Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida


Download 3.29 Mb.
bet2/3
Sana17.07.2023
Hajmi3.29 Mb.
#1660792
1   2   3
Bog'liq
kirishlar

Talab va taklifga mos vazifalar


Prezidentimizning 2019 yil 2 fevraldagi “Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida 2019-2021 yillarda umumiy qiymati 1,3 milliard, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga 692 million AQSh dollari miqdorida amaldagi korxonalarni texnik va texnologik yangilash hamda yangi korxonalar barpo etish bo‘yicha 67 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish vazifasi qo‘yildi. Bu va boshqa loyihalarning amalga oshirilishi 2021 yilga qadar sement ishlab chiqarish quvvatlari hajmini 17 million tonnaga, arxitektura-qurilish oynasini — 32 million kvadrat metrga, yog‘och-qipiq plitasi (DSP)ni — 380 ming, gaz-beton bloklarini — 700, ko‘p qavatli uylar qurilishi uchun yirik panelli temir-beton buyumlarini — 180 ming kvadrat metrga yetkazish imkonini beradi.

Sarmoya va sifat – eksport kafolati


Tahlillarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ayni kunda yurtimizda 10 mingga yaqin qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyat yuritmoqda. Bundan ikki yil muqaddam bu borada 120 turdagi mahsulot tayyorlangan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 180 tadan oshdi. “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga a’zo korxonalarining o‘zida joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida 6 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 112,8 foizni tashkil qilgan.
Ta’kidlash joiz, sohaga investitsiyalarni keng jalb etish orqali mahsulot turlarini ko‘paytirish va sifatni oshirish ustuvor vazifalar sirasiga kiradi. Jumladan, 2020 yilning to‘qqiz oyida investitsiya dasturiga asosan 27 ta loyiha doirasida 228 million dollarlik (103,6 foiz) mablag‘lar, shu jumladan, 150,7 million dollar (100,5 foiz) to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan. 2021 yilda dasturga asosan 32 ta loyiha doirasidagi sarmoyalar 394,2 million dollarga yetishi, 284 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishi ko‘zlanyapti.
Olib borilayotgan ishlar va kiritilayotgan investitsiyalar mahsulot sifatini yaxshilash orqali sohaning eksport salohiyatini ham oshirmoqda. Keramik plitkalar, santexkeramika, gulqog‘oz, quruq qurilish aralashmalari, pishgan g‘isht, tabiiy toshdan yasalgan pardozbop plitalar, ohak, polipropilen quvurlar, deraza oynasi, fitinglar kabi mahsulotlar eksport qilmoqda. 2016 yilda 55,3 mln. dollarlik mahsulotlar eksport qilingan bo‘lsa, 2019 yilda 2,3 barobar ko‘p qurilish materiallari jahon bozoriga chiqarildi. 2020 yil yanvar-sentyabr oylarida eksport hajmi 202,7 million dollarni tashkil etdi.

Download 3.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling