Qurilish mahsulotining tannarxi, foyda va rentabellik


Download 1.71 Mb.
Sana01.05.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1418942
Bog'liq
мавзу,


QURILISH MAHSULOTINING TANNARXI, FOYDA VA RENTABELLIK
REJA
Narx(baho) tushunchasi va uni shakllanishi
Qurilishda baho belgilash mexanizmi va uning xususiyatlari
Qurilishda rentabellik va uni oshirish yo‘llari
Narx (baho) – bu murakkab iqtisodiy kategoriyasi hisoblanib, u mahsulot qiymatining puldagi ifodasidir.
NARX, baho — tovar qiymatining puldagi shakli; bozor iqtisodiyotida amal qiluvchi iqtisodiy dastak. Iqtisodiy tafakkur tarixidagi ayrim qarashlarda Narxni qiymatning mehnat nazariyasiga asoslanib talqin qilishgan, unga qiymatning puldagi ifodasi deb qaralgan.
Narx(baho)ning asosiy elementi ishlab chiqarish xarajatlari yoki tannarx tashkil etadi.
Tannarx-mahsulot ishlab chiqarish va sotish uchun ketgan barcha xarajatlarning pul ko‘rinishidagi ifodasidir. Tannarx tarkibiga barcha ishlab chiqarish xarajatlari, ishchi kuchi, asosiy vositalar eskirish, xom ashyo va materiallar sarfi kiradi.
Qurilish montaj ishlarini bajarishdagi xarajatlar:
- Materiallar
- Ish haqi
- Ijtimoiy sugʻurta toʻlovlari
- Asosiy fondlar amortizatsiyasi
- Boshqa (prochiye) xarajatlar
(asosiy fondlarni ishchi holdda saqlash, mehnatni muxofaza qilish
QURILISHDA BAHO BELGILASH MEXANIZMI VA UNING XUSUSIYATLARI
Umuman smeta bo‘yicha qiymat kapital mablag’larni aniqlash, qurilish uchun mablag‘ ajratishni topish, qurilish mahsulotlariga (kelishilgan) narxni shakllantirish, bajarilgan qurilish - montaj ishlariga hisob – kitoblarni amalga oshirish uchun asos hisoblanadi.
Qurilishning smeta bo‘yicha qiymati – bu loyihalarda asos solingan qarorlarga mos holda o‘sha yoki boshqa ob’ektlar va inshootlarni ko‘paytirish uchun zarur pul mablaglar miqdoridir.

Қурилиш таннархи қуйидаги харажат-лардан иборат
Qurilishning smeta bo‘yicha qiymatini belgilash zaruriyati qoida bo‘yicha, asosan ikki holatda paydo bo‘ladi:
-loyiha-smetaga oid harajatlari bilan ishlash paytida, ya’ni belgilangan hujjatlarning tarkibiy va asosiy qismi sifatida;
-loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish vaqtida (TIA).
Qurilishning smeta bo‘yicha qiymatini belgilash uchun asos bo‘lib qo‘ydagilar xizmat qiladi.
loyihaga tushuntirish xati;
loyihaning o‘zi va ish hujjatlari, shu jumladan qurilish-motaj ishlari ko‘lami chizmalari va vedomosti;
jihozlarni tasniflash;
ishlarni bajarish loyihalari (IBL) va qurilishni tashkil qilish loyihalari (QTL);
amaldagi smeta normativ baza (shaharsozilik nomralari va qoidalari);
Namunaviy loyiha - zamonaviy qurilish materiallari va texnologiyalarini respublika mintaqalarining tabiiy-iqlim sharoitlarini va joyning relefini, ijtimoiy-demografik xususiyatlarini hisobga olgan holda qo‘llanib namunaviy uy-joylar qurish uchun “Qishloqqurilishloyiha” MChJ loyihalash-qidiruv instituti tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan loyiha.
Shaharsozlik normalari va qoidalari (ShNQ) shaharsozlikning asosi bo‘lib, ular shaharsozlik faoliyatini amalga oshiruvchi davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaxslar ijro etishi uchun majburiydir.
Shaharsozlik normalari va qoidalari shaharsozlik sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ro‘yxatga olish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Qurilishda rentabellik va uni oshirish yo‘llari
Investitsion jarayonning turli bosqichlarida foydaning quyidagi turlari aniqlanadi:
Smeta foydasi – bino, inshoot va boshqa ob’ektlar loyihasida belgilangan foyda;
Rejadagi foyda – muayyan shartlar uchun qurilish tashkilotlari hisobiga olingan foyda;
Haqiqiy foyda – ishlab chiqarish faoliyati natijasida olingan foyda;
Smetata foydasini boshqacha qilib, qurilish tashkilotining rejadagi jamg‘armalari, ya’ni qurilish loyihasida biriktirilgan, uni davlat tomonidan kafolatlangan daromad deb nomlanadi.
RENTABELLIK (nem. rentabel — daromadli, foydali) — korxona yoki tadbirkorlikning daromaddorligi, samaradorligi; mikroiqtisodiy miqyosdagi iqtisodiy faoliyatning samaradorligi. Rentabellik korxona yoki tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy natijalarini baholashda qoʻllaniladigan asosiy koʻrsatkich. Rentabellik foyda olib ishlashning kiyosiy, yaʼni sarf-xarajatlarga nisbatan aniqlanadigan koʻrsatkichi boʻlib foizlarda ifodalanadi. Uzoq muddatli va joriy xarajatlar (mashinauskuna, binolar, inshootlar, xom ashyo, yoqilgʻi, materiallar, butlovchi qismlar, ish kuchi va b. sotib olish) mazmunan har xil boʻlganidan ular qanday natija berganligini bilish uchun qoʻllaniladi.
RENTABELLIK
Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling