Piliklash mashinalarini joylashtirish
Mashinalar oraliqi urchuqlar tomonidan 1000 mm olinadi. Mashinalar oraliqi pilta keladigan ta`minlash tomonidan 3000 mm olinadi, masofani kattaroq olinsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
Piliklash mashinalarining qatorlari orasidagi masofani 1500-2500 mm qilib o’rnatiladi. Devor bilan piliklash mashinalari qatori orasidagi masofa 3500 mm qilib olinadi. Halqali yigirish mashinalarini bir qavatli 12X18 m qadamli kolonnalarda o’rnatish ancha engil. Zamonaviy korxonalarda yigirish mashinalari qayta o’rash avtomatlari bilan tutashtirilgan holda joylashtiriladi.
Mashinalarning uzunligi bir xil olinsa, ularni joylashtirish ancha engillashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |