Halqali yigirish mashinalarini joylashtirish.
Bu mashinalar orasidagi masofalar mashinalarning markalariga va ularga o’rnatilgan naychalarni almashtiruvchi avtos`emniklar mavjudligiga boqliq. Avtos`emnik o’rnatilsa, mashinalar orasida 1000—1200 mm masofa qoldiriladi. Yigirish mashinalari bilan kolonnalar orasidagi masofa har ikki tomondan 1000 mm qoldiriladi. Ikkinchi darajali yo’laklar uchun mashina bilan devor orasida 2500—3000 mm, markaziy yo’lak 4500—6000 mm olinadi (chunki bu yo’lakdan ip ham, pilik ham tashiladi). Pnevmomexanik yigirish mashinalarini joylashtirishda ham asosan, halqali yigirish mashinalarida keltirilgan me`yorlarga amal qilinadi, mashinalar orasidagi masofa 1000 mm va mashinalar bilan kolonnalar orasida har ikki tomonidan ham 1000 mm dan joy qoldiriladi. Agar bitta mashinada bitta ishchi ishlasa, mashinalar orasidagi masofa 1200 mm, agar ikki ishchi ishlasa, 1400 mm qilib olinadi. Mashinalar bilan devor orasidagi masofa 3500 mm, mashinalarning qatorlari orasidagi masofa 2500-3000 mm olinadi. Ta`mirlovchilar brigadasi ishlaydigan yo’lakning kengligi 2000 mm bo’lsa etarli hisoblanadi. Markaziy yo’lak ikki xil transport ishlarini nazarda tutib, 4500-6000 mm olinadi.
Qayta tarash ipi yigirish fabrikasida mashinalarni joylashtirilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |