«qurilish» fakulteti «muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi» kafedrasi


Download 0.61 Mb.
bet1/7
Sana04.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1324918
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Muxtorov B tashqi suv


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
«QURILISH» FAKULTETI

«MUHANDISLIK KOMMUNIKATSIYALARI QURILISHI» KAFEDRASI


«SUV TA`MINOTI VA OQAVA SUVLARNI OQIZISH TIZIMLARI» FANIDAN


KURS LOYIHA


ISHI

10-19 guruh talabasi


Bajardi: Muxtorov B

Rahbar: Abdullayev B


Taqrizchi: O‘tbosarov Sh


Baholovchi: Xusanov N


Kafedra mudiri: Mamatisayev G‘


Farg‘ona-2022


FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI

Qurilish fakulteti 10-19 MKQ va M guruh talabasi___________________


________________________________________________________ning
"Suv ta`minoti va oqava suvlarni oqizish tizimlari" fanidan bajargan kurs loyiha ishiga

TAQRIZ
1. Umumiy mulohazalar____________________________________ ________________________________________________________________________________________________________________________


2. Chizmalarning bajarilishi: Kurs loyihasi_____________________ ____________________________________________________________


____________________________________________________________
4.Ishning kamchiliklari ____________________________________
________________________________________________________________________________________________________________________

5. Xulosalar:


1. Bajarilgan kurs loyihasini ________________bahoga baholayman.


Taqrizchi:_____________________________________


Lavozimi:_____________________________________


Ish joyi: FarPI Qurilish fakulteti MKQ kafedrasi


.


Kirish.
Hozirgi kunda O`zbekiston Respublikasida suv ta`minotiga bo`lgan e`tibor o`tgan yillarga nisbatan ancha yaxshilangan bunga misol qilib quyidagini keltirishimiz mumkun.
Joriy yilda Navoiy viloyatining Karmana, Qashqadaryoning Shahrisabz shahri va Kitob tumanida markaziy oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha olti yillik loyihalar boshlanadi. Ularning umumiy qiymati 119 mln yevroni tashkil etadi, shundan 105 mln yevrosi Fransiya taraqqiyot agentligi tomonidan kredit shaklida taqdim etilgan.
2022−2027 yillarda Navoiy viloyatining Karmana tumani hamda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahri va Kitob tumani markazida oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha ikkita loyiha amalga oshiriladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 18 mart kuni bu haqdagi qarorni imzoladi.
Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) tomonidan 2021 yilda O‘zbekistonga jami 105 mln yevro qarz ajratilgan. Shuningdek, mazkur agentlik orqali Yevropa komissiyasi tomonidan 9 mln yevro miqdorida grant ajratildi.
Karmanada loyihani amalga oshirish qiymati 28 mln yevro, Shahrisabzda va Kitobda — 91 mln yevroni tashkil etmoqda. Hujjat bilan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari ham tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, 2022–2025-yillarda:


ichimlik suv ta’minoti og‘ir holatdagi 1 545 mahalla (shundan 2022- yilda 140 ta) ichimlik suv bilan ta’minlanadi. Buning uchun mahalliy budjetlardan jami 444,6 mlrd so‘m, shu jumladan joriy yilda 106,3 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi; 1 691 ta maktab, 885 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda 377 ta tibbiyot muassasalari ichimlik suv bilan ta’minlanadi. Mazkur tadbirlarni amalga oshirish uchun joriy yilda jami 50 mlrd so‘m, 2023-yildan har yili respublika va mahalliy budjetlardan teng ulushlarda 50 mlrd so‘mdan, jami 100 mlrd so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan;
2022–2024-yillarda respublika bo‘yicha 2660 ta mahallada ichimlik suv tarmoqlari uy xo‘jaligigacha yetkazilish ko‘zda tutilgan. Buning uchun «O‘zsuvta’minot» AJ tomonidan 180 mlrd so‘m mablag‘ ajratililish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, qarorga ko‘ra avvalgi yillarda qurilish-montaj ishlari yakunlanmagan yoki foydalanishga topshirilmagan ichimlik va oqova suv ob’yektlari to‘liq foydalanishga topshirilishi belgilangan.
Men bu kurs loyixa ishim davomida Qo’shtepa tuman Qumtepa MFY tashqi suv tarmog`ini loyhaladim. Men loyiha davomida aholisi 21315 kishi bo`lgan hududni tashqi suv taminoti tarmog`ini loyihaladim. Bundan tashqari men loyihalayotgan hududda maktab, bog`cha, oshxona sanoat korxonasi mavjud bo`lib loyihalash ishlarini SHNQ 2.04.02.2019 ning kerakli bandlariga asosan bajardim. Iste’molchilarni kerakli miqdorda va talab qilingan sifatda suv bilan ta’minlovchi bir-biri bilan bog‘langan inshootlar majmuasiga suv ta’minoti tizimi deyiladi.
Qanday inshootlar kerakligi tabiat suvi sifatiga va iste’molchilarning talabiga qarab tanlanadi. Suv ta’minoti tizimini o‘zi bir qancha ko‘rsatkichlarga qarab har-xil turlarga bo‘linadi.
Suv ta’minotini qanday maqsadlar uchun qurilishiga qarab
Ichki xo‘jalik suv ta’minoti, bunda suv aholini ichishi, xo‘jalik extiyojlarida foydalanishi uchun, ko‘cha va maydonlarni obod qilishda suv sepish va ko‘katlarni sug‘orish uchun ishlatiladi. Bu suvni sifat ichimlik suvga qo‘yilgan talablarga javob berishi kerak
Ishlab chiqarish suv ta’minoti, bunda suv ta’minoti har-xil ishlab chiqarish korxonalari extiyoji uchun quriladi. Suv sifati shu korxonalar talabiga muvofiq aniqlanadi.
Yong‘inni o‘chirish suv ta’minoti, bunda suv yong‘inni o‘chirish uchun ishlatiladi. Yuqorida keltirilgan suv ta’minoti turlari hammasi aloxida qurilishi mumkin yoki ikkitasi birlashtirgan bo‘lishi mumkin. Masalan shaharlarda ichimlik-xo‘jalik suv ta’minoti yong‘inni o‘chirish suv ta’minoti bilan birlashtiriladi. Ishlab chiqarish suv ta’minoti aloxida qurilishi mumkin yoki ichimlik – xo‘jalik suv ta’minoti bilan birlashtirilgan bo‘lishi mumkin.
Tabiat suv manbalaridan foydalanishiga qarab suv ta’minoti tizimlari yer usti suv manbalaridan suv oluvchi tizimlarga, yer osti suv manbalaridan suv oluvchi tizimlarga, ham yer usti va yer osti suv manbalaridan suv oluvchi aralash tizimlarga bo‘linadi.
Suvni iste’molchilarga berilishiga qarab suvni: markazlashgan, markazlashmagan va aralash tizimlarga bo‘linadi.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling