Qurilish konstruksiyalarini hisoblash va loyihalash


Download 36.83 Kb.
bet1/4
Sana08.05.2023
Hajmi36.83 Kb.
#1444161
  1   2   3   4
Bog'liq
Ma\'ruza -1


Mavzu: Qurilish konstruksiyalarini hisoblash va loyihalash tartibi. Qurilish konstruksiyalarni chegaraviy holatlar bo‘yicha hisoblash.Yuklar va ta'sirlar.
Reja

  1. Qurilish konstruksiyalarini hisoblash va loyihalash.

  2. Qurilish konstruksiyalarini hisoblash va loyihalashning maqsadi va vazifalari.

  3. Qurilish konstruksiyalariga qo’yilgan talablar.

  4. Birinchi guruh chegaraviy holat bo’yicha hisoblash.

  5. Ikkinchi guruh chegaraviy holat bo’yicha hisoblash.

  6. Chegaraviy holatlar usulining mohiyati.

  7. Тa’sir etish vaqtiga ko’ra yuklarning turlari.

  8. Yuklar jamlanmasi

Qurilish konstruksiyasi deganda, bino va inshootlarda alohida olingan vazifani bajarishga mo’ljallangan, bir-biri bilan o’zaro bog’langan, bir yoki bir necha materiallardan tayyorlangan elementlar yoki detallar majmuasi tushuniladi.
Qurilish konstruksiyalarini qo’llanishiga ko’ra xilma-xil bo’lib, ularni umumiy tomonlariga ko’ra quyidagicha turlarga ajratish mumkin:
1) geometrik ko’rinishiga ko’ra – massiv, to’sin, plita, qobiq va sterjenli sistemalar;
2) tayyorlangan materialiga ko’ra metall, beton va temirbeton, tosh, yog’och va plastmassa konstruksiyalar;
3) yuk ostida ishlashiga ko’ra – siqiluvchi, cho’ziluvchi, egiluvchi elementlar;
Qurilish konstruksiyalari loyihalash deb, ularning statik (yoki dinamik) kuchlarga, elementning kesim yuzasini hisoblash va loyihalash tushuniladi.
Umuman qurilish konstruksiyalarini hisoblash ikki bosqichdan iborat:
1. Elementlardagi kuchlanishni aniqlash va bu kuchlanish asosida kesim yuzasini topish;
2. Konstruksiyani egilishini me’yoridan oshmasligini tekshirish.
Loyihalangan konstruksiyalarning samaradorligi ularning texnik - iqtisodiy ko’rsatkichlari hamda ishlash jarayonida mavjud foydalanish talablariga mosligi darajasiga qarab baholanadi.
Beton qurilish materiallari ichida eng ko’p qo’llaniladi. Beton narxi boshqa materiallarga nisbatan ancha arzon. Zero uning mexaniq xususiyati po’latnikiga qaraganda ancha farq qiladi. Bunday holatda betonga teng keladigan material yo’q. Uning tarkibiga hamma yerda mavjud bo’lgan materiallar kiradi. Yana bir ma’qul bo’lgan tomoni shundan iboratki, beton mustahkamligi yildan yilga ortib boradi. Bu xususiyat temirbeton konstruksiyalari uzoq davrga chidamli ekanligini ko’rsatadi. Betonning arxitektura va konstruktiv imkoniyatlari xaqida gapirmasa ham bo’ladi.
Hisoblashning asosiy maqsadi, temirbeton konstruksiyalari yuk ostida ishlaganda ularni eng tejamli o’lchamlarini tanlash va shu bilan birga xavfsizlik, ishonchlilik va uzoqqachidamlilik talablariga javob berishiga erishishdir.
Hisoblashning asosiy vazifasiga tashqi yuk ta’siridan konstruksiya elementlarida hosil bo’ladigan zo’riqishlarni aniqlash, talab etilgan kesim yuzalar,armaturalar miqdorini hamda konstruksiya ishchi chizmalarini tayyorlashdagi zarur ma’lumotlarni aniqlash kiradi. Konstruksiyani hisoblash qurilish me’yorlari talablari asosida amalga oshiriladi. Qurilish me’yorlari va qoidalari - QMQ qurilish konstruksiyalari nazariyasining amaliy natijasi hisoblanib va u konstruksiyalarni loyihalashda, qurishda va foydalanishda erishilgan yutuqlarni o’zida aks ettiradi. Elementning normal kesim yuzasini samarali shakli va o’lchamlarini, betonning optimal sinfini, ishchi armaturaning sinfi, kesim yuzasini va elementni yorilishga bardoshiga va bikirligini hisobga oladigan kesim yuzasi hisobiy kesim yuzasi deyiladi. Konstruksiya deb, element qismlarini birlashtirish tushuniladi. Konstruksiyalash esa, binolarni konstruktiv xal etish, ularning elementlaridan ishchi, montaj armaturasini joylashni samarali sxemasini belgilash, opalobka va armatura konstruksiya uzellari va elementlari chizmalarini ishlab chiqishdan iborat bo’ladi. Konstruksiyalarning loyihalash, kesim yuzasi xaqidagi ma’lumotlar asosida, me’yor talablarni hisobga olgan xolda bino va inootni qurish va ishlatish jarayonida mustahkamligi, yoriqbardoshligi va bikirligini ta’minlaydigan hisobiy kuchni aniqlashdan iborat bo’lish kerak.

Download 36.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling