Qurilish materiallari,buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish


Download 2.88 Mb.
bet6/27
Sana12.11.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1769170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Иссиклик техникаси амалий

Quritishning davomiyligi
Quritishning davomiyligini tug’ri tanlash avvalombor korxonaning unumdorligiga ta’sir ko’rsatadi. Uni ko’pincha tajribalar va laboratoriya-larda olib boriladigan tadqiqotlar asosida tanlanadi.
ning davomiyligiga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi:

  1. Quritilayotgan materialning tabiati, strukturasi, qisqarish darajasi, qurishga bo’lgan ta’sirchanligi.

  2. Buyumlarning o’lchamlari va shakli

  3. Materialning boshlang’ich, oxirgi va kritik namligi

  4. Issiqlikning o’zatilishi va almashinish sharoitlari

  5. Atrof-muxit temperaturasi, namligi va quritgich agentining xarakatlanish tezligi

  6. Quritish tezligining xavf tug’dirmaydigan qiymati.

Murakkab shaklga ega bo’lgan fasonli buyumlarni quritish vaqti eng uzoq bo’ladi. Tajribalarning ko’rsatishicha, keramik buyumlarni quritish 4-6 soatgacha, sirt koshinlarini quritish vaqtini 15 minutgacha qisqar-tirish mumkin. YUpqa devorli buyumlar yuqori jadallikka ega bo’lgan quritish tartibini ko’tara oladilar. i3- Jadvalda buyumlarni tunnelli quritgichda quritish davomiyligi berilgan.
Tunnel quritgichda quritish davomiyligi
Jadval 3

Nomlanishi



Boshlangich namlik,%

Quritish vaqti,s

SHamotli plastik usulda shakllangan:







Normal gisht

17-18

18-20

Oddiy fason

18-19

24-36

Murakkab fason

18-19

42-110

Dinasli:







Normal gisht

6

6

Oddiy fason

8

8

Murakkab fason

8

16-36

Magnezitli:







Normal gisht

2,5-3

12-20

Kuydirilmagan

3

35

Kanalizatsiya kuvurlari

17

18-19

Pol uchun keramik koshinlar

8

12-14

Sanitar-texnik keramikasi







Unitazlar

16

36

Umivalniklar

16

24

Keramik bloklar







Tezkorlik rejimida

18-19

18

Oddiy rejimda

18-19

36

Konveyerli quritgichlarda koshinlarni quritish 11-12 soat, radiatsion quritgichlarda 15-17 mino’t davom etadi. Kanalizatsiya quvurlari konveyerli quritgichlarda 24-36 soat davomida quritiladi.


Sochiluvchan materiallarni quritish minutlar va sekundlar davomida amalga oshiriladi. Agarda tuproq qurituvchi barabanlarda 20-30 minut davomida quritilsa, pnevmatik quritgichlarda bu jarayon 1,5-2,5 sekundni, qaynab turgan qatlamli quritgichlarda 10-20 sekundni talab etadi.
Quritish tezligi
Quritish tezligi deb jismning yuza birligidan vaqt birligi ichida yo’qolayotgan namlikning miqdoriga aytiladi. Maksimal holdagi xavfsiz quritish tezligi quyidagicha aniqlanadi:
Wmax
V max= 0,04K O----------- kg/m2.s
S
K-massaning potentsial o’tkazish koeffitsienti, m2/soat
S- namunaning qalinligi, m
Wmax-namunaning o’rta va yuza qismidagi namlikning maksimal farqi, %
Po- quruq materialning zichligi, kg/m3
Bir xil sharoitda buyumni hajmi bo’yicha aktiv bug’lanish yuzasi qancha katta bo’lsa quritish tezligi xam shuncha yuqori bo’ladi.
Bu esa buyumlarda namlikning diffuziyalanish koeffitsientining ortishi va buyum qalinligining kamayishi bilan birga kechadi. Quritish tezligi yana tuproqning quritishga bo’lgan ta’sirchanligiga xam boglikdir.
Tajribalarni ko’rsatishicha buyumlarni quritishda darzlar namlik gradientining turli qiymatida, lekin bir xil miqdordagi W da vujudga keladi. Bundan ko’rinib turibdiki, keramik buyumlarni quritishda doimiy tezlikdagi quritish bosqichi eng ma’suliyatli bosqich hisoblanar ekan. Bu bosqich davomida buyumlar ma’lum bir xavfsiz maksimal quritish tezligi asosida quritilishi mumkin. Agarda W max va D ning qiymatlarini aniqlash imkoniyati bo’lmasa, u holda xavfsiz quritish tezligining qiymati tajriba asosida topiladi. Buning uchun bir qancha namunalar olinib, ular turli rejimda darzlar hosil bo’lguncha quritiladilar va bu hol uchun vaqt birligi ichida namlikning yuqolish tezligi topiladi. Buyumlarda darzlarning hosil bo’lishiga olib kelgan quritish tezligi V max ga teng qilib olinadi. Ushbu tezlikni aniqlashda buyumlarning chetida hosil bo’ladigan darz va yoriqlarning minimal miqdorda hosil bo’lish sharoiti yaratilishi lozim, chunki ushbu darz va yoriqlar buyumlar qalinligi buylab hosil bo’ladigan darzlardan ancha avval vujudga keladilar.
Ushbu muammoni hal qilishda quyidagilarni bajarish tavsiya etiladi: buyumlarni yupqa qirrali qilib yasash va ulardan namlikni darhol chiqib ketmasligi uchun namlikni himoyalovchi moddalar bilan, masalan mazut, mashina yog’i bilan qoplash. Bunda darzlar asosida hosil bo’ladigan chiqitlarning miqdori kamayadi. Bundan tashqari quritish davrida oddiy shaklga ega bo’lgan buyumlar (g’isht) devor tarzida 3-4 qator qilib taxlanadi, bunda buyumlarning cheti himoyalanib, vaqtdan avval qurib qolmaydi.

Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling