Tekshirdi: O’rinboyev G’ulom Guruh: bha-12-22 toshkent-2022


Mahalliy soliqlar va yig’imlar


Download 67.87 Kb.
bet6/7
Sana05.04.2023
Hajmi67.87 Kb.
#1277175
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Misr Arab Respublikasi soliq tizimi Nasriddinova (1)

Mahalliy soliqlar va yig’imlar.
Misrda quyidagi soliqlar ham mavjud:
-Real mulk solig ‘i. Ijara haqiga juda ko‘p omillar ta’sir qiladi:
markazga uzoq yoki yaqinligi, uyning mebel bilan jihozlanganligi,
yo‘lga yaqin yoki uzoqligi.
Tamg'a yig'imi. Uning ob’ekti bo‘lib ko‘p turdagi hujjatlar,
kafolat xatlari, turli bank hujjatlari, ro‘yxatga olinmagan qimmatli
qog‘ozlar harakati, lizing va boshqalar hisoblanadi. Masalan,
kompaniya tashkil qilinayotganda 150-300 funt miqdorida, u tijorat faoliyati ro‘yxatiga olinganida esa 15 funt miqdorida tamg‘a yig‘imi olinadi.
Meros va hadya solig'i. Ushbu soliq meros va hadyalardan 3
foizdan 15 foizgacha bo’lgan stavkada undiriladi. 10000 funtgacha
bo’lgan meros soliqqa tortilmaydi. Ushbu soliq ob’ekti bo’lib chet
ellik fuqarolaming ko‘chmas va harakatlanuvchi mulklari bo’lishi mumkin.
Norezidentlar esa faqat Misrda joylashgan ko‘chmas mulklaridan
soliq to’laydilar. Yillik soliqqa tortiladigan daromadi 18000 misr funtidan oshgan jismoniy va yuridik shaxslar 2 foiz miqdorida rivojlantirish yig’imi
to’laydilar. 1991 yilda «Tijorat solig’i to‘g‘risida» qonun qabul qilingan.
Ushbu qonun ko‘p turdagi tovarlar va ayrim turdagi xizmatlarga
(asosan turizm, telekommunikatsiya xizmatlari va ko‘ngil ochar
xizmatlarga) nisbatan qo’laniladi. Horijdan tijorat maqsadlarida import
qilinadigan tovarlar ham soliq solish ob’ekti bo’ladi. Uning stavkasi
10 foizdan (asosiy stavka) 50 foizgacha (ayrim turdagi tovarlar
uchun). Soliq tovar va xizmatlaming bahosiga qo‘shiladi va
iste’molchilar tomonidan savdo joyining o‘zida to’lanadi. Tijorat
korxonasi esa soliqni soliq idoralariga o’tkazib beradi.
. Chet eldagi manbalardan daromad olgan soliq to’lovchi o'zining
xorijda to’lagan soliqlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomani ilova qilib ,
xorijda to’langan soliqlarni chegirib, Misr qonunlari bo‘yicha
hisoblangan soliq summasi o‘rtasidagi farqni to’lashi mumkin.
Misrda soliq tizimini takomillashtirish bo'yicha ishlar muntazam olib
borilmoqda. Masalan, Misrda 2004 yili turistik faoliyat uchun yangi soliq turi
kiritildi. Hukumat vakillarining fikricha bu soliqni kiritish mamlakat
iqtisodiga salbiy ta’sir ko‘rsatmadi va Misrda dam oladigan chet
elliklami sonini kamaytirmadi. Soliqni kiritish bilan turistlarga xizmat
ko‘rsatish bahosi ko’tarildi. Masalan, mehmonxona, restoran, avia
uchishlar bahosi oldingi yilga nisbatan 5-10 foizga oshdi. Ilgari
Misrga uchib keluvchi chet ellik 40 Misr funtini to’lasa, endilikda
50 funt to’laydi
Misrda uylanish (nikoh) solig’i kiritish masalasi ham ko’tarialayapti. Agar amalga oshsa, shariat adliyasida uylanish kontraktini tuzganlarida 3 ming misr funtini ( taxminan -500$) yig’im sifatida to’laydilar. Hozirgi vaqtda uylanish kontraktini tuzganda faqat 50 funt ($6.5) gerb yig’imi to’laydilar.

Download 67.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling