Qishloq xo‘jaligi korxonalarida buxgalteriya.balansini toMdiish xususiyatlari
Qishloq xo‘jaligi korxonalari boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar kabi buxgalteriya balansini to‘lg‘azishda 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2002- yil 27- dekabrda 140-son buyruq bilan tasdiqlangan «Moliyaviy hisobot shakllarini to‘ ldirish bo‘yicha tartib»ga asoslanishlari lozim. Quyida ushbu tartibga asoslanilgan holda qishloq xo‘jaligi korxonalarida buxgalteriya balansining alohida moddalarini to‘ldirishxususiyatlarigato‘xtalarniz.
012-satr «Asosiy vositalarning qoldiq qiymati»da qishloq xo‘jaligi korxonalari balansida bo‘lgan asosiy vositalarning qoldiq qiymati aks ettiriladi. Ushbu satrda, chunonchi quyidagilar ko‘rsatiladi:
asosiy vositalarning mos ravishda boshlang‘ich qiymatini hamda jamlangan eskirishini aks ettiruvchi schotlar (0110-0199 va 0210- 0290)ning davr oxiridagi qoldiqlari summalarining farqi;
belgilangan tartibga ko‘ra asosiy vositalar tarkibiga kiritilgan uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarning, chunonchi lizing bo‘yicha sotib olinadigan traktorlar, kombaynlar va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalarining qoldiq qiymati (mos ravishda 0310 va 0299 schotlar qoldiqlari o‘rtasidagi farq summasi).
100-satr «Kapital quyilmalaoxia qishloq xo‘jaligi korxonalarining o‘z maqsadlaridaxo‘jalik yoki pudrat usullaridaolib borgan tugallanmagan kapital investisiyalarining qiymati ko‘rsatiladi.
150-satr «Ishlab chiqarish zaxiralari»da omborlarda saqlanayotgan urug‘liklar, o‘g‘itlar, dori-darmonlar, yem-xashak, yoqilg‘i, qurilish materiallari, ehtiyot qismlar va boshqa materiallarning korxonada belgilangan hisob baholaridagi qiymati aks ettiriladi. Ushbu satr summasi 1000 «Materiallarni hisobga oluvchi schotlar» tizimida ochilgan barcha schotlar qoldiqlarining yig‘indisiga, Shuningdek barcha moddiyjavobgar shaxslarning hisobot davri oxirigatuzganmaterial hisoboti qoldiqlari yig‘indisigatengbo‘lishi lozim. Agar materiallarni sotib olish va tayyorlash alohida olingan 1510 schotda, ular qiymatidagi farqlar maxsus 1610schotdayuritilganbo‘lsa, ushbu schotlarning qoldiqlari mos ravishda balansning bu satri summasida hisobga olinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |