Toshkent davlat moliya insituti
Download 119.05 Kb.
|
Madaminov Akmal referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qabul qildi: Ochilov I Toshkent-2023 yil. Mavzu: Kalkulatsiya schyotlari va ularning mohiyati Reja
- Adabiyotlar.
- Internet saytlari: www.wikipedia.com www.hozir.org www.fayllar.org
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT MOLIYA INSITUTI MUSTAQIL ISH Mavzu: Kalkulatsiya schyotlari va ularning mohiyati . Bajardi: 96-2 MMT guruhi talabasi Madaminov Akmal Qabul qildi: Ochilov I Toshkent-2023 yil. Mavzu: Kalkulatsiya schyotlari va ularning mohiyati Reja: 1. Kalkulatsiya schyotlari 2. Kalkulatsiyani aniqlash usullari Adabiyotlar Kalkulatsiya - tannarxni aniqlash demakdir. Tannarx degan- da malisulot tayyorlash yoki xizmat ko‘rsatish uchun ketgan xara- jatlaming puldagi ifodasi tushuniladi. Ushbu usul dan korxona mulklaridan ba’zilarining hisobini yuritishda foydalaniladi. Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulot, material tannarxini aniqlash. Shuningdek, savdo korxonalaridagi muomala xarajatlari, mod- dalari, summalarini tovarlar bo‘yicha tegishli ravishda taqsimlash- da ham kalkulatsiyadan foydalaniladi. 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Tasdiqlangan xarajatlar to‘g‘risida»gi nizomida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida vujudga keladi- gan xarajatlar tarkibi yoritib berilgan. Buxgalteriya hisobining ushbu usuli boshqa usullar bilan uzviy bogiiq boigan. Umuman, e’tibor berilsa, buxgalteriya hisobining hamma usuli ham o‘zaro uzviy bogiangan. Kalkulatsiya usulining schyotlar tizimi bilan bogiiqligi shundaki, kalkulatsiya qilinishi ta¬lab etilayotgan mablag‘ bilan bogiiq xarajatlar tegishli schyotlarda aks ettiriladi. Baholash bilan kalkulatsiyaning bogiiqligi shundaki, kalkulatsiya orqali aniqlangan tannarxlar baholash ko‘rinishida hi¬sobga olinadi. Turli mablagiar tannarxi kalkulatsiya yordamida aniqlanadi, masalan, mehnat buyumlari, tayyorlangan mahsulot, sotilgan tovar (ish, xizmat)lar tannarxi ham kalkulatsiya yordamida aniqlanadi. Barcha mablagiar tannarxi hisoblanayotganda korxona xo‘jalik ja- rayonlaridagi - ta’minot, ishlab chiqarish, sotishdagi xarajatlari hisobga olinadi. 0‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan mahsulot, ba- jarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxini hisoblashning us- lubiy asosi boiib, 1995- yilning 1- yanvaridan amaliyotga joriy qilingan va Vazirlar Mahkamasining 1999- yilning 5- fevralidagi 54-sonli qarori bilan qayta ko‘rib chiqilgan «Mahsulot (ishlar, xiz-matlar) ni ishlab chiqarish va sotish xarajati arming tarkibi hamda moliyaviy natijalami shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom hi¬soblanadi. Ushbu Nizomda barcha xarajatlar quyidagicha guruhlangan: Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xara¬jatlar (bunday xarajatlarga ishlab chiqarishda bevosita qatnashgan xarajatlar kiradi): bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar; bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari; boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar shu jumladan, ishlab chiqarish xususiyatlariga ega boigan ustama xarajatlar. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, ammo asosiy faoliyatdan olingan foydada hisobga olinadigan davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar (bunday xarajatlarga ishlab chiqarishda bev¬osita qatnashmaydigan xarajatlar kiradi): sotish xarajatlari; -boshqarish xarajatlari (ma’muriy sarf-xarajatlar); boshqa operatsion xarajatlar va zararlar. Xo‘jalik yurituvchi subyektning umum xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda va zararlami hisoblab chiqishda hisobga olinadigan xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy faoliyati bo‘yicha xara¬jati ari: foizlar bo‘yicha xarajatlar; xorijiy valyuta bilan operatsiya bo‘yicha salbiy kurs tafovutlari; -qimmatli qog`ozlarga qo'yilgan mablag‘lami qayta baholash; moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar. Yuqorida malisulot tannarxiga kiritiladigan va kiritilmaydigan xarajatlar keltirib o‘tildi. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan bevosita va bilvosita mod¬diy xarajatlar, bevosita hamda bilvosita mehnat xarajatlari, shun¬ingdek boshqa xarajatlar moddalari mavjud bo‘lib, ular Nizomda keng yoritilgan. Obyekt tannarxi kalkulatsiya qilinayotganda uning qay darajada aniq boiishi hisobni to‘g‘ri yuritilishiga, xarajatlam- ing tegishli schyotlarda aks ettirilishiga bogiiqdir. Bunga erishish uchun xarajatlar analitik hisobini to‘g‘ri yo‘lga qo;yish, xarajatlar bilan bogliq, xo‘jalikni yaxshi yo‘Iga qo'yish, shuningdek, xarajatlar moddalarini guruhlanishini yaxshi o‘zlashtirib olish kerak boiadi. Mahsulot tannarxining to‘g‘ri aniqlash uchun xarajatlarni davr- lar bo'yicha to‘g‘ri taqsimlash kerak boiadi. Bunday holat gazeta va jumallar uchun korxonalar obunasi davrida, shuningdek, yangi mahsulot ishlab chiqarish bilan bogiiq xarajatlar sarflangan davr- da yuzaga keladi. Maiumki, korxonalar obunani yilning oxirgi oylarida amalga oshiradilar, obuna toiovlari ham shu oylarda toianadi. Valiolanki. obuna kelgusi yilning 12 oyi uchun moijallangan. Shuning uchun ham obuna toiovlarini kelgusi yil 12 oyi uchun taqsimlab chiq- ish tegishli davr xarajatlariga qo‘shish maqsadlidir. Agar toiangan obuna haqlari shu toiangan oydagi xarajatlar tarkibiga birdaniga qo‘shilsa, shu oydagi xarajatlaming miqdori sun’iy ravishda oshib ketishiga olib kelishi tabiiydir. Ahamiyat berib qaralsa, obuna xarajatlari kelgusi davrga te- gishligiga ishonch hosil qilish mumkin. Shunga o‘xshash xara¬jatlar hisobi uchun «Kelgusi davr xarajatlari» 3100 - schyot moijallangan. Xarajatlar amalga oshirilganda, hisobi «Kelgusi davr xara¬jatlari» 3100 - schyotda yuritiladi. Xarajat mahsulot tannarxiga qo‘shilishi kerak boigan davrda, kelgusi davr xarajatlari schyotid- an joriy davr xarajatlari schyotiga o‘tkazib boriladi. Kelgusi davr bilan bogliq xarajatlarga yana quyidagi misolni keltirish mumkin. Sanoat ishlab chiqarish korxonasida yoki umu- miy ovqatlanish korxonasida yangi mahsulot ishlab chiqarish bilan bogliq xarajatlar (xomashyo, mehnat haqi va hokazo) joriy davr¬da ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tarkibiga kiritilsa, tannarx noto‘g‘ri hisoblanishiga olib keladi. Yangi mahsulot turi tajriba va turli boshqa tekshiruvlardan o‘tib, uni keng miqyosda ishlab chiqa¬rish yolga qo‘yilganidan so‘ng, kelgusi davr xarajatlari schyotida hisobga olib qo‘yilgan xarajatlar summasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga bir necha davr (oylar) davomida taqsimlab bo-riladi. Korxonada mavjud bo‘lgan asosiy vositalarning jismoniy es¬kirishi natijasida ta’mirlash ishlarini bajarilishi talab etiladi. Asosiy vositalami kapital ta’mirlash ishlari uchun ko‘p miqdordagi xara¬jatlar sarflanishini e’tiborga olsak, ta’mirlash ishlari bajarilgan davrdagi xarajatlami, ya’ni mahsulot tannarxini birdaniga oshib ketishi kuzatiladi. Mahsulot tannarxini bir davrda birdaniga oshib ketishining oldini olish maqsadida, asosiy vositalar ta’mirlash ish¬lari yuzasidan zahira hisoblab boriladi. Zaxira hisoblash 0‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi ruxsati bilan tashkil etiladi. Zaxira hisobini yuritish uchun - 8910 «Kelgusi davr to‘lovlari va xarajatlari yuzasidan zahira» passiv schyoti moijallangan. Zaxira hisoblanganda ham shu oydagi xara¬jat (Debet 2010, 2310, 2510, 9400) hamda zahira (Kredet 8910) ko‘payadi. Shunday qilib, har oyda ma’lum bir miqdorda mahsu¬lot tannarxiga qo‘shib borish natijasida vujudga kelgan zahira hiso- bidan ta’mirlash ishlari bajariladi. U vaqtda xarajat ko'paymaydi, balki, zahira summasi kamayadi. Zaxiralar ko‘rinishidagi xarajatlarga ishchi va xodimlaming mehnat ta’tili kunlari uchun hisoblanadigan mehnat haqi xarajatla- rini ham misol tariqasida keltirish mumkin. Ma’lumki, mehnat kodeksiga ko‘ra, ishchi va xodimlar bir yilda bir marta mehnat ta’tilini olish huquqiga egadir. Ba’zi bir korxonalarda ishchilar so¬ni ko‘p bo‘ladi. Ma’lumki, ko‘pchilik shaxslar mehnat ta’tilini yoz oylarida olishga harakat qilishadi. Agar mehnat haqlari mahsulot tannarxiga qo‘shilishini e’tiborga olsak, yoz oyida ishlab chiqa- rilayotgan mahsulot tannarxini sun’iy ravishda birdaniga oshib ketishi ro‘y berishini tushunish mumkin. Sababi mehnat ta’tiliga chiqqan xodimlarga ham, ular o‘miga mehnat qilayotgan xodimlar¬ga ham mehnat haqi hisoblanishi kerak. Sun’iy ravishda mahsulot tannarxini mehnat ta’tili kunlari uchun hisoblangan xarajatlar hiso- biga oshib ketishining oldini olish maqsadida zahira hisoblab bo¬riladi. Zaxira umumiy summasi yig‘ilishi uchun bir miqdorda oy- ma-oy mahsulot tannarxi oshishi hisobiga zahira hisoblab boriladi. Mehnat ta’tili uchun ish haqlari hisoblanayotgan oyda xarajat ko‘paymasdan zahira summasi kamayadi va shu yo‘l bilan mahsu¬lot tannarxini sun’iy ravishda oshishining oldi olinadi. Hisoblab bo- rilgan zahira summalari ortib qolsa, korxona foydasiga o‘tkaziladi. Shubhali qarzlar yuzasidan zahiralar ham korxona zararini birdan¬iga oshishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tashkil etiladi. Hisobi esa 4910 «Shubhali qarzlar yuzasidan zahira» passiv schyotida yuriti- ladi. Bunda har oyda Debet 9430 Kredit 4910 buxgalteriya provod¬kasi amalga oshiriladi. Shubhali qarzlar yuzasidan yig‘ilgan zahira hisobidan kreditorlik qarzlari qoplansa, quyidagi buxgalteriya pro-vodkasi yoziladi: Dt 4910 «Shubhali qarzlar yuzasidan zahira»; Kt 4010 «Olinadigan schyotlar». Savdo korxonalarida muomala xarajatlari bo‘lib, ular hisobi 9410 schyotda yuritiladi. Muomala xarajatlarinmg 23 ta moddasi mavjuddir. Sotilgan tovarlar uchun muomala xarajatlarini kalku¬latsiya qilinishi tovar uchun savdo ustamasini aniq belgilash im- koniyatini yaratadi. Masalan, muzlatgich bilan bog‘liq xarajatlar (shu muzlatgich eskirish summasi, ta’mirlash xarajatlari, elektroen- ergiya sarfi uchun to‘lov summalari)ni muzlatgichda saqlanadigan tovarlar miqdori o‘rtasida proporsional taqsiinlash zarur, ya’ni mu- zlatgichda oy davomida saqlangan jami tovarlar miqdorida tovarni necha foizni tashkil etishi aniqlab olinadi, so‘ngra muzlatgich bilan bogliq bo‘lgan barcha xarajatlaming shuncha foizi tegishli tovar bilan bogliq xarajatga qo‘shiladi. Reklama xarajatlari reklama qilingan tovarlar miqdoriga mos ravishda taqsimlanadi. Savdo korxonasi umumiy tarzda reklama qilingan bo‘lsa, oy davomida sotilgan jami tovarlar bo‘yicha har bir tovaming miqdori foizlarda aniqlanib, so‘ngra shu foizlarga ko‘ra reklama umumiy xarajatlari sotilgan tovarlar o‘rtasida taqsimlana¬di. Savdo korxonalarining hisob tizimida bunday hisob ishlari «Muomala xarajatlari kalkulatsiyasi» fanida o‘rganilgan. Bu fan hozirgi vaqtda amaliyotda kamroq qoilanilmoqda. Ammo savdo korxonalarida sotilgan tovarlarga tegishli transport xara- jatlarining aniqlash amaliyotda qo‘llaniladi. Bu bilan oy davomi¬da sarflangan transport xarajatlarining jami shu oydagi xarajatlar¬ga qo‘shilishining oldi olinadi. Sababi qabul qilingan tovarlam¬ing barchasi shu oyda sotilmaydi-ku, shuning uchun ham sotilmay qolgan tovarlarga tegishli transport xarajatlari aniqlanib, transport xarajatlarining qoldig‘i sifatida qolishi kerak. Sotilgan tovarlarga tegishli transport xarajatlari esa joriy davr muomala xarajatlariga qo‘shiladi va foyda hisobi dan qoplanadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kalkulatsiya orqali mahsulot tannarxi aniqlanadi va foyda miqdori aniqlanishi uchun asos hisob¬lanadi. Olingan foyda (daromad)dan soliq summasi hisoblanishini e’tiborga olsak kalkulatsiya o‘mini, ahamiyatini bilish qiyin emas. Baholash - xo‘jalik mablagiari, majburiyatlar va xo‘jalik ja¬rayonlarini pul olchov birligida aks ettirish usulidir. Bundan bux¬galteriya hisobida xo‘jalik mablagiari va ulaming kelar manbalari, majburiyatlari va xo‘jalik jarayonlarini faqat pul olchov birligida ifodalanadi degan xulosa kelib chiqadi. Korxona mulklari baholanayotganda ulaming tuzilishi, foy- dalanilishi, ishlab chiqarishda qatnashishi, maqsadli moljali kabi xususiyatlari e'tiborga olinadi. Xo‘jalik mablagiari baholanayot- ganda haqiqiylik va bir xillik qoidalariga amal qilinishi shart. Kalkulatsiya tannarxni aniqlash demakdir. Tannarx bu mah¬sulot tayyorlash yoki xizmat ko‘rsatish uchun ketgan xarajatlar- ning puldagi ifodasidir. Ushbu usuldan korxona mulklaridan ba’zilari hisobini yuritishda foydalaniladi. Masalan, ishlab chiqa- rilgan mahsulot, material tannarxini aniqlash. Shuningdek, savdo korxonalaridagi muomala xarajatlarining moddalari summalarini tovarlar bo‘yicha tegishli ravishda taqsimlashda ham kalkulatsi- yadan foydalaniladi. Kalkulatsiya orqali mahsulot tannarxi aniqlanadi va foyda miq¬dori aniqlanishi uchun asos hisoblanadi. Bundan ko‘rinib turibdi- ki, kalkulatsiya, tannarx va xarajat so‘zlari o‘zaro boglangandir. Shuning uchun xarajatlar va ularning iqtisodiy mazmuni, guruh- lanishi to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lish maqsadga muvofiqdir. «Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va sotish xara¬jatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalami shakllantirish tarti- bi to‘g‘risida»gi nizomga asosan xarajatlar ishlab chiqarish va davr xarajatlariga bolinadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektda va uning ayrim olingan bo‘limlarida ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini aks ettiradigan ko‘rsatkichlarning umumiy tizimida tannarx ko‘rsatkichi asosiy urin tutadi. Chunki tannarxning tarkibi uni tashkil kiladigan tegishli xarajatlarning yigindisidan iborat. Korxonalarda xarajatlarni boshqarish eng qiyin jarayonlardan biri hisoblanadi. Chunki u ahamiyati bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyatini boshqarish majmuasi deb tushuniladi. Mahsulot ishlab chiqarish uni tayyorlash jarayonida sarflangan xom ashyo, materiallar, ishlab chiqarish vositalari, ishchilarga to‘langan ish haqi, shuningdek mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlar uchun to‘lov va xarajatlarning pul orqali ifodalanishidir. Tannarx korxona iqtisodiy-xo‘jalik faoliyatining muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi, chunki u mahsulot yoki ko‘rsatilgan xizmat tannarxi qancha past bo‘lsa, ya’ni buning uchun qancha kam xarajat qilingan bo‘lsa, mahsulot yoki xizmatning qiymati va binobarin uning bahosi shuncha past bo‘ladi. Baho qancha past bo‘lsa, shu tovar yoki xizmatga bo‘lgan talab shuncha yuqori bo‘lishi tabiiy. Mahsulotning tannarxi uning bahosini aniqlashda asos bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birgalikda mahsulot ishlab chiqarish jarayonida sarflangan xom ashyo, materiallarning bahosi yaratilgan mahsulotning tannarxiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Mahsulot tannarxi ko‘rsatkichi ishlab chiqarishni rejalashtirish, uning samaradorligini tahlil qilish va xarajatlar ustidan nazoratni amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Mahsulot tannarxi individual va tarmoq tannarxiga bo‘linadi. Mahsulotning individual tannarxi deb korxonada xom ashyo va materiallardan foydalanib, mahsulot ishlab chiqarish va uni realizatsiya qilishga ketgan xarajatlarga aytiladi. Tarmoq tannarxi esa muayyan mahsulotni ishlab chiqarish uchun tegishli tarmoqda sarflangan xarajatlarning o‘rtacha hajmi bilan o‘lchanuvchi ko‘rsatkichdir. Mahsulot tannarxi darajasiga juda ko‘p omillar ta’sir ko‘rsatadi. Biroq mahsulot tannarxini pasaytirishga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar quyidagilar iborat: - mehnat unumdorligini oshirish; - fan-texnika yutuqlaridan foydalanish; - asosiy va ishlab chiqarish fondlaridan samarali foydalanish; - xom ashyo materiallar, yoqilg‘i va elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanish; - ishlab chiqarishni boshqarish tizimini takomillashtirish va boshqaruv xarajatlarini kamaytirish. Mahsulot tannarxini rejalashtirish, korxonaning ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatini oshirish yo‘llarini belgilash uchun korxona xarajatlarini shu mahsulotni ishlab chiqarish uchun tarmoq bo‘yicha sarflanayotgan xarajatlar bilan taqqoslash juda muhim ahamiyat kasb etadi. Mahsulot tannarxini to‘g‘ri rejalashtirish, hisoblash va tahlil etish hamda uning pasayish manbaalarini aniqlash maqsadida faqat umumiy xarajatlarnigina emas, balki ularning tarkibiy qismlarini ham bilish muhimdir. Ishlab chiqarish turi va murakkabligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va xarakteri, ishlab chiqarish jarayonining davomiyligi va boshqa omillarga ko‘ra kalkulyatsiya qilishning respublikamiz korxonalari quyidagi tannarxni kalkulyatsiya qilish usullaridan foydalanishmoqda: 1-rasm. Kalkulyatsiya qilish usullari Tannarxni faoliyat va mahsulot turlari, sotish bozorlari, mintaqalar hamda xaridorlar bo‘yicha kalkulyatsiya qilish kerak. Sarflarni shakllantirish usullari tannarxni kalkulyatsiya qilish jarayoni bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bu jarayon o‘zining muhim xususiyatlariga, jumladan, sohaviy xususiyatlariga ega. Mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun sarflarni rejalashtirish, ularning hisobini yuritish hamda tahlil qilishga yagona yondashuvni ta’minlash uchun ushbu sarflarning tegishli tasnifi kerak. Ishlab chiqarish xarajatlari hisobini tashkil etishga faoliyat turlari, ishlab chiqarishning hamda ishlab chiqariladigan mahsulotning turi, korxonaning boshqaruv tuzilishi va o‘lchamlari ta’sir ko‘rsatadi. Mahsulot tannarxini tashkil etuvchi qismlar nafaqat o‘z tarkibiga ko‘ra, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish ahamiyatiga ko‘ra ham turlichadir. Ba’zi birlari uni tayyorlash va ishlab chiqarish bilan, boshqalari ishlab chiqarishni boshqarish va unga xizmat ko‘rsatish bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Uchinchi toifasi esa amaldagi qonunchilik bo‘yicha sarf-xarajatlarga kiritiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi yuritiladigan yo‘nalish-ishlab chiqarish xarajatlarining alohidalangan va maqsadli hisobini talab etuvchi faoliyat sohasidir. Ya’ni, buxgalteriya ma’lumotlarining foydalanuvchilari biror sarf-xarajat haqida nimanidir bilib olmoqchi bo‘lsalar, aynan shu narsaning o‘zi hisob yo‘nalishi bo‘ladi. Ishlab chiqarish xarajatlari hisobining yo‘nalishiga mahsulot tannarxi kalkulyatsiyasi, sotish bo‘limi ta’minoti sarflari kalkulyatsiyasi, ya’ni amalda Biron-bir mansabdor shaxsning ishlatilgan zahiralarni baholash zaruratini yuzaga keltiradigan holatlar misol bo‘lishi mumkin. 2-rasm. Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar Ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlarga quyidagilar tegishli bo‘ladi: - ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda); - ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari; - ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar; - asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi; - ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar. Ishlab chiqariladigan mahsulotning asosini tashkil etib, uning tarkibiga kiradigan yoki mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, xizmatlar ko‘rsatishda) zarur tarkibiy qism hisoblangan chetdan sotib olinadigan xom ashyo va materiallar.Sotib olinadigan, kelgusida ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektda montaj qilinadigan yoki qo‘shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar. Ishlab chiqarish xarakteriga ega bo‘lgan ishlar va xizmatlarga mahsulot tayyorlash bo‘yicha ayrim operatsiyalarni bajarish, xom ashyo va materiallarga ishlov berish, iste’mol qilinayotgan ashyo va materiallar sifatini aniqlash uchun sinovlar o‘tkazish, belgilangan texnologik jarayonlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini tuzatish va boshqalar tegishli bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt ichida tashqi yuridik shaxslarning transport xizmatlari (xom ashyo, materiallar, instrumentlar, detallar, tanavorlar, yuklarning boshqa turlarini bazis (markaziy) ombordan tsexga keltirish va tayyor mahsulotni saqlash uchun omborga keltirish) ham ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan xizmatlarga tegishli bo‘ladi. Texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarishga, binolarni isitishga sarflanadigan yonilg‘ining chetdan sotib olinadigan barcha turlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning transporti tomonidan bajariladigan ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha transport ishlari. Ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning yaroqsizlanishi va kam chiqishi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning transporti va xodimlari tomonidan moddiy resurslarni etkazish bilan bog‘liq xarajatlar (yuklash va tushirish ishlari ham shu jumlaga kiradi) ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlariga kirishi kerak (mehnatga haq to‘lash xarajatlari, asosiy fondlar amortizatsiyasi, moddiy xarajatlar va boshqalar). “Moddiy xarajatlar” elementi bo‘yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati sotib olish narxidan, shu jumladan, barter bitishuvlarida, qo‘shimcha narx (ustama)dan, ta’minot, tashqi iqtisodiy tashkilotlar tomonidan to‘lanadigan vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari qiymatidan, shu jumladan, brokerlik xizmatlaridan, bojlar va yig‘imlardan, soliqlardan (korxona keyinchalik qarz surishish, masalan, qo‘shilgan qiymat solig‘i tarzida qaytarib oladiganlardan tashqari), transportda tashishga haq to‘lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va etkazib berishga haq to‘lashdan kelib chiqib shakllanadi.90 Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi: Xo‘jalik yurituvchi subyektda qabul qilingan mehnatga haq to‘lash shakllari va tizimlariga muvofiq bajarilgan narxnomalar, tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan amalda bajarilgan ish uchun ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan hisoblangan ish haqi, shu jumladan, xo‘jalik yurituvchi subyektni mukofotlash to‘g‘risidagi nizomlarda nazarda tutilgan rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovlar. Ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan kompensatsiya tusidagi to‘lovlar, shu jumladan: ko‘p smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qo‘shib olib borganlik va xizmat ko‘rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar. Xo‘jalik yurituvchi subyekt shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular tomonidan fuqarolik-huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ishlar bajarilganligi uchun haq to‘lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘zi tomonidan amalga oshirilsa pudrat shartnomasi ham shu jumlaga kiradi. Ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalarga quyidagilar kiradi: - qonun hujjatlari bilan belgilangan normalar bo‘yicha mehnatga haq to‘lash fondiga ijtimoiy tusdagi majburiy ajratmalar; -nodavlat pensiya jamg‘armalariga va ixtiyoriy sug‘urtaning boshqa turlariga ajratmalar. Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi bo‘yicha xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi: Asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki (tiklash) qiymatidan kelib chiqib hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi (hisoblangan eskirish), lizing bo‘yicha va belgilangan tartibda tasdiqlangan normalar, qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan jadallashtirilgan amortizatsiya ham shu jumlaga kiradi. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar (Gudvilldan tashqari) eskirishi har oyda xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan dastlabki qiymati va ulardan foydali foydalanish muddatidan (biroq xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati muddatidan ortiq emas) kelib chiqib hisoblanadigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga tegishli bo‘ladi. Foydali foydalanish muddatini aniqlash imkoni bo‘lmagan nomoddiy aktivlar bo‘yicha eskirish normasi besh yil hisobiga belgilanadi, biroq xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati muddatidan ortiq emas. Oddiy va buyurtmali usullar bo‘yicha mahsulotlar tannarxini aniqlash Har bir korxonada shu korxonaning ishlab chiqarish xususiyatlari hisobga olingan holda kalkulyatsiyalashning u yoki bu usuli qo‘llanilishi mumkin. Tannarxni aniqlashning oddiy usuli bir turdagi mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqaradigan va yarim tayyor mahsulotlar va tugallanmagan ishlab chiqarishga ega bo‘lmagan tashkilotlarda qo‘llaniladi. Ushbu usul qo‘llanilganda hisobot davridagi barcha ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) tannarxiga olib boriladi. Mahsulot (ishlar, xizmatlar) birligining tannarxi ishlab chiqarish xarajatlari summasini ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) birliklarining umumiy miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan hisoblab chiqariladi, ya’ni tegishli formula quyidagi ko‘rinishga ega: Hisobot davridagi jami ishlab chiqarish xarajatlari summasi birllk Ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning umumiy miqdori Tannarxni aniqlashning buyurtma usuli ishlab chiqarish xarajatlarl mahsulot (ish, xizmat)ga (bir xildagi mahsulotlar guruhi) doir alohida buyurtmalar bo‘yicha identifikatsiyalanadigan va hlsobga olinadigan yakka tartlbdagl hamda mayda turkumll ishlab chiqarishga ega bo‘lgan tashkilotlarda qo‘llanadi. Buyurtmaning obyekti bo‘lib mahsulot (ish, xizmat), bir xildagi mahsulot (ish, xizmat)ning mayda turkumlari yoki ta’mirlash, montaj va eksperlmental ishlar hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayonl uzoq muddat davom etadlgan yirik mahsulotlarni tayyorlashda buyurtmalar yaxlit mahsulotga emas, balkl unlng tugallangan konstruktsiyalarga ega bo‘lgan alohida agregatlari va alohida uzellariga berilishi mumkin. Bu usulda barcha to‘g‘ri xarajatlar ishlab chiqarilgan yoki bajarilgan buyurtma birligiga olib boriladi. Lekln umumishlab chiqarish xarajatlari maxsus usullar bo‘yicha aniqlanadi va tannarxga olib boriladi. Bu usullardan ko‘p qo‘llaniladigan - umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlashning normativ koeffitsientlar usulidir. Koeffitsientlarni hisoblash uch bosqichda amalga oshiriladi: 1-bosqich. Umumishlab chiqarish xarajatlarl rejaslnlng yillik byudjetl tuzlladl. Xarajatlarnlng umumly summasl nazarda tutilayotgan ishlab chiqarish hajmlga qarab aniqlanadi. 3-rasm. Tannarxni kalkulyatsiya qilishning buyurtmali usuli 2-bosqich. Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash bazasl aniqlanadi. Bunda quyldagl bazalardan foydalanish mumkln: - ishchllarnlng ish haqlga nlsbatan; - sarflangan “kishi-soat” miqdoriga nisbatan; - “mashina-soat” miqdoriga nisbatan va hokazo. 3-bosqich. Rejalashtirilayotgan davr uchun aniqlangan umumishlab chiqarish xarajatlarl summasi rejalashtirilgan ishlab chiqarish hajmiga bo‘linadi. Natijada soatda yokl boshqa istalgan ko‘rsatkichda aniqlanishi mumkin bo‘lgan umumishlab chiqarish xarajatlarining normativ koeffitslentl vujudga keladi. Ishlab chiqarish buyurtmalari chetdan mahsulotning ma’lum turlarini ishlab chiqarish uchun beriladi. Boshqa xarajatlar esa tsex yoki korxona bo‘yicha hisob qilinadi, ayrim ishlab chiqarish buyurtmalarl tannarxlnl kalkulyatsiyalashda ularning tannarxl blron-bir ko‘rsatkichga mutanosib ravishda taqsimlash yo‘li bilan o‘tkaziladi. Buyurtmali usulda xarajatlar hisobi va kalkulyatsiyalash obyektl ayrlm ishlab chiqarish buyurtmalarl hisoblanadi. Buyurtmanlng haqiqiy tannarxi har oyda emas, balki buyurtma tayyor bo‘lganidan keyin aniqlanadi. Sanoat sohaslda ushbu usuldan, odatda, ishlab chiqarish jarayonl blr turda tashkll qilinadigan korxonalarda qo‘llaniladi. Bunday korxonalar odatda cheklangan iste’molga mo‘ljallangan buyumlarni ishlab chiqarish uchun tashkll qilinadi. Tabiiyki, yirik buyurtmanl ishlab chiqarish sezilarli darajadagl moddly sarflarni, mehnatnl va boshqa xarajatlarnl taqozo etadi, ammo hamma vaqt ham korxonalarning quvvatlarini to‘liq hajmda ishlatish imkoniyati bo‘lmaydi. Shuning uchun ham, bir vaqtning o‘zida boshqa buyurtmalarni, turli konstruktslyadagl buyumlarnl ishlab chiqarish mumkln, lekin ularning har blrl cheklangan miqdorda bo‘ladi. Ta’kidlash joizki, buyurtmali usul bo‘yicha hisoblashning foydalanish sohasi sanoat ishlab chiqarish sohasi bilan cheklanmaydi. Ushbu usul qurilishda (loyihani muayyan hududga moslashtirish uchun), ilmiy-tekshirish institutlarida, sog‘liqni saqlash muassasalarida (bunda har bir bemorga qilingan operatsiya tannarxi, uning murakkabligi va qo‘yilgan tashxisga bog‘liq holda kalkulyatsiyalanadi) muvaffaqiyat bilan qo‘llaniladi. Ushbu kalkulyatsiyalash usulining mohiyati quyidagidan iborat: barcha to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar (asosiy materiallarga xarajatlar, asosiy ishlab chiqarish ishchilarining mehnat haqi xarajatlari va u bo‘yicha ijtimoiy ajratmalar) kalkulyatsiyaning alohida ishlab chiqarish buyurtmalari bo‘yicha belgilangan moddalari doirasida hisobga olinadi. Boshqa ishlab chiqarish ustama xarajatlari ular paydo bo‘lgan joyda hisobga olinadi va taqsimlash stavkasining belgilangan bazasiga muvofiq alohida buyurtmalar tannarxiga kiritiladi. Ushbu kalkulyatsiyalash usulida xarajatlarni hisobga olish obyekti va kalkulyatsiyalash obyekti bo‘lib alohida ishlab chiqarish buyurtmasi hisoblanadi. Bunda, buyurtma deganda mijozning unga muayyan miqdordagi buyumlarni maxsus yaratish yoki tayyorlash uchun murojaatnomasi tushuniladi. Odatda, buyurtmaning turi buyurtmachi (xaridor) bilan tuzilgan shartnomada belgilanadi. Mazkur shartnomada mahsulotning buyurtmachi tomonidan to‘lanadigan qiymati, hisob-kitoblarni amalga oshirish va mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni topshirish tartibi, buyurtmani bajarish muddati, sotishdan keyingi kafolatli xizmat ko‘rsatish muddati va boshqa shartlar ko‘rsatiladi. Tannarxni aniqlashning ushbu usulida barcha xarajatlar buyurtma tugaguncha tugallanmagan ishlab chiqarish hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, tannarxni kalkulyatsiyalashning buyurtma usulida ishlab chiqarishda foydalanilgan materiallarga, ishlab chiqarish ishchilari uchun mehnat haqiga xarajatlar va ular bo‘yicha ijtimoiy ajratmalar, shuningdek, ishlab chiqarish (umumzavod) ustama xarajatlari har bir yakka tartibdagi buyurtmaga yoki mahsulotning ishlab chiqarish partiyasiga o‘tkaziladi. Agar buyurtma bitta buyumga qilingan bo‘lsa, uning tannarxi barcha xarajatlar yig‘indisi sifatida hisoblab chiqiladi. Agar bir nechta buyum yoki buyumlar partiyasi buyurtma qilingan bo‘lsa, xarajatlar summasini qo‘shish orqali butun partiyaning tannarxi hisoblab chiqiladi. Bitta buyumning tannarxini aniqlash uchun umumishlab chiqarish xarajatlari partiyadagi mahsulot birliklarining soniga bo‘linadi. Adabiyotlar. 1. Bakieva X., Rizaev N. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. O‘quv qo‘llanma. T.: Iqtisod-moliya, 2008 y 2. Gadоеv Е. va bоshq. Yillik hisоbоt-2008. -T.: “Norma”, 2009 yil. 3. Dusmuratov R.D. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. -T.: “Fan va texnologiya”, 2013 Internet saytlari: www.wikipedia.com www.hozir.org www.fayllar.org Download 119.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling