Qurilish materiallari va buyumlari cdr
Download 3.37 Mb.
|
Qurilish materiallari va buyumlari cdr
1-rasm. Gips ishlab chiqarish texnologik sxemasi.
Yer osti suvlari ta'sirida angidrit asta-sekin suvsizlanadi, va ikki molekula suvli gipsga aylanadi. Fosfogips - fosfat kislota ishlab chiqarish sanoatining chiqindisi xisoblanadi. Fosfogipsning tarkibi asosan ikki molekula suvli gipsdan iborat. Ikki molekula gips CaSO4∙2H2O ni yarim molekula suvli CaSO4∙0,5H2O yoki suvsiz angidrit CaSO4 gacha suvsizlashtirish gipsli bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi. Yarim molekula suvli gipsning nazariy tarkibi 38,63% CaO, 55,18% SO3 va 6,21% H2O iborat ikki molekula suvli gipsning suvsizlanishi darajasi xarorat va qizdirish muddati, xamda bug‘ bosimiga bog‘liq. Xar xil xaroratlarda gipstoshini suvsizlantirib SaSO4ni bir nechta ko‘rinishdagi turlarini ishlab chiqarish mumkin: 1) ikki suvli kalsiy sulfat (CaSO4∙2H2O). 2) α - CaSO4∙0,5H2O. 3) β - CaSO4∙0,5H2O. α – suvsizlangan yarim gidrat – α-CaSO4 β – suvsizlangan yarim gidrat – β- CaSO4. α – eruvchan angidrit – α- CaSO4. β – eruvchan angidrit - β CaSO4. erimaydigan angidrit - CaSO4. Bir xolatlarda 75-800C chan gipsni qizitish uning sekin suvsizlanishi uchun yetarli bo‘ladi. Yarim gidratli gipsni α va β – turlarini yuzaga kelishi issiqlik ishlovini shartlari bog‘liqdir. Gipsga 97-1000C da issiqlik ishlovi berilganda suv gipsdan suyuq xolatda ajraladi. Α-yarim gidrat xosil bo‘ladi. Yarim gidratni β-modifikatsiyasi 100- 1600C da oddiy qizitishda xosil bo‘ladi, va undan suv qizigan bug‘ ko‘rinishida chiqib ketadi. Nazariy xisobda yarim suvli gips modifikatsiyalarida gidratli suv 6,2% miqdorda bo‘ladi. Α-yarim gidratli gipsning kristallari mayda bo‘lganlari uchun kam suv sarfini talab qiladi, β – modifikatsiyasi nozik kristall strukturaga va baland gidratlanish tezligiga ega bo‘lganlari uchun, u ko‘p suv sarfiga talabchan bo‘ladi. Eruvchan angidritlar tez tutib qolishi, past mustahkamligi, yuqori suvga talabchanligi Bilan yarim gidratlardan ajraladi. Shuning uchun qurilish gipsni ishlab chiqarishda angidrit xosil bo‘ladigan xaroratgacha qizdirishdan qochish kerak. Yarim suvli gipsni sifatini yaxshilash uchun issiqlik ishlovini davomiyligini oshirish kerak, chunki bu xolda gipsni suvsizlanishi uchun yaxshi sharoitlar yaratiladi va past suvga talabchan maxsulot olinadi. Shunday qilib, issiqlik ishlovi, jarayonlarni boshqarib Xar xil xossalarga ega bo‘lgan bog‘lovchilar olish mumkin. Qurilish gipsi - bog‘lovchi modda tarkibi -yarim suvli gipsdan iborat. Uni tabiiy gipsni kuydirib mayda kukun holatgacha tuyib olinadi. Qurilish gips issiqlik uskunalarda kuydiriladi va kristallangan suv bug‘ ko‘rinishida CaSO4∙2N2Odan ajraladi va asosan -yarim gidrat quyidagi reaksiya bo‘yicha xosil bo‘ladi. CaSO4∙2H2O=CaSO4∙0,5H2O+1,5H2O Nazariy xisobda gipstoshi yarim molekula gipsga o‘tishida o‘zining massasidan 15,76% miqdorini yo‘qotadi. Demak, yarimgipsning nazariy chiqish koeffitsienti ga teng, gipstoshni sarflanish koeffitsienti 10,842=1,188ni tashkil qiladi. Download 3.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling