Tasdiqlangan:
“Elektrogaz” Aksiyadorlik Jamiyati
Kuzatuv kengashi tomonidan
“30” noyabr 2015 yil
|
Tasdiqlangan:
“Elektrogaz” Aksiyadorlik Jamiyati Aksiyadorlar umumiy yig’ilishi qarori bilan “28” iyun 2016 yilda
|
2016 yilda
Manzili: Toshkent shahri, Sergeli Janubiy sanoat zonasi
Ma’lumot uchun telefon raqamlar: 258-92-01, 257-58-07
1. Rekvizitlar, mavqei, tuzilmasi.
Bizning korxonamiz 1984 yilda Toshkent o'rnatish va ishga tushirish ixtisoslashtirilgan boshqarmasida tashkil etilgan. Keyingi yillarda, korxona doirasidagi vazifalar kengayishi natijasida uning tuzilmasi ham o’zgartirilgan.
1994 yildan boshlab “Elektrogaz” Ochiq Aksiyadorlik Jamiyatiga, 2014 yilda esa “Elektrogaz” Aksiyadorlik Jamiyatiga o’zgartirildi. Korxona gaz sanoati sohasida elektr-texnik uskunalarni o’rnatish, sozlash, ta’mirlash, elektr uzatish tarmoqlarining qurilishi va ta’mirlash, yer osti inshootlarini elektr-kimyo himoyalash borasida ixtisoslashtirilgan korxonalardan biri hisoblanadi.
Yuqori darajadagi malakali mutaxassislar tomonidan murakkab texnik masalalarning yechimini topib, yuqori sifatda izchillik bilan belgilangan muddatlarda shartnoma shartlarni bajaradi.
“Elektrogaz” Aksiyadorlik Jamiyati “Uztransgaz” Aksiyadorlik Kompaniyasi tuzilmasi bo’lib, Aksiyadorlik Jamiyati o’zining mustaqil balansi, muhri, shtamplariga ega.
“Elektrogaz” Aksiyadorlik Jamiyati barcha turdagi soliqlar to’lovchisi hisoblanib, Jamiyat Nizomi va O’zbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq o’z faoliyatini amalga oshiradi.
Bank rekvizitlari: Hisob raqam № 20210000200102226001 “InFinBank” XATB Sergeli filiali Toshkent sh.
МFО 01070 STIR 200799242 XХTUT 61124
Boshqaruv organlari:
- Aksiyadorlar umumiy yig’ilishi
- Kuzatuv kengashi
- Taftish komissiyasi
- Jamiyat boshqaruvi
Faoliyat turi: qurilish-o’rnatish, ishga tushirish-sozlash, mukammal ta'mirlash va “Uzbekneftegaz” MXK elektr hududlarida texnik qayta jihozlash va qayta ta’mirlash bo’yicha profilaktik ishlarini bajarish
Korxona tuzilmasida beshta o’rnatish-ishga tushirish va bitta ishlab chiqarish-texnik xizmat ko’rsatish va komlektasiya maydonlari mavjud.
Aksiyadorlik Jamiyati Boshqaruvini - Orziqulov Bekmamat Otaqulovich boshqaradi (1968 yilda tug’ilgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |