«qurilish» fakulteti «muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi» kafedrasi


Download 0.61 Mb.
bet2/7
Sana04.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1324918
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Muxtorov B tashqi suv

Suv ta’minoti tizimlari.
Suv ta’minoti inshootlarining bir-biriga nisbatan joylashishga, uni qancha suv bera olishiga va suvni sifatiga bog‘liq.
Quyida asosiy suv ta’minoti tizimi keltiriladi
1. Yer usti suv manbaidan foydalaniladigan suv ta’minoti tizimlari.Bunda suv oluvchi inshootlar orqali olingan suv birinchi ko‘taruv nasos stansiyasi yordamida suv tozalash stansiyasiga beriladi. U yerda tozalangan suv toza suv rezervuariga tushadi va u yerdan ikkinchi ko‘taruv nasoslar orqali shahargacha o‘tkazilgan suv eltuvchi quvurlar orqali shahar suv o‘tkazgich tarmoqlariga beriladi. Shahar suv o‘tkazgich tarmoqlaridan suv aholi turar joy uylariga va sanoat korxonalariga beriladi. Shaharga suv berishni bir me’yorda tartibga solib turish uchun bosimli minoralar quriladi.

2. Yer osti suv manbalaridanfoydalanilgandagi suv ta’minoti tizimlari. Bunda suv birinchi ko‘taruvchi nasos bilan olinib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri suv elituvchi orqali shahar suv o‘tkazgich tarmog‘iga berilishi mumkin yoki suv sifati yomon bo‘lsa uni tozalash uchun birinchi ko‘taruvchi nasos stansiyasi suvni tozalash stansiyasiga beradi. Va tozalangan suv toza suv rezervuariga beriladi. Shaharga suv berishni bir me’yorda tartibga solib turish uchun bosimli suv minoralari quriladi.


Suv iste’moli meyorlari
Suv ta’minotining inshootlarini to‘g‘ri loyixalash uchun iste’molchilarga beriladigan suvning miqdorini bilish kerak. Ilmiy tekshirish tashkilotlari tomonidan shaxar va qishloqlarda aholini suv sarf qiladigan miqdori va shahar va qishloq ho‘jalik korxonalarini suvni sarf qilish miqdorini o‘rganilib suv iste’moli me’yorlari aniqlangan.
Hisobga olinadigan suv sarfini aniqlanayotgan vaqtda suv ta’minoti loyixalanayotgan tumanda qancha suv iste’molchisi borligini va ular hisobga olingan davr oxiriga borib qancha bo‘lishi, ularnmi suv ishlatish meyorlarini va suv ishlatish tartibini bilish kerak. Suv ta’minoti tizimi loyixasi kelgusidagi rivojlanishini ko‘zda tutgan xolda loyixalanadi. Birinchi navbatda hisobga olinadigan davr kelgusidagi 5-10 yil bo‘lib, bu dvarni ichida hamma suv iste’molchilarisuv bilan ta’minlanishi kerak. Ikkinchi navbatdagi davr esa birinchi navbatdagi keyingi 15-20 yilni o‘z ichiga oladi.
Suv iste’moli me’yori deyilganda bir kunda iste’molchilarni sarf qilgan suvlari tushuniladi. Bu me’yor iste’molchilar turiga va suv ishlatish usuliga bog‘liq.
Aholi maskanlaridagi suv iste’moli me’yorlari.
Aholi maskanlaridagi ichish-ho‘jalik extiyojlari uchun sarf bo‘ladigan suv ishlatish me’yoyorlari binolarni sanmtar texnik qurilmalari bilan jixozlanganligiga bog‘liq va iqlim sharoitiga bog‘liq.
SUVNING HISOBIY SARFI VA ERKIN BOSIMLAR

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling