Tekshirdi: O’rinboyev G’ulom Guruh: bha-12-22 toshkent-2022
Download 67.87 Kb.
|
Misr Arab Respublikasi soliq tizimi Nasriddinova (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Misr soliqlari Min stavkalari
Valyuta nazorati
Valyuta nazorati mavjud emas. Soliq hisoboti Soliq to'lovchilar har bir moliyaviy yil uchun daromad solig'i deklaratsiyasini hisoblashlari va topshirishlari shart. Daromad solig'i deklaratsiyasi moliya yili tugaganidan keyin 4 oy ichida topshirilishi kerak; shuning uchun, agar kompaniyaning moliyaviy yili 31 dekabrda tugasa, soliq deklaratsiyasi keyingi yilning aprel oyining oxirigacha topshirilishi kerak. Boshqa deklaratsiyalar, masalan, QQS deklaratsiyasi har oy taqdim etiladi . Misr soliqlari Min stavkalari 1.korporativ soliq stavkasi 22,5% 2.Kapital daromad solig'i 10%/22,5% 3.QQS 14% 4.Daromat solig'i 10%/20%/20% 5.Valyuta nazorati Yo'q Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i Bir nechta jismony shaxs birlashib, sheriklik korxonalarini tashkil etishlari mumkin. Ushbu korxona yuridik shaxs emas, balki jismoniy shaxs deb qaraladi. Sheriklik korxonananing har bir a’zosi o‘zi olgan daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya topshiradi va soliq to‘laydi. Soliq qonuniga asosan jismoniy shaxslar quyidagi keltirilgan beshta manbadan olgan daromadlari uchun har yili soliq stavkalari asosida soliq to’laydilar: 1) foyda olib keladigan yoki «harakatdagi» kapitaldan olingan daromadlar. Uning stavkasi kishi daromadidan 32 foiz, to’lov manbaida ushlab qolinadi. U asosan foizlarga (depozitdan olgan foizlardan tashqari), manbasi chet elda bo’lgan dividendlar (chet el soliqlari to’langanidan keyin), aktsiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi a’zolarining gonorarlari va xizmatlari uchun gonorarlarga nisbatan qo’llaniladi. 2) ko‘chmas kapitaldan olingan daromadlar. Ulardan soliq 20 foizdan 48 foizgacha stavkada undiriladi. Soliq solish ob’ekti yer va ko‘chmas mulkdan kelgan sof daromaddir. 3) tijorat va sanoat daromadlari. Soliq 20 foizdan 48 foizgacha bo’lgan tabaqalashgan stavkada undiriladi. Soliq solish ob’ekti bo’lib korporatsiya solig’i solinmaydigan korxonalaming sof tijorat ishlab chiqarish foydasi hisoblanadi. 4) kasb mahorati gonorarlari. Stavkasi 20 foizdan 48 foizgacha. Soliq solish ob’ekti bo’lib mustaqii kasb egalarining (yuristlar, muhandislar, buxgalterlar va hakozolar) sof gonorarlari hisoblanadi. 5) mehnat haqi. Mamlakat ichida yoki mamlakat tashqarisida to’langan ish haqi soliq ob’ekti bo’lib hisoblanadi. Soliqqa tortilgan ish haqiga chet ellik ekspertlarga beriladigan oilaviy chegirmalardan tashqari hamma daromadlar kiritiladi. Soliq stavkasi progressiv bo’lib, sof daromadning 50000 funtigacha - 20 foiz, qolgan qismidan - 32 foiz miqdorida soliq undiriladi. Misrda oxirgi yillari soliq stavkalari tushirilishi tendentsiyasi kuzatilmoqda. Foyda solig’ini eng yuqori stavkasi hozir 20% etib belgilangan. Har bir soliq guruhi orasidagi pog‘ona hajmi oshirildi. Bir yilga jismoniy shaxsni daromadi 5000dan 20000 misr funtini tashkil qilsa (862$ va 3448$) foydaga solinadigan soliq 10% ni tashkil qiladi. Agar daromad 20000 dan 40000 gacha bo‘lsa 15% va 40000 ortiq daromad bo‘lsa 20% gacha foydaga solinadigan soliq olinadi. Moliya Vazirligining taxminlariga ko‘ra, soliq imtiyozlari bir yilga 3,5 - 3,6 mlrd. funtni tashkil qilsa, uni o‘mini iqtisodiy faollikni oshirish hisobiga qoplash mumkin. Shunday qilib, Misrda so‘nggi 15 yilda huquqiy va jismoniy shaxslardan olinayotgan asosiy soliqlarni stavkalari sezilarli darajada pasaytirildi. Natijada soliq to’lovchilarning daromadi ko‘payishiga, ijtimoiy ahvolni yaxshilanishiga, investitsiyaga katta e’tibor berilishiga va bir qator ijobiy o‘zgarishlarga olib keldi. Download 67.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling