Qurilish materiallari va konstruksiyalari


Suv o‘tkazmaydigan va maxsus qorishmalar bilan suvash


Download 3.31 Mb.
bet25/60
Sana14.11.2023
Hajmi3.31 Mb.
#1773018
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   60
Bog'liq
4 Pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalari UMK magistrlar

Suv o‘tkazmaydigan va maxsus qorishmalar bilan suvash


Konstruksiyani suv o‘tkazmaydigan kislotaga chidamli va issiqlik o‘tkazmaydigan qilish zarur bo‘lgan hollarda maxsus qorishmalar bilan suvaladi. Odatdagi qorishmalardan bu qorishmalar shu bilan farq qiladiki, ularga talab qilingan xossani beruvchi ximiyaviy yoki mineral qo‘shilmalar aralashtiriladi. Qo‘shilmalarning tarkibi loyixada ko‘rsatilgan bo‘ladi. Inshootlarning yuzalarini etarlicha suv o‘tkazmaydigan qilish uchun zarur bo‘lgan hollarda suv o‘tkazmaydigan suvoq qilinadi. Bu suvoq serezit va suyuq shisha natriy alyuminat qo‘shilgan qorishmalar bilan bajariladi.
Serezit qo‘shilgan qorishma quruq sement qum aralashmasini serezit ustidan qorib tayyorlanadi. Bu qorishma qorilgandan keyin bir soat o‘tgach ishlatiladi. Serezit qo‘shib tayyorlangan qorishmalar oldin chaplangan suvoqqa yomon yopishadi. SHuning uchun bu qorishmani yupqa qilib chaplash kerak. Bunday qorishmani quruq va ho‘l yuzalarga chaplash mumkin. Gidroizolyasion qatlami 2



sm bo‘lganda 1 metr kvadrat keladigan yuzaga 0, 5 kg 3 sm bo‘lganda 0, 75 kg va 4 sm bo‘lganda 1 kg serzit ketadi.
Suyuq shisha qo‘shib tayyorlangan sement qorishmalar juda tez qorilgandan keyin 2-5 minut o‘tkach qotadi. SHuning uchun bu qorishma oz-ozdan tayyorlanadi. Qorishmaning qotish muddati suyuq shisha va suv miqdoriga bog‘liq. Ishlatish uchun sement qorishmasi tayyorlanib keyin unga suyuq shisha quyuladi.
Suvash odatdagi usulda bajariladi. Qorishmani sement pushka bilan chaplanganda ancha sifatli suvoq hosil qilinadi.
Issiqlik o‘tkazmaydigan suvoq sement-ohak-qum-asbozuritdan 1:1:2:5 nisbatda olingan tez quriydigan qorishma tayyorlanadi.
Rentgen nurlaridan himoyalaydigan suvoqdan rentgen kabinetlarini pardozlashda foydalaniladi. Qorishma tayyorlash uchun portlandsement, shlakportlansement bog‘lovchi bo‘lib xizmat qiladi. Qorishma 1:4 (sement-barit) yoki 1:1 sement-ohak tarkibli qilib tayyorlanadi.
Suvoqning qalinligi 30 mm gacha etkaziladi.
Kislotaga chidamli suvoq bilan ximiya zavodlari sexlarining yuzalar pardozlanadi. Bu suvoq qorishmasi kislotaga chidamli kvars qumi va suyuq shisha qo‘shib tayyorlanadi. Kislotaga chidamli suvoq qorishmasi qorilgandan keyin 30 minut o‘tgach qota boshlaydi. Uzog‘i bilan 6 soatda butunlay qotadi.
Bu tarkiblarni yuzalar bilan odatdagi usullar bilan suvaladi. Qorishma iliq va quruq muhitda qotishi kerak.

Download 3.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling