Qurilish materiallari va konstruksiyalari


Suvoq qurilmalari va agregatlari


Download 3.31 Mb.
bet23/60
Sana14.11.2023
Hajmi3.31 Mb.
#1773018
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   60
Bog'liq
4 Pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalari UMK magistrlar

Suvoq qurilmalari va agregatlari


Suvoq ishlarining ko‘lami kichik bo‘lganda ish unumi kam; soatiga 1-2 m3 bo‘lgan qorishma nasoslaridan foydalaniladi. Katta ko‘lamli suvoq ishlarini bajarishda qo‘zg‘almas va ko‘chma suvoq qurilmalari yoki agregatlari ishlatiladi. Agar ko‘p qavatli binoni suvash kerak bo‘lsa, pastga ish unumi Yuqori bo‘lgan kuchli qorishma nasosi o‘rnatiladi, bu nasosdan qorishmani qavatlararo bunkerga tashib beradigan transport mashinasi sifatida foydalaniladi; qavatlarda esa ish unumi kamroq bo‘lib, qorishmani yuzalarga chaplashda qo‘llaniladigan qorishma nasoslari o‘rnatiladi (6-rasm).





  1. rasm. Qorishma nasosining ish xolati.

Suvoq ishlarining ko‘lami, binoning balandligi, shuningdek ishlarning bajarilish usuliga qarab bitta yoki bir nechta qorishma nasosi ishlatilishi mumkin.
Agar yuza gipsli qorishma bilan suvalsa, qo‘shimcha qorishma qorgich o‘rnatiladi, unga qorishma qavatlararo bunkerdan keladi va gips hamda tutib qolishni sekinlashtirgich bilan aralashtiriladi. Bu qorishma keyin qorishma nasosiga o‘tkaziladi.
Kompressorlar pastga qorishma uzeli yoniga va qorishma nasoslari turgan qavatlarga o‘rnatiladi, bu asosan ishlatiladigan kompressorlarning xiliga, quvvatiga va og‘irligiga bog‘liq (3.7-rasm).
YAngi binolarni qurishda va ta’mirlash ishlarini bajarishda qorishma qorish qurilmalari va agregatlaridan foydalaniladi. Qurilma komplektiga qorishma nasosi yoki kompressori va qorishma qorgichi bo‘lgan qorishma xaydagichlar, shlanglar va forsunkalar to‘plami kiradi. Agar qorishma nasosi komplektga kirgan bo‘lsa, u ko‘pincha kompressorga ehtiyoj sezmaydi, chunki qorishma kompressorsiz forsunka yordamida chaplanadi.



  1. rasm. Qorishmaning qavatlarga uzatilish qirqimi:

1-pnevmatik forsunka, 2-material shlangi, 3-qavatlararo bunker, 4- qorishma nasosi, 5-rotatsion kompressor, 6-havo shlangi, 7-qorishma nasosi
bunkeriga ulangan shlang, 8-qorishma nasosiga keltiruvchi shlang.
Qurilmalar, agregatlarning unumi ular tarkibiga kirgan mashinalarga bog‘liq. Birinchi holda ba’zi ishlar (masalan, yuk ko‘targichga materiallarni ortish) qo‘lda bajarilsa, boshqa holda barcha jarayonlar mexanizmlar yordamida bajariladi. Bir kishi pultdan boshqara oladigan qurilmalar ham bor, ba’zan shu maqsad uchun bir nechta kishining bo‘lishi zarur.
Ba’zi qorishma nasoslarining ko‘pgina noqulay tomonlari bor. Ular uchun shlanglar, forsunkalar, bunker va hokazolar talab etiladi. Tashib keltirilgan qorishma ko‘pincha quyulib qoladi va qo‘lda suzib tindirishni talab qiladi. SHu sababli sanoat korxonalari qorishma nasoslarini komplektlashda, ya’ni bunker, tebranma g‘alvir, shlanglar, forsunkalar va hokazolar bilan birgalikda ishlab chiqara boshladi.
Engil metalldan iborat og‘ma tubli yonlama bunker qorishmaning suruvchi shlangga o‘z-o‘zidan borishini ta’minlaydi. Tebranma g‘alvir bunker tepasiga, bunkerga tushadigan qorishma suziladigan, u quyulmagan bir jinsli bo‘lib qoladigan qilib mahkamlanadi, bu esa qorishma nasosining muttasil ishlashini ta’minlaydi. Qorishmadagi ba’zi yirik qum donalari g‘alvir ichida qoladi.

Download 3.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling