Qurilish materiallari va kimyo


Farg‘ona vodiysida gipsokarton va gips chiqaruvchi ulkan zavod ishga tushadi


Download 0.94 Mb.
bet12/14
Sana28.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1019901
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Q. mat. muhamadqulov A.

Farg‘ona vodiysida gipsokarton va gips chiqaruvchi ulkan zavod ishga tushadi

Hozirgi kunda O‘zbekistonda OPTIMUS brendi bilan nom chiqargan gipsokarton korxonasi ishlab chiqarish hajmi va o‘z faoliyatini kengaytirish maqsadida 3 tomonlama kelishuvga asosan O‘zbekiston, Xitoy va Germaniya o‘zaro hamkorligida 2019 yilning 1-choragida ishlab chiqarish quvvati yiliga 15 mln kvadrat metr gipsokarton va 100 ming tonna gips bo‘lgan zavodlarni ishga tushiradi.


Hozirda yangi zavodning bino va inshoot qurilish ishlari Qo‘qon Erkin iqtisodiy zonasi (EIZ) hududida boshlab yuborilgan va jadal davom etmoqda.
Korxona bosh menejeri Abdulaziz G‘ulomovning ta’kidlashicha, “Yangi loyiha eng zamonaviy qurilish konstruktiv talablariga javob beradi va ISO sertifikati asosida mahsulot chiqariladi. Yangi mahsulot sintetik qo‘shimchalarsiz, ekologik toza tarkibda ishlab chiqariladi Maqsadimiz - yuqori sifatli va hamyonbop mahsulot ishlab chiqarib, uni yurtimiz bozoriga taqdim qilish. Shuningdek, yangi korxona mahsulotini qo‘shni davlatlarga eksport qilish ham ko‘zda tutilgan.”.
Bugungi qurilish sanoati gips va gipsokartonning chanqoq iste’molchisiga aylandi. Gips va gipsokarton yordamida xonadoningiz ko‘rkam va go‘zal ko‘rinishga kiradi, eng muhimi ularning hamyonbopligidir.
Ushbu zavod gipsokarton va gips ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha O‘zbekistonda beshlikka, Farg‘ona vodiysida esa uchlikka kirishi kutilmoqda.
Yangi loyihaning tub maqsadi yangi ish o‘rinlari tashkil qilish va yurtimiz rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shishdan iboratdir.

Qurilish materiallari tarmog‘i iqtisodiyotning “drayver” sohalaridan biriga aylanadi

Shu bilan birga, 2021 yilda tosh, gips va keramikadan tayyorlangan mahsulotlar xavfsizligi to‘g‘risida, temir-beton, beton konstruksiyalar xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar, keramik sanitar-texnik mahsulotlarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari bo‘yicha umumiy texnik reglamentlar hamda polimerlar va ulardan olinadigan mahsulotlarning xavfsizligi to‘g‘risida maxsus texnik reglamentlarini qabul qilinishi rejalashtirilgan.


Shu bilan birga sifatli va xavfsiz yangi turdagi qurilish materiallarini ishlab chiqarishga joriy qilish maqsadida qurilish materiallarini ishlab chiqarish bo‘yicha 2019 yilda 340 ta va 2020 yilda 626 ta xalqaro standartlar qabul qilindi. Shunday qilib, qurilish materiallari tarmog‘i keyingi o‘n yillikda iqtisodiyotning “drayver” sohalaridan bir bo‘lib qoladi.



Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling