Qurilish materiallari va kimyo
-hafta moliyaviy tuzilmasi bilann tanishdik
Download 174.55 Kb.
|
33QILICHOV SS
3-hafta moliyaviy tuzilmasi bilann tanishdik. “Uyushma”ning mol-mulki asosiy va aylanma vositalaridan, hamda boshqa vositalardan Uyushmaning mustaqil balansida aks ettirilgan mulkdan iborat.
5.2. “Uyushma” qonunchilikda belgilangan tartibda o‘z mulkiga egalik qilish, foydalanish va boshqarish huquqiga ega. 5.3. “Uyushma” amaldagi qonunchilikka muvofiq mol-mulkni o‘z vositalari, bank kreditlari va boshqa manbalar hisobidan sotib olish va ijaraga olishga haqlidir. 5.4. “Uyushma”ning mol-mulki (mablag‘lari) shakllanadigan manbalari: “Uyushma” a’zolarining a’zolik badallari; “Uyushma” a’zolarining ixtiyoriy ajratmalaridan; Yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya yordamlari va qonunchilikda ta’qiqlanmagan boshqa tushumlardan iborat. 5.5. “Uyushma” a’zolarining a’zolik badallari miqdori tomonlar o‘zaro kelishuviga asoslangan shartnomada aks ettiriladi. 5.6. “Uyushma” notijorat tashkiloti hisoblanadi, soliq va boshqa to‘lovlarini amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradi. “Uyushma”ning boshqaruv organlari: oliy boshqaruv organi – Uyushma ta’sislari Umumiy yig‘ilishi; ijroiya organi – Uyushma Boshqaruvi. 3-hafta. “Uyushma” ta’sischilarining umumiy yig‘ilishi – bir yilda kamida bir marta chaqiriladi. Yig‘ilishlar umumiy yoki navbatdan tashqari chaqirilishi mumkin. Uyushma ta’sischilarining 3/2 qismi hozir bo‘lganda yig‘ilish vakolatli hisoblanadi. Yig‘ilish o‘tkazish kuni va joyi Uyushma Boshqaruvi raisi tomonidan aniqlanadi va belgilanadi. Uyushma ta’sischilari umumiy yig‘ilishi vakolati doirasiga quyidagilar kiradi: uyushma faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini aniqlash, ularning bajarilishi haqida hisobot to‘plash va rejalarni tasdiqlash; uyushmaning Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish, yangi tahrirdagi ustavni tasdiqlash; uyushmani qayta tashkil etish; uyushmani tugatish komissiyasini tayinlash, oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash hamda tugatish; uyushmaning auditorlari tarkibini tasdiqlash; uyushmaning yillik xarajatlar smetasini tasdiqlash; uyushmaning yillik hisobotlarini, buxgalteriya balanslarini, hisob varag‘ini tasdiqlash; uyushma Boshqaruv raisi hamda uning o‘rinbosarlarini saylash bo‘yicha Iqtisodiyot va sanoat vazirligi taqdim etgan nomzodlarni ko‘rib chiqish; uyushma yillik faoliyat natijalarini tasdiqlash; filiallar va vakolatxonalarni (tadbirkorlik sub’ektlari) tashkil etish, tugatish, ularning Nizomlarini tasdiqlash; uyushma ijro apparatining tuzilmasini tasdiqlash; uyushmaga a’zolik badallari miqdorini belgilash, o‘zgartirish; xarajatlar smetasida belgilangan miqdorgacha homiylik va beg‘araz yordamlar ko‘rsatish; qaror qabul qilinadigan kundan oldingi oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari asosida aniqlangan uyushma mol-mulki qiymatining o‘n besh foizidan ortiq qiymatga ega bo‘lgan mol-mulkni uyushmaning olishi, tasarrufidan chiqarishi yoki uyushma bevosita yoxud bilvosita mol-mulkni tasarrufidan chiqarishi ehtimoli bilan bog‘liq bo‘lgan bitim yoki o‘zaro bog‘liq bir necha bitim tuzish bo‘yicha qaror qabul qilish; qonunchilikda belgilangan boshqa vakolatlar. Download 174.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling