«qurilish» fakulteti «muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi» kafedrasi
Download 0.61 Mb.
|
Muxtorov B tashqi suv
9. Solishtirma sarfni hisoblash
Suv ta’minoti tarmog‘ini bir metr uzunligiga to‘g‘ri keladigan suv sarfini solishtirma suv sarfi deyiladi. Agarda hamma suv sarfini Q l/sek desak. Hamma hisoblangan tarmoq uzunliklari yig‘indisi Lx desak, solishtirma suv sarfi quyidagicha bo‘ladi. Bu yerda = sekundlik maksimal sarf. =umumiy tarmoq uzunligi. 10. Yo‘l-yo’lakay suv sarfini aniqlash tarmoqni har bir qismi uzunligiga to‘g‘ri keladigan suv sarfi yo‘l sarfi deyiladi. Va u quyidagicha topiladi. Bu yerda l= uchastka uzunligi. 11. Tugun suv sarflarini aniqlash. Shaxar suv ta’minoti tarmoqlarini juda ko‘p yeridan ko‘chalarni ikki oralari ko‘pincha katta bo‘lmaydi. Shu kichik oraliqlarni hammasini diametrini hisoblash ancha qiyindir. Shuning uchun tarmoqni hisoblashni osonlashtirish uchun tarmoq uchastkalarga bo‘linadi va suvni shu uchastka chegaralaridan olinadi deb qaraladi. Shu uchastka o‘rtalaridan olinadigan suvni ham shu uchastkadan olinadi deb qaraladi. Tarmoqni bu uchastka uzunliklarini 1000 m gacha olinadi. Ana shu chegara nuqtalaridan olingan suvni tugun suv sarflari deyiladi. Demak tarmoqdagi hamma suv sarflarinitugun suv sarflariga keltiriladi. Boshqacha qilib aytsak tarmoq bo‘lagi yo‘l suv sarfini yig‘indisini yarmiga teng deb olinadi. 3-Jadval ;l/sek Bu yerda q1, q2, q3 = yo`l yo`lakay sarflar quduqdan suv oluvchi tarmoqdagi. ;l/sek
12. Halqali tarmoqlarni moslash. Har bir halqada yo‘qolgan bosimlar yig‘indisi 0ga teng bo‘lsa quvur diametri va suvni quvurlarga taqsimlash yaxshi hisoblanadi. Agar tarmoqni bir bo‘lagi zo‘riqish bilan ishlab ko‘p bosim yo‘qotsa va tarmoqni ikkinchi bo‘lagidan suv kam o‘tayotganligi yoki diametri katta olingan bo‘lsa har bir halqadagi yo‘qolgan bosimlar yig‘indisi 0ga teng bo‘lmaydi. Bu holni tarmoq diametri noto‘g‘ri olingan deb yoki suvni tarmoq uchastkalari bo‘yicha noto‘g‘ri taqsimlangan deb qaraladi. QMQ xar bir kichik halqadagi yo‘qolgan bosimlar yig‘indisi 0.5m dan ko‘p bo‘lmasligi va katta halqadagi yo‘qolgan bosimlar yig‘indisi 1m dan katta bo‘lmasligi kerakligiga chegara belgilaydi. Ko‘pincha kichik halqalarda ham katta halqalarda ham yo‘qolgan bosimlar yig‘indisi katta bo‘ladi. Shuning uchun bu tarmoqga tuzatishlar kiritiladi. Bu tuzatishlar natijasida kichik tarmoqda yo‘qolgan bosimlar yig‘indisi 0.5m dan kichik bo‘lishi katta halqada yo‘qolgan bosimlar yig‘indisi 1m dan kichik bo‘lishi kerak. Ana shunday tuzatishlarni halqali tarmoqlarni moslash deyiladi. Yuqorida keltirilgan shartlarni ya’ni kichik halqada yo‘qolgan bosimlar yig‘indisi 0.5m dan katta bo‘lmasligi va katta halqada yo‘qolgan bosimlar yig‘indisi 1m dan katta bo‘lmasligi uchun tarmoqni bir yo‘nalishdan ketayotgan suvni bir qismini olib boshqa yo‘nalish bo‘yicha yuboriladi. Shunday ish bir necha marta qaytarilib, yuqoriladigi shart bajarilguncha davom ettiriladi. Mana shu ishlarni halqali tarmoqlarni moslash deyiladi. Halqali tarmoqlarni moslash ikki xil usul bilan amalga oshiriladi. Birinchi usul Lobayayev V.G usuli deyilib, tarmoqni hisoblashda keng qo‘llaniladi. Lobachev V.G. usulida hamma hisoblar jadval shaklida keltirilib, suvni tarmoqni bir yo‘nalishdan boshqa yo‘nalishga qancha berilishi yozib boriladi va shu keyingi suv sarfi uchun tarmoqda yo‘qolgan bosim yana aniqlanadi. Bunday hisoblash davom ettirilib,kichik halchada yo‘qolgan bosimlar yig‘indisi 0.5m ga kelguncha davom ettiriladi. Halqani sozlash 4-jadval da keltirilgan.
Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling