Tekshirdi: O’rinboyev G’ulom Guruh: bha-12-22 toshkent-2022


Download 67.87 Kb.
bet1/7
Sana05.04.2023
Hajmi67.87 Kb.
#1277175
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Misr Arab Respublikasi soliq tizimi Nasriddinova (1)


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
DAVLAT SOLIQ QO'MITASI HUZURIDAGI
FISKAL INSTITUT

Soliq va soliqqa tortish asoslari” fanidan


MUSTAQIL ISH

Bajardi: Nasriddinova Shahrizoda
Tekshirdi: O’rinboyev G’ulom
Guruh: BHA-12-22
TOSHKENT-2022


«Misr Arab Respublikasi soliq tizimi»

REJA:
1.Misr Arab Respublikasi soliq tizimining o’ziga xos xususiyatlari .
2.Misr Arab Respublikasidagi soliqlar turlari va ahamiyati.
3.Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i.
4.Mahalliy soliqlar va yig’imlar.


Misr Arab Respublikasi soliq tizimining o’ziga xos xususiyatlari.

Misr – qadimgi fan va madaniyat rivojlangan davlatlardan biri hisoblanadi.


Misrda davlat boshqaruvi shakllanishidan avvalroq soliqlardan foydalangan. 1971- yildan beri Misr o’zining qonunlari orqali ko’plab soliq imtiyozlarini taqdim etib kelmoqda . Misr 1939-yilda o’zining birinchi soliq qonunini kiritdi , unda tadbirkorlik va qishloq xo’jalik yerlariga soliqlar kiritidi . Dehqonlar yer solig’i to’laganlar . Qo’shimcha ravishda aholidan jon boshiga solinadigan soliq ham undirilgan . Yuqoridagilar bilan bir qatorda ma’muriy soliq ham yig’ilgan . 90–yillarning o’rtalarida yalpi ichki mahsulotning ulushi 28,5% , qishloq xo’jaligi ulushi 20% ga yetgan . Misr Arab Respublikasi Afrikaning shimoli-sharqida joylashgan , hududi 1,0 mln.kv.km , aholisi 70,0 mln kishidan iborat . Ishga yaroqli aholisi 18,5 mln kishini va ishsizlik 9,3 foizni tashkil etadi .
Davlat byudjetining 60 foizi soliqlardan va 40 foizi boshqa tushumlardan tushadi . 2002 yil soliqlardan 69,1 mlrd funt va boshqa tushumlardan 25,0 mlrd funt tushgan . Mamlakatda solilqlar bilan to’rtta asosiy boshqarma shug’ullanadi:
1.Umumdavlat soliqlar boshqarmasi .
2.Savdodan soliq boshqarmasi .
3.Bojxona boshqarmasi .
4.Mulkdan to’lanadigan soliqlar boshqarmasi .
Misrda byudjet kamomadi 2005-2006 yili YalMni 9,2%ni tashkil
qildi. Davlat byudjetini asosiy daromadi Suvaysh kanalidan o'tadigan
kemalardan olingan boj va undan keyin neftni qazib olish, turizmdan
tushadi. .
Misrda qonunchilik islom, ingliz, fransuz aralash huquqchiligiga
asoslangan.
Misr korxonalarini faoliyati har xil qonunlar bilan boshqariladi. Bu
korporatsiya, investitsiya, yangi jamiyatlar va boshqalar to‘g‘risidagi
qonunlar. Chet el investori har xil tashkiliy - huquqiy korxonalar tashkil
qilishi mumkin:
- xususiy tadbirkor;
- aktsioner jamiyat;
- chegaralangan javobgarlikka asoslangan yopiq aktsioner jamiyati;
- chet el kompaniyasining filiali.
Xususiy tadbirkor Misrda ruxsat etilgan har qanday biznesda ishtirok
etishi mumkin. Ular bank, sug'urta va fondlar faoliyati bilan
shug'ullanmaydilar. Bu shakldagi korxonalar faqat ozod zonalarda tashkil
qilinishi mumkin.
Misrda soliq shartli ikki guruhga bo’linadi: to‘g‘ri soliqlar va egri
soliqlar. Birinchisi o‘z tarkibiga huquqiy va jismoniy shaxslarni daromad
va foydalarini soliqqa tortishni o‘z ichiga oladi. Ikkinchisi tovarlar, xizmat
va moliyaviy natijalarga egri soliq solishdan iborat. Misr xukumati asosan egri soliqqa suyanadi .
Misr Arab Respublikasidagi soliqlar turlari va ahamiyati
1939-yildan keyin bir qancha soliqlar joriy qilina boshlandi . Jumladan:

  1. 1954-yilda shahar qurulish solig’i (1954 yil 50-sonli qonun)

  2. 1963-yil Bojxona rejimi solig’i (1963 yil 66-sonli qonun)

  3. 1980-yil Shtamp yig’imlari solig’i (1980 yil 111-sonli qonun)

  4. 1981-yil Is’temol solig’i (1981 yil 133-sonli qonun 1991 yilga 11-sonli umumiy savdo solig’i bilan almashtirildi)

  5. 1981-yil yangi daromad solig’i(1981 yil 157-sonli qonuni 1993 yilga kelib 187-sonli qonun bilan o’zgartirildi va Yagona daromad solig’i paydo bo’ldi )

Misr soliq tizimi 2 guruhga bo’linadi:
1.To’g’ridan-to’g’ri soliqlar
2.Bilvosita soliqlar
To’g’ridan-to’g’ri soliqlar guruhi :
1.Qishloq xo’jalik yer solig’i
2.Bino solig’i
3.Daromad solig’i
Bilvosita soliqlar guruh :
1.Shtamp bojlari
2.Umumiy savdo solig’i
3.Bojxona to’lovlari

Download 67.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling