Qurilish materiallari va kimyo
Infografika: O‘zbekistonda 2016-2021 yillar uchun qurilish materiallari sanoati haqida umumiy ma’lumot
Download 0.94 Mb.
|
Q. mat. muhamadqulov A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 208,5 mln dollarlik 27 ta
Infografika: O‘zbekistonda 2016-2021 yillar uchun qurilish materiallari sanoati haqida umumiy ma’lumot
2017 yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan texnik audit natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 dekabrdagi PQ-2692-sonli “Sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan mashina-uskunalarini jadal yangilash, shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq uyushma tarkibidagi korxonalar tomonidan 2020 yilda umumiy qiymati 208,5 mln dollarlik 27 ta ma’naviy va jismoniy eskirgan asbob-uskunalarni zamonaviy energiya tejamkoriga almashtirish rejalashtirilgan edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 2020 yilning yanvar-dekabr oylarida uyushma tarkibidagi korxonalarda qiymati 221,8 mln dollar bo‘lgan 20 ta asbob-uskunalar yangilandi va almashtirildi. Qurilish materiallarini eksport qilinishida uning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida 2021 yilda 505 ta, jumladan, avtoklav gazobeton yoki ochiq tuzilishli yengil to‘ldirgichdan yig‘ma temirbeton elementlar, bruschatka va bordyurlar, issiqlik izolyasiyalash materiallari va mahsulotlari, beton va tegishli mahsulotlar, markaziy isitish va markaziy sovutishning yig‘ma tizimlari, binolar va qurilish komponentlarining issiqlik tavsiflari, qurilish oynasi bo‘yicha xalqaro EN standartlar qabul qilinadi. XulosaXulosa o‘rnida aytganda, keyingi yillarda sohani isloh qilish, korxonalar samaradorligi va salohiyatini oshirish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Tarmoqdagi har bir korxona faoliyatini tanqidiy tahlil qilib, mahsulotlar sifatini oshirish, energiya tejamkor, innovatsion qurilish materiallari ishlab chiqarish hisobiga tannarxni pasaytirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Korxonalarda “raqamli texnologiyalar”ni qo‘llash, inson hayoti uchun xavfli jarayonlarda avtomatizatsiya darajasi oshirildi. Qurilish materiallari sohasida yangi yo‘nalishlar rivojlantirilib, bunga xorijiy investorlar keng jalb qilindi. Yetakchi xorijiy davlatlar qurilish sohasining rivojlanish tendensiyasidan kelib chiqib, yangi qurilish materiallarini o‘zlashtirish va sohaga innovatsiyani jalb qilishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, o‘tgan yillar mobaynida mamlakatimizda qurilish materiallari sanoati zamonaviy, modernizatsiyalashtirilgan, texnik va texnologik jihatdan jihozlangan, energiya tejovchi, iqtisodiy barqaror, raqobatdosh tarmoqqa aylandi. Kompaniyada erishilgan salmoqli natijalar esa ko‘plab xorijiy mutaxassislaru ekspertlar tomonidan o‘z e’tirofini topayotgani buning yaqqol tasdig‘idir. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling