‘rsatmasiga binoan qabul qilamiz.
Yong‘inga qarshi suv tarqatish tarmog‘i tizimidagi inshootlar, jihozlar va ularning o‘zaro bog‘liqligi
Yong‘in – bu kutilmaganda sodir bo‘lish ehtimoli mavjud bo‘lgan va moddiy boyliklar hamda inson hayotiga katta xavf soladigan hodisadir. Yong‘inlar tabiiy yoki texnologik tusda bo‘lishi mumkin. Odatda yilning qurg‘oqchilik mavsumlarida va geografik iklim sharoitlari quruq, tabiatan tez yonuvchan o‘simlik va daraxtlarga xos bo‘lgan joylarda o‘rmon va boshqa turdagi tabiiy yong‘inlar sodir bo‘lishi mumkin. Inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha yong‘inlar texnologik tusdagi yong‘inlar deb ataladi va ularning oldini olish chora tadbirlari ichida suvdan foydalanish keng tarqalgan. Inson yashaydigan va faoliyat ko‘rsatadigan barcha joylarda turli maqsadlarda suv tarqatish tarmog‘i tizimining loyihalashtirilishi, undan o‘t o‘chirish va yong‘inni oldini olish maqsadlarida ham foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Yong‘inga qarshi suv tarqatish tarmoqlari markazlashtirilgan shahar xo‘jalik – ichimlik suv tarqatish tarmoqlari bilan yoki sanoat korxonasi hududidagi ishlab chiqarish uchun muljallangan suv tarqatish tarmoqlari bilan birlashtirilgan bo‘ladi.
Alohida yong‘inni o‘chirish uchun muljallangan suv tarqatish tarmoqlari faqat yong‘inga o‘ta xavfli sanoat korxonalari, yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan ob’ektlar yoki alohida joylashgan binolar uchun loyihalashtirilishi ko‘zda tutilgan holda u iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan asoslangandagina amalga oshirilishi mumkin.

2. Mexanik usulda yong‘inni o‘chirish


Mexanik usulda yong‘inni o‘chirish uchun oddiy yong‘in kranlari ishlatiladi. Yong‘in kranlarining ishlashi uchun bino yoki inshoot ichida joylashgan hududdagi suv tarqatish tarmog‘i tizimi asosiy suv manbasi bo‘lib xizmat qiladi. Yong‘inni o‘chirishda qo‘llaniladigan o‘t o‘chirish kranlari bino polidan 1,35 m balandlikda o‘rnatiladi.
Yong‘in krani quyidagi jihozlardan jamlanadi: yong‘in ventili, shlang, va suvni yo‘naltiruvchi metall brandspoyt. Yong‘in o‘chirish shlangini qulay va tezkor ulanishi uchun yarimgaykalardan foydalaniladi. Ushbu gaykalarni yong‘in o‘chirish davomida ulanishi oson va yong‘in joyiga suv sepishni tezroq amalga oshirilish imkonini beradi.
O‘t o‘chirish shlangi uzunligi 10 va 20 m deb qabul qilinadi. Yong‘in o‘chirish shlangidagi bosim yo‘qolishi h quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:


h = kpq2l, m

bu yerda, q - o‘t o‘chirish oqimining quvvati, l/sek;


kp - shlangdagi qarshilik koeffitsienti, ushbu koeffitsient qiymati shlang diametri 50 mm bo‘lganda 0,012, diametri 65 mm bo‘lganda 0,00385 ga teng deb qabul qilinadi.
O‘t o‘chirish oqimi quvvati 4,0 l/s gacha bo‘lishi uchun shlang diametri 50 mm, undan katta qiymat uchun 65 mm li shlang olinadi. Binoda o‘rnatilishi kerak bo‘lgan yong‘in kranlari sonini aniqlash uchun quyidagilarga ahamiyat berish kerak:
agar binodagi nuqtalar ikki yoki undan ko‘p oqimlar bilan o‘chirilishi ko‘zda tutilsa, u holda har bir nuqta har yong‘in kranidan kamida bitta mustaqil oqim bilan o‘chirilishi kerak;
agar binoda o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan oqimlar soni to‘rtta va undan ortiq bo‘lsa, u holda suv tarqatish tarmog‘i stoyakida juftlashgan yong‘in kranlari o‘rnatilishiga ruxsat etiladi;
har bir stoyakdan ko‘pi bilan ikkita oqim olinishiga ruxsat etiladi.
Yong‘in o‘chirish kranining ta’sir radiusi Ryo.k quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:
Ryo.k=R +lshl, m
Bu yerda, R - yong‘in o‘chirish oqimining gorizontal tekislikdagi proeksiyasi;
lshl - yong‘in shlangi uzunligi.
Yong‘in o‘chirish oqimining gorizontal tekislikdagi proeksiyasi R ni quyidagicha hisoblanadi:

R =Rk cos α, m


Rk – oqimning kompakt qismi radiusi.


Loyihalashda R = 0,5 Rk deb qabul qilinadi, demak

Ryo.k=0,5 Rk+ lshl,


Misol uchun, yong‘in o‘chirish shlangi uzunligi 20 m bo‘lganda yong‘in kranining ta’sir radiusi 23 m, agar shlang uzunligi 10 m bo‘lsa uning ta’sir radiusi 13 m bo‘ladi (agar Rk=6 m., oqim proeksiyasi 3m).




So`ngi bosqichda
Yer otmetkasi orqali: Gidravlik xisobi, Pyezometrik otmetka, quduq chuqurligi shular topiladi. 5-jadval da keltirilgan

Hisob kitob jadvali (SMETA) 6-jadval da keltirilgan.





XULOSA.
Xulosam shundan iboratki: Ushbu kurs davomida Menga “Suv ta`minoti va oqava suvlarni oqizish” fanidan kurs loyiha bajarish topshirig’i berildi. Men bu kurs loyiha ishim davomida Qo’shtepa tuman Qumtepa MFY tashqi suv tarmog`ini loyihaladim.
“Oqava suvlarni oqizish tarmoqlarini loyihalash” fanidan kurs loyihasini bajarishim davomida ma`ruza hamda seminar darslarimizda olgan nazariy bilmlarimni amaliyotda qo`llay olish ko`nikmasiga ega bo`ldim.
Bundan tashqari Kurs loyiha ishini bajarish davomida oqava suvlarni oqizish tarmoqlarini loyihalashda duch keladigon muammolarni bartaraf etishni o`rgandim.
Kurs loyihasi ishida tushunmagan joylarimda kurs loyiha rahbarimiz va shu fandan dars beredigon o`qituvchilardan qo`shimcha bilim ko`nikmalar olib, bilmimni yanada mustahkamladim. Yana qo`shimcha qilsam, oqava suvlarni chiqarish bo`yicha O`zbekistonda bo`layotgan yangiliklardan habardor bo`ldim.
O`ylaymanki ushbu kurs loyihani bajarganim kelajakda o`z mutaxasisligim bo`yicha yutuqlarga erishishimda va shu soxada yaxshi kadr bo`lishimga kata yordam beradi.


Asosiy adabiyotlar
1. Zokirov U.T Suv uzatish va tarqatish tarmoqlari. O‘quv ko‘llanma TAQI. 2000 y.
2. SHNQ 2.04.02-19 “Suv ta`minoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar”
3. "Suv ta’minoti va rezervuarlaridan oqilona foydalanish". O‘quv qo‘llanma T.A.Abdullayev, 2000 y
4. Abdullayev T.A. «Ochiq suv manbalaridan suv oluvchi inshootlarni loyixalash» uquv qo`llanma. Toshkent 1997 yil.
5. Abdullayev T.A. Shaxar ichimlik suv o‘tkazish tarmoqlarini loyihalash. O‘quv qo‘llanma, TAQI 2000 y
6. https://uzsuv.uz/ru/posts/252
7. Абрамов Н.Н., Сомов Н.А., "Расчет водоснабжених сетей" М.
Стройиздат 1983.
8. Сомов Н.А. "водоснаженую систему и сооружения" М. Стройиздат

9. Zokirov U.T., Buriev E.S. «Okova suvlani okizish va tozalash» fanidan ukuv kullanma. Toshkent 2003 yil.


Qo‘shimcha adabiyotlar


1. Abramov N.N., Somov N.A., "Raschet vodosnabjenix setey" M.


Stroyizdat 1983.
2. Somov N.A. "vodosnajenuyu sistemu i soorujeniya" M. Stroyizdat
3. Shevelev jadvallari.
Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling