Qurilish jarayonlari texnologiyasi toshkent 2023


Download 269.32 Kb.
bet1/8
Sana27.02.2023
Hajmi269.32 Kb.
#1235249
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
QJT-1

QURILISH JARAYONLARI TEXNOLOGIYASI

Toshkent 2023


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT ARXITEKTURA –QURILISH INSTITUTI

1-mavzu: Qurilish Jarayonlari texnologiyasi bo’yicha asosiy tushunchalar va qoidalari

  • 1. Hozirgi zamon qurilish ishlab chiqarishining asosiy prinsiplari.
  • 2. Qurilish texnologiyalarining strukturasi, tarkibi va o‘ziga xos xususiyatlari.
  • 3.Qurilish ishtirokchilari. Qurilish jarayonlari va ishlari.
  • 4.Qurilish texnologiyalarining moddiy elementlari, mehnat resurslari va texnik vositalari.
  • 5. Qurilish-montaj ishlari sifatini nazorati. Qurilishda mehnatni muhofaza qilish. 

R e j a :

1 . Hozirgi zamon qurilish ishlab chiqarishining asosiy printsiplari

  • Tizimlilik ob’ekt qurilishining ishlab chiqarish jarayonini murakkab ierarxik tuzilishga ega, bir-biri bilan va tashqi muhit bilan konstruktiv, texnologik, tashkiliy va iqtisodiy aloqalar bilan bog‘liq katta miqdordagi elementlardan iborat murakkab ierarxik tuzilmaga ega yagona qurilish tizimi sifatida ko‘rib chiqishni anglatadi.
  • Havfsizlik ob’ektni qurishda va foydalanishda qabul qilinadigan hajmiy – rejaviy, konstruktiv, tashkiliy – texnologik yechim(qaror)larning atrof tabiiy va ijtimoiy sharoitlariga muvofiqligini ta’minlovchi va ob’ektning mustahkamligini kafolatlovchi, shu jumladan favqulodda va ekstremal holatlar yuzaga kelganda ta’minlovchi printsipdan iborat.
  • Moslashuvchanlik ob’ektni barpo etish ishlab chiqarish jarayonining maydonchadagi ishlarni amalga oshirishda tez-tez o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashishi, keng diapazonda tashkiliy, texnologik va resursli parametrlarning o‘zgarishiga javob bermoq va bunda loyihaviy ko‘rsatkichlarni saqlagan holda pirovard natijaga erishish qobiliyatini anglatadi.

1 . Hozirgi zamon qurilish ishlab chiqarishining asosiy printsiplari

  • Resurs tejamkorlik qurilish ob’ektini barpo etishning barcha bosqichlarida moddiy, energetik, mehnat, moliyaviy resurslarni maqbullashtirishga va sarflanishini tejashga yo‘naltirilgan printsipni ifoda etadi.
  • Sifat qurilish jarayonlari barcha parametrlarining loyihaviy qiymatlarga mos kelishi, shuningdek ob’ektni qurish va foydalanishning barcha bosqichlarida uzluksiz nazorat qilish tizimi asosida amaldagi norma(me’yor)lar, standartlar, tartiblarga muvofiq kelishini anglatadi
  • Samaradorlik ob’ekt qurilishining loyihalangan parametrlarini qurilish maxsulotini yaratishdagi resurslarning qiymati, muddatlari, sifati, sarfini belgilab beruvchi pirovard yoki oraliq ko‘rsatkichlarga mosligini miqdoriy baholashdan iborat.

Download 269.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling