Qurilish Instituti "Iqtisodiyot va Qurilish"


Download 347.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana28.12.2022
Hajmi347.41 Kb.
#1018506
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Turg\'unov 301 dinamik makroiqtisodiyot

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


17 
XULOSA 
 
Kelajakka taalluqli har qanday harakat noaniq natijaga ega. Noaniqlik sharoitida 
iste'molchilar tomonidan ham, ishlab chiqaruvchilar tomonidan ham sotuvchi va 
xaridorlar sifatida qaror qabul qilishga to`g`ri keladi va bu qabul qilingan qarorlar 
albatta, ma'lum darajadagi risklar (tavakkalchilik) bilan bog`liq bo`lishi mumkin. 
Noaniqlik cheklangan resurslarni samarasiz taqsimlanishiga, ortiqcha sarflarga, vaqtni 
yo`qotishga olib keladi. Tadbirkorlikka yoki daromad olish uchun tikilgan kapitalning 
qiymati kelgusida undan olinadigan daromad qiymatiga bog`liq ekan, demak u 
noaniqlik va risk (tavakkalchilik) bilan b o`langan ekan. Risk (tavakkalchilik) – bu har 
qanday usul bilan baholangan ehtimollik, noaniqlik esa baholab b o`lmaydigan holat. 
Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish deganda, to`liq axborot bo`lmaganda qaror qabul 
qilish tushuniladi. Biror voqea yoki hodisa to`g`risida axborot to`liq bo`lmasa, qabul 
qilingan qaror salbiy oqibatlarga, ya′ni ma′lum yo`qotishlarga olib keladi. Ushbu 
yo`qotishlar tavakkalchilikni bildiradi. Tavakkalchilikni o`lchashning asosi ehtimol 
tushunchasi bilan bog`liq. Ehtimol ikki turga bo`linadi: matematik, ya′ni oldindan 
aniqlash mumkin bo`lgan ehtimol va statistik ehtimol. Kutiladigan miqdor - bu mumkin 
bo`lgan barcha natijalarning o`rtacha o`lchangan qiymatlari. Chetlanish - bu haqiqiy 
natija bilan kutiladigan natija o`rtasidagi farq bo`lib, u tavakkalchilikdan (yo`qotishdan) 
darak beradi. Insonlar tavakkalchilikga borishga tayyorligi bo`yicha uch turga bo`linadi: 
tavakalchilikga borishga moyil, tavakkalchilikga borishga qarshi, ya′ni moyil emas va 
tavakkalchilikka befarq qaraydigan insonlar. Tavakkalchilikni pasaytirishning quyidagi 
turlari 
mavjud: 
diversifikatsiya, 
sug`urtalash, 
tavakkalchilikni 
birlashtirish, 
tavakkalchilikni taqsimlash, axborot izlash, fyuchers, opsion, xedjerlash va boshqalar. 
145 Bozorda sotiladigan tovar to`g`risida, tovarni ishlab chiqaruvchi firmaning nomi 
to`g`risidagi axborotlar, tovar markasi, firma belgisi, firmaning obro`i, tovar sifati va 
kafolati to`g`risidagi axborotlar bozor signallari bo`lib xizmat qiladi va bu signallar 
tovar sotib olishdagi tavakkalchilikni kamaytiradi. 
Talabalarga innovatsion jarayonlarning milliy va jahon ilm-fani va amaliyoti 
yutuqlarini umumlashtirish, innovatsion iqtisodiyotni o‘rganishda talaba va 
aspirantlarga ko‘maklashish, innovatsion jarayonlarning nazariy asoslarini,
innovatsion jarayonning ob’ekti sifatidagi xususiyatlarini, innovatsion mexanizm 
elementlarini, innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish prinsiplarini, 
innovatsiya shakllari va moliyalashtirish manbalarini o`rganish va o`z bilimlarini 
boyitishga turtki beradi .
Daromadning o`zgarishi byudjet chizig`ini o`ziga parallel 
ravishda surilishiga olib keladi, nima uchun deganda, narxlar nisbati o`zgarmaydi. 


18 
Daromad oshganda, byudjet chizig`i o`ngga-yuqoriga suriladi, kamayganda pastga-
chapga suriladi. Daromadlarning o`zgarishiga mos ravishda iste′molchining yangi 
holatdagi muvozanat nuqtalari o`rnatiladi. Ushbu muvozanat nuqtalarini tutashtiruvchi 
chiziqni amerikalik olim Dj. Xiks ―daromad-iste′mol‖ chizig`i deb atadi va bu chiziq 
ilmiy adabiyotlarda ―turmush darajasi chizig`i‖ deb ham ataladi. Real daromad oshishi 
bilan birlamchi ehtiyoj ne′matlariga talab qisqarib borib, ikkilamchi ehtiyoj ne′matlariga 
talab oshib borishi isbotlangan. Nemis olimi Ernst Engel (1821-1896) birinchi bo`lib 
daromad o`zgarishining iste′mol tarkibiga ta′sirini tadqiq qilgan. Tovarlar tarkibining 
daromadga nisbatan o`zgarishini ifodalovchi chiziqlar, Engel egri chiziqlari deyiladi 
Daromad samarasi - bu ne′mat narxi o`zgarishi (almashish samarasi hisobga 
olinmaganda) natijasida real daromad o`zgarishining iste′molchi talabiga ta′siridir. 
Daromad samarasi iste′molchining sotib olish imkoniyatini oshganligini ko`rsatadi va u 
bir byudjet chizig`idan boshqa byudjet chizig`iga iste′molchining optimal tovarlar 
majmuasiga o`tishini aks ettiradi. Almashish samarasi - bu naflik darajasi 
o`zgarmaganda, tovarlar narxi o`zgarishi munosabati bilan iste′mol tovarlariga talab 
tarkibining o`zgarishidir. Almashish samarasi X ne′mat narxini o`zgarishi natijasida Y 
ne′matni qo`shimcha X ne′mat bilan almashtirilishini ifodalaydi. Bu almashtirish 
befarqlik egri chizig`i TU1 bo`yicha bo`ladi. Muvozanatlik shartiga ko`ra, iste′molchi 
daromadini shunday taqsimlaydiki, natijada tovarlarning har biriga sarflangan oxirgi pul 
birligi 128 (oxirgi so`m, oxirgi dollar, oxirgi rubl) bir xil chekli naf keltirsin. Agar 
shunday bo`lmasa, iste′molchi kamroq chekli naf beradigan oxirgi so`mini, ko`proq 
chekli naf beradigan ne′matga qayta taqsimlashi mumkin bo`ladi. 

Download 347.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling