«Ish va xizmatlar» moddasi o‘z korxonasining ishlab chiqarish ehtiyojlarini qonduruvchi yordamchi ishlab chiqarishlarning xizmatlari hamda shu korxonaga boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan ishlab chiqarish xarakteridagi xizmatlarga haq to‘lash xarajatlari aks ettiriladi.
«Asosiy vositalarni saqlash xarajatlari» moddasida bevosita ishlab chiqarishda foydalanilgan asosiy vositalarni saqlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar kiritiladi. Ularga bu asosiy vositalarga xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish xarajatlari, amortizatsiyasi ajratmalari va tuzatish xarajatlari kiritiladi.
Asosiy vositalarni saqlash va ulardan foydalanish xarajatlariga asosiy vositalarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning mehnat haqlari, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, yoqilg‘i va moylash materiallari, yordamchi ishlab chiqarish, shuningdek chet tashkilotlar xizmatlari va boshqa xarajatlari kiritiladi.
Tuzatish xarajatlariga eng avvalo o‘zining ta‘mirlash ustaxonalarining xarajatlari kiritiladi. Amortizatsiya xarajatlarini asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari tashkil qiladi. Amortizatsiya ajratmalari har oyda alohida «Dehqonchilikda ishlatiladigan asosiy vositalar bo‘yicha taqsimlangan amortizatsiya» tahliliy schotida qayd etib boriladi. Yil oxirida asosiy vositalarning eskirish summasi ekin va ish turlari bo‘yicha taqsimlanadi va bu maxsus qaydnoma orqali rasmiylashtiriladi. «Yordamchi ishlab chiqarishlar» schotida hisobga olingan joriy tuzatish xarajatlari amortizatsiya summasiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
«Ishlab chiqarish va boshqaruvni tashkil etish xarajatlari»
Moddasida umumishlab chiqarish xarajatlari aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |