Qurilish mexanika faniga kirish


бикирлиги кўриб ўтилади. Аникрок килиб айтганда, яхлит


Download 17.54 Kb.
bet2/6
Sana24.06.2023
Hajmi17.54 Kb.
#1653254
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu Statik aniq sistemalar. Qurilish mexanikasi fanining mohiyati va usullari, qisqacha rivojlanish tarixi va uni boshqa fanlar bilan uzviy bog’liqligi.

бикирлиги кўриб ўтилади. Аникрок килиб айтганда, яхлит

иншоотлар мустахкамлигини, устуворлигини ва би­

кирлигини таъминлайдиган конун-коидалар ва усуллар

билан танишиб ўтилади. Кўриниб турибдики, курилиш

механикаси фани материаллар каршилиги фани билан

узвий боғланган фандир. Бундан ташқари, курилиш

механикаси фани назарий механика, физика ва математи­

ка фанларига хам боғлиқдир. Бу ҳисобий фанлар

занжирининг бир томони; занжирнинг иккинчи томонида

ҳисобни якунига етказувчи фанлар — курилиш конструк-

циялари фанлари (темирбетон ва ғишт-тош конструкция-

лари, металл, ёғоч ва пластмасса конструкциялари)

туради. Ўз олдига курилиш конструкциялари ҳисобини

пухта ўзлаштиришни максад килиб кўйган толиб, ана шу

хисобий фанлар занжирини узвий равишда, бир-бирига

боғлик холда чукур ўзлаштириши лозим.


Qurilish mexanika faniga kirish.

  Kurilish mexanikasi - konstruktsiya va inshootlarning mustahkamligi, bikirligi va ustivorligini hisoblash printsiplari va usullari to’g’risidagi fandir. Unda inshootlarning mustahkamligini hisoblash bilan birga ularning tashqi kuchlarga chidamli bo’lishini ta’minlash masalasi tekshiriladi.
Inshootlarning ustivorligini hisoblashda konstruktsiyalarning aynan o’rni va muvozanat holidagi shaklini deformatsiyalangandan keyin ham saqlab qolish qobiliyati aniqlanadi.
Inshootlarning katta ko’chish (siljish) tebranishlar ta’siriga chidamliligini, ulardan normal foydalanishni aniqlash maksadida bikirlikka hisoblanadi.
Inshootlarning mustahkamligi, bikirligi va ustivorligi masalalarini hal qilish uchun tashqi kuchlar ta’siridagi sistemalarda hosil bo’ladigan ichki zo’riqishlar va deformatsiyalarni aniqlash usullarini bilish kerak.
Qurilish mexanikasining asosiy vazifalaridan biri - inshootlarda hosil bo’ladigan ichki zo’riqish kuchlari va deformatsiyalarini aniqlashdan iborat.
Agar inshoot elementlarining materiali va o’lchamlari ma’lum bo’lsa aniqlangan ichki zo’riqish kuchlari va deformatsiyalar miqdoriga ko’ra har bir element va butun inshootning mustahkamligi, bikirligi va ustivorligini tekshirish mumkin.
Qurilish mexanikasi statik va dinamik kuchlar ta’sirida bo’lgan inshootlarni hisoblash nazariyalari to’g’risida ma’lumot beradi.
Qurilish mehanikasining yana bir vazifasi – inshootlarning tuzilishi, uning elementlarining bir-biriga biriktirilishi qonunlarini tekshirish va ularning eng ratsional (havfsiz, tejamli) shakllarini yaratishdan iborat.
Inshootlar va ularni konstruktsiyalarini hisoblashda har qanday muhandis 2ta omilni: inshootga ta’sir qiluvchi kuchlarni va uning ta’siridan inshoot va uning elementlarida xosil bo’ladigan ichki zo’riqishlarni aniqlashni bilishi muhim rol o’ynaydi.

Download 17.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling