Tashqi yuklar va ularning turlari.
Tashqi yuklarning turlari materiallar qarshiligida o’rganilgan turlarga aynan mosdir. Shu bilan birga qurilish mexanikasida qo’yilish nuqtasiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:
Qo’zgalmas yuklar – bu yuklar inshootga ta’sir qilish davrida o’z o’rnini o’zgartirmaydi.
Qo’zgaluvchan yuklar – inshootga qo’yilgan o’rnini o’zgartiradigan yukdir.
Inshootga bir necha turdagi yuklar ta’sir qilganda ularni birgalikda qarash uchun asosiy va maxsus birikmalar qaraladi. Buning natijasida hisobiy zo’riqishlar aniqlanadi. So’ngra shu zo’riqish asosida konstruktiv echimlar tanlanadi. Bunda qo’llanadigan koeffitsientlar inshootning va materialning turiga muvofiq qurilish me’yorlarida va qoidalarida keltirilgan bo’ladi.
2-3 Ma’RUZA Inshootlar va ularning hisoblash sxemalari. Tayanchlar va ularning turlari. Tashqi yuklar va ularning inshootga ta’siri. Inshootlar hisoblash sxemalarining kinematik analizi. Inshootlar geometrik strukturasining analizi.
Reja:
- Inshootlarning hisoblash sxemasi haqidagi tushuncha.
- Tayanchlar va ularning klassifikatsiyasi.
- Sterjenli sistemalarning geometrik o’zgarmaslik shartlari.
- Inshootlarning geometrik strukturasining analizi.
Inshootlarning hisoblash sxemasi haqidagi tushuncha.
Inshoot va konstruktsiyalarning hisobini osonlashtirish uchun ular soddalashtirilgan sxemalar bilan almashtiriladi. Inshootlarning soddalashtirilgan tasvirini ifodalovchi sxema hisoblash sxemasi deyiladi.
Inshootlar va ularning hisoblash sxemalari elementlarining geometrik shakliga ko’ra quyidagicha kvalifikatsiyalanadi:
1. Sterjanlar birikmasidan tashkil topgan inshootlar.
Sterjenlardan tashqil topgan inshootlarga balka, rama, arka, ko’p oraliqli balka, fermalar kiradi. Agar inshootlar to’g’ri chiziqli sterjendan tashkil topgan bo’lsa unga balka deyiladi.
Inshoot egri chiziqli sterjendan tashkil topgan bo’lsa, arka deyiladi.
Bir-biriga bikr qilib biriktirilgan sterjenlardan tashkil topgan inshoot rama deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |